„Tanets pod dojdyom“ (, yaʼni „Yomgʻir ostidagi raqs“) — qozogʻistonlik qoʻshiqnavis Eduard Bergaliyev yozgan qoʻshiq. Taronani ilk bor „Multik“ guruhi aʼzosi Bolat Boranov ijro etgan, ammo 2005-yilda qozoq xonandasi Yerlan Kokeyev ijrosidagi versiya keng shuhrat qozongan. Kokeyev ijrosidagi versiya nafaqat Qozogʻistonda, balki qoʻshni respublikalarda xitga aylangan. Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, qirgʻiz qoʻshiqchilari Erkin Mukashev va Zamir Mirza kaver qilgan.

Dastlab bir necha xonanda qoʻshiq muallifi ekanligini daʼvo qilgan. Ayni damda Kokeyev qoʻshiq uchun mualliflik huquqiga egalik qiladi. Xonandaning soʻzlariga koʻra, Bergaliyev uni mualliflik huquqini xarid qilishga „yuridik jihatdan majburlagan“. Bunga qaramay, xonanda qoʻshiqni yoqtirishini hamda tarona aynan uning ijrosi orqali yaxshi tanilganidan mamnun ekanligini aytgan. Kokeyev ijrosidagi versiya uchun klip suratga olingan. 2017-yil Kokeyev „Tanets pod dojdyom“ nomli konsert dasturini eʼlon qilgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yerlan Kokeyev qoʻshiqlari Turkum:2005-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar