Amad Diallo () (2002-yil 11-iyulda tugʻilgan) – Kot-d’Ivuarlik professional futbolchi. Ahmad Diall „Manchester United F.C.“ klubi futbolchisi. Ahmad Diallo qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Kot-d'Ivuarda tugʻilgan Ahmad Diallo bolaligida Italiyaga koʻchib oʻtgan. Ahmad Diallo 2015-yilda „Atalanta“ klubining yoshlar tizimiga qoʻshildi va u yerda ikki marta „Campionato Primavera 1“ unvonini qoʻlga kiritdi. 2019-yilda Ahmad Diallo kattalar jamoasidagi debyut oʻyinida gol urdi. Bu natija Ahmad Dialloni A Seriyada gol urgan eng yosh futbolchiga aylantirdi. 2021-yil yanvarida Ahmad Diallo Angliyaning „Manchester United“ klubiga oʻtdi. 2022-yilda Ahmad Diallo „Rangers“ va „Sanderland“ klublariga ijaraga berilgan.
Ahmad Diallo 2021-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichi doirasidagi oʻyinlarda Kot-d’Ivuar milliy futbol terma jamoasi safida debyut qildi.
Yoshligi Kot-d'Ivuarning Abidjan shahrida tugʻilgan Ahmad Diallo yoshligida Italiyaga koʻchib oʻtgan. Ahmad Diallo 2014-yil sentyabrida „Boca Barco“ klubining yoshlar jamoasida oʻynay boshlagan. Ahmad Diallo u yerda 2014-yilgi Rojdestvo turnirida katta taassurot qoldirgan. Ahmad Diallo oʻsha vaqtda maydondagi eng yosh futbolchi sifatida turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan edi. Ahmad Diallo 2015-yilning 14-yanvarida klub bilan rasmiy shartnomasini imzolagan.
Oʻyin uslubi Mezzala sifatida oʻynashga qodir boʻlgan qanot himoyachisi Ahmad Diallo yuqori texnik qobiliyatga ega. Ikki oyoqda ham yaxshi paslarni amalga oshira oladigan Ahmad Diallo oʻzining tezkorligi va maydonni yaxshi koʻra olishi bilan boshqa oʻyinchilardan ajralib turadi.
Shaxsiy hayoti Ahmad Diallo musulmon hisoblanadi. Ahmad Diallo Italiya pasportini 2020-yil dekabr oyi oxirida oldi.
Faoliyat statistikasi
Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Atalanta 2019-20 A seriya 3 1 0 0 — 0 0 3 1 2020-21 A seriya 1 0 0 0 — 1 0 2 0 Jami 4 1 0 0 0 0 1 0 5 1 Manchester United 2020-21 Premer-liga 3 0 1 0 — 4 1 8 1 2021-22 Premer-liga 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0 Jami 3 0 1 0 0 0 5 1 9 1 Rangers (ijara) 2021-22 Shotlandiya Premer-ligasi 10 3 3 0 — 0 0 13 3 Sanderland (ijara) 2022-23 Chempionat 9 1 0 0 0 0 — 9 1 Jami 26 5 4 0 0 0 6 1 36 6
Xalqaro +Terma jamoadagi oʻyin faoliyati Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Kot-d’Ivuarning 23 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi 2021-yil 4 0 Kot-d’Ivuar milliy futbol terma jamaosi 2021-yil 3 1 Jami 7 1 +Amad Diallo tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 5-iyun Stade National, Abidjan, Kot-d’Ivuar 2-1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
Manbalar
Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kot-dʼIvuarlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Rangers F.C. futbolchilari Turkum:Sunderland A.F.C. futbolchilari Turkum:Atalanta BC futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Kot-dʼIvuarlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shotlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar