Tilak Joʻra — oʻzbek adabiyotshunosi, tarjimoni va shoiri. Filologiya fanlari nomzodi. Turk, arman, ozarbayjon va tatar shoirlarining sheʼrllarini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Tarjima ishiga oid „Tarjima sanʼati“ va adabiyotshunoslikka oid „Nozim Hikmat va Oʻzbekiston“, „Hozirgi turk sheʼriyati“ kitoblarining muallifi.
Hayoti Tilak Joʻra 1947-yilda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tugʻilgan. 1956—1966-yillarda oʻrta maktabda, 1966—1972-yillarda hozirgi Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetida oʻqigan. 1978—1981-yillarda aspiranturada tahsil olgan. 1970-yildan umrining oxiriga qadar universitetning tarjima nazariyasi kafedrasida talabalarga tarjima ilmidan saboq bergan, 1986-yilda filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqladi. Shoir 1994-yilda toʻsatdan vafot etgan. Ayolining ismi Kumush. Ulardan ikki qiz va ikki oʻgʻil (Nodira va Shoira, Orif, Nozim) farzand yodgor boʻlib qolgan.
Ijodi
U tarjimon sifatida turk tilidan Nozim Hikmatning „Dogʻlarja“ sheʼrlar toʻplamini, shuningdek, arman shoiri Margaryan ijodidan namunalarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ozarbayjon, tatar va boshqa bir qator xalqlarning taniqli shoirlari sheʼrlarini ham oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Tarjima masalalari boʻyicha koʻplab ilmiy maqolalar yozgan. „Tarjima sanʼati“ nomli kitob yozgan. „Nozim Hikmat va Oʻzbekiston“ va „Hozirgi turk sheʼriyati“ nomli adabiyotshunoslikka oid kitob chop ettirgan.
Asarlari: „Rayhon“ (1977), „Olam ostonasi“ (1980), „Yulduzlar tabassumi“ (1981), „Chorrahadagi uy“ (1983), „Sanduvoch“ (1988), „Ruhiyat“ (1990)Tilak Joʻra. Saylanma.
Oʻljaboy Qarshiboyning aytishicha:
Ibrohim Haqqulning fikricha:
Vafoti Tilak Jo‘ra 1994-yilning 21-aprelida Toshkent shahrida vafot etdi. Adib Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Hazrati Mastali bobo qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar