Sheroz qirgʻini — 2022-yil 26-oktyabrda Eronning Sheroz shahridagi Shoh Cherak maqbarasi yaqinidagi qurolli hujum. Ushbu hujum natijasida 15 kishi halok boʻldi, 45 kishi yaralandi. Eron sud tizimi voqeani „terrorchilik“ deb tan oldi. Hujum uchun mas’uliyatni „Islomiy davlat“ oʻz zimmasiga oldi.
2023-yil 8-iyulda ikki kishi hujumga aloqadorligi uchun qatl etildi.
Voqea tavsifi Islom Respublikasining IRNA axborot agentligi maʼlumotlariga koʻra, hujumchilar 9-koʻchadan „Peugeot“ mashinasida masjidga kirib, Xodam va u yerda boʻlgan namozxonlarga qarata oʻt ochgan. Ushbu hodisaga aloqador ikki kishi hibsga olingan, yana biri qochib ketgan. Ayni paytda, Fors viloyati politsiyasi qoʻmondoni Rahambaxsh Habibiy bu hujum uchun bir kishi gumondor boʻlgan, yaralangan va hibsga olinganligini aytdi.
Otishmada 15 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻldi.
Manbalar
Turkum:2022-yil voqealari Turkum:26-oktyabr voqealari Turkum:Sheroz