Katharina Althaus — (1996-yil 23-mayda tugʻilgan) 2011—2012-mavsumdan buyon Jahon kubogi darajasida ishtirok etuvchi nemis changʻisi hisoblanadi. U 2017—2018-yilgi mavsumda umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallagan va 2018-yil va 2022-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida yakkalik bahslarida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Sportchi jamoaviy bahslarda toʻrt karra jahon chempioni unvoniga sazovor boʻlgan.
Faoliyati Althaus 2011—2012-yilgi mavsumda jahon chempionati musobaqalarida debyut qilgan. Dastlabki natijalar qoniqarli oʻrinlar bilan kifoyalangan. Katharinani germaniyalik jamoadoshlari Karina Vogt, Richard Freytag va Severin Freund bilan Falunda boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Shimoliy changʻi jahon chempionatida changʻida sakrash boʻyicha aralash jamoaviy jahon chempioni boʻlgan. 2017-yilning 12-fevralida Lyubnoda jahon chempionatidagi ilk gʻalabasini qoʻlga kiritgan.
2022-yil fevral oyida Pekinda boʻlib oʻtgan XXIV Qishki Olimpiya oʻyinlarida, 2022-yil 5-fevraldagi musobaqaning birinchi kunida Katarina oʻrta balandlikka sakrash boʻyicha yakka tartibli bahslarda Olimpiya kumush medalini qoʻlga kiritgan.
Oʻzining ajoyib uslublari bilan va shu qatori bir nechta oltin medalli gʻalabalari bilan tarixga kirgan Katharina judayam trishqoqligini va oldiga qoʻygan maqsalariga mehnat evaziga erisha olish mumkinligini ham isbotlagan.
Ayniqsa 2019-yilgi XCHF changʻidan sakrash Jahon chempionatida hamma yoʻnalish boʻyicha shohsuppaga koʻtarilib Germaniya bayroginiyuqori oʻrinlarda turishiga sababchi boʻlgan. Yangi 2022—2023-yilgi mavsumga tayyorgalik koʻrayotgan Althaus shohsuppasiz oʻtmaydigan bahslar boʻladi-deb radio suhbatlarda qizgʻin interyu bergan. Jahon chempionati natijalari Yil Oddiy tepalik Katta tepalik NH jamoasi Aralash jamoa 2013-yil 32— — 2015-yil 17— 1 2017-yil 8— — 2019-yil 2 1 1 2021-yil 10 12 5 1
Jahon chempionati
Turnir jadvali Mavsum Umuman 2011—2012-yil 28 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2012—2013-yil 22 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2013-2014-yl 13 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2014—2015-yil 9 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2015—2016-yil 12 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2016—2017-yil 4 Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2017—2018-yil Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2018—2019-yil Yoʻq 2019—2020-yil 5 Yoʻq Yoʻq 4 Yoʻq 2020—2021-yil 9 Yoʻq Yoʻq Yoʻq 8 2021—2022-yil 4 7 Yoʻq 20 Yoʻq
Manbalar