Andrey Vladimirovich Gryazev (ruscha: Andrey Vladimirovich Gryazev; 1985-yil 26-iyul, Perm) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. 2004-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, 2007-yil Rossiya chempioni boʻlgan. Andrey havaskor sport faoliyatini 2009-yilda yakunlagan.

Faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/01/AGriazev_2007_Mytischi.jpg/220px-AGriazev_2007_Mytischi.jpg|left|thumb|220x220px| Andrey Gryazev, 2007-yil Gryazev 4 yoshida figurali uchishni boshlagan. 11 yoshida Aleksey Mishining maktabida oʻqish uchun Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtgan, ammo 2002-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida (14-oʻrin) muvaffaqiyatsiz chiqishdan soʻng u maktabni tashlab, Permga qaytib kelgan. Bir necha oy oʻtgach (maʼlumotlarga koʻra, uning sobiq oʻrtogʻi Aleksey Yagudinning maslahati bilan) Gryazev Tatyana Tarasova murabbiyligida mashgʻulotlarga qaytgan va natijada 2004-yilda jahon oʻsmirlar chempioni va Rossiya chempionatining bronza medali sovrindoriga aylangan. Oxirgi yutugʻi unga 2004-yilgi Jahon va Yevropa chempionatlarida qatnashish huquqini bergan va ushbu musobaqalarda 8 va 12-oʻrinlarni egallagan. 2005-yilda Gryazev bu natijalarni biroz yaxshilashga muvaffaq boʻlib, Rossiya chempionatida 2-oʻrinni, Yevropa chempionatida 5-oʻrinni va Jahon chempionatida 11-oʻrinni egalladi.

2007—2008-yilgi mavsumda Gryazev Rossiya kubogi Gran-pri bosqichida uchinchi va NHK Trophy musobaqasida yettinchi oʻrinni egalladi. 2008-yilgi Rossiya chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi.

Andrey 2008—2009-yilgi mavsumdagi chiqishidan olgan jarohat tufayli Gran-pri seriyasini oʻtkazib yubordiAndrey Gryazev snyalsya s chetvyortogo etapa Gran-pri po figurnomu kataniyu v Parije — iz-za travmi. Milliy chempionatda faqat beshinchi oʻrinni egalladi. 2008—2009-yilgi mavsum oxirida, „Pirouette“ figurali uchish jurnalining iyun sonida chop etilgan maʼlumotlarga koʻra, Andrey Gryazev oʻzining sport faoliyatini yakunlaganStatya T. Flade, „Pirouette“ № 6/2009.

Natijalari

2008-yildan keyin Musobaqa 2007 — 2008 2008 — 2009 Rossiya chempionati 3 5 Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 3 Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 7

2008-yilgacha Musobaqa 2000 — 2001 2001 — 2002 2002 — 2003 2003 — 2004 2004 — 2005 2005 — 2006 2006 — 2007 Jahon chempionatlari 12 11 17 Yevropa chempionati 8 5 16 Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 14 1 Rossiya chempionati 8 6 5 3 2 9 1 Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 9 2 4 1 Gran-pri bosqichlari: Cup of Russia 7 7 Gran-pri bosqichlari: Trophée Eric Bompard 7 Gran-pri bosqichlari: Cup of China 3 Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 9

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:26-iyulda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar