link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/cd/Omagari_district_Daisen_city_center_area_Aerial_photograph.1976.jpg/220px-Omagari_district_Daisen_city_center_area_Aerial_photograph.1976.jpg|right|thumb| Omagari tumani — Daisen shahar markazi hududining Aerosurati.1976-yil Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharda 31.457 ta xonadonda, 81.133 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 94 kishidan toʻgʻri keladi大仙市地域別人口・世帯数集計表 Daisen City official statistics . Shaharning umumiy maydoni 866,77 kvadrat kilometr (334,66 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi Daisen markaziy Akita prefekturasining tekisliklarida joylashgan boʻlib, gʻarbda Akita shahri va sharqda Ivate prefekturasi va Ou togʻlari bilan chegaradosh. Shaharning maydoni Tokioning umumiy maydonidan kattaroqdir.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Akita prefekturasi Akita Yurihonjō Yokote Semboku Misato Ivate prefekturasi Nishivaga
Iqlimi Daisen nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa / Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, juda issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Daisendagi oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, avgust eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat oʻrtacha atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan boʻladi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraDaisen population statistics, Daisen aholisi soni taxminan 1960-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va oʻshandan buyon doimiy ravishda kamayib bormoqda.
Tarixi Hozirgi Daisen hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, hudud Hitachi provintsiyasidagi sobiq mulklaridan Kubota domeniga koʻchirilgan Satake sulolasining nazorati ostida boʻlgan. Meidzi davri boshlangandan va zamonaviy munitsipalitetlar tizimi oʻrnatilgandan soʻng, hudud 1878-yilda Akita prefekturasining Semboku tumani tarkibiga kiritilgan大曲市史〈第1巻〉資料編. publisher:大曲市史頒布会 date:May 1984 ASIN B000J733MG.
Daisen shahri 2005-yil 22-martda Omagari shahri, Kamioka, Kyova, Nakasen, Nishisenboku, Ota va Semboku shaharlari hamda Nangai qishlogʻi (barchasi Semboku tumanidan) qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan大曲市史〈第1巻〉資料編. publisher:大曲市史頒布会 date:May 1984 ASIN B000J733MG.
Hukumat Birlashgandan soʻng, Daisen 145 aʼzodan iborat butun Yaponiyadagi eng katta shahar assambleyasiga ega boʻlgan. Endi shaharda toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 28 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud. Shahar Akita prefekturasi assambleyasiga besh aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 3-Akita okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti Daisen iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan va bu hudud guruch yetishtirish bilan ajralib turadi. Daisen shahrida bir nechta sake ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadi.
Taʼlim tizimi Daisenda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 16 ta davlat boshlangʻich maktabi va 11 ta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Akita prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan beshta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yana, bitta xususiy litsey ham mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.
Transporti
Temir yoʻllar 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Akita Shinkansen
Ōmagari
20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi
Ōmagari - Jingūji — Karivano — Mineyoshikava — Ugo-Sakai
20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Tazavako liniyasi
Uguisuno - Ugo-Nagano — Yariminai — Ugo-Yotsuya — Kita-Ōmagari — Ōmagari
Magistral yoʻllar
Akita tezkor yoʻnalishi Milliy yoʻnalish 13 Milliy yoʻnalish 46 Milliy yoʻnalish 105 Milliy yoʻnalish 341
Qardosh shahar munosabatlari
Tettnang, Germaniya Dangjin, Chungcheongnam-do, Koreya
OAV
FM Hanabi
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Sobiq Ikeda oilaviy bogʻlari, Milliy tarixiy manzilgohi Hotta Fort, milliy tarixiy joy
Daisenning taniqli odamlari
Eiji Goto, Yaponiya Imperator dengiz flotining admirali Goto Chugay, yozuvchi Kazuo Koike, manga yozuvchisi Nobuxide Minorikava, siyosatchi Kazuo Oga Hitoshi Okuda, manga rassomiInterview by Sakigake Ad Brain Co.,Lyf Toshiro Yanagiba, aktyor Ryogoku Yujiro, sumo kurashchisi Sukeshiro Terata, siyosatchiOfficial Profile
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Daisen, Akita Turkum:Akita prefekturasidagi shaharlar