link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/15/Districts of Paktika as of January 2004.png/220px-Districts of Paktika as of January 2004.png|thumb| Paktika viloyati xaritasi. Yuqori oʻng tomonda shaftoli rangidagi Barmal tumani.|243x243px Barmal ( , ) — Afgʻonistonning Paktika viloyatidagi tuman. U Xayber-Paxtunxva va Pokistonning Balujiston viloyati bilan chegaradosh. Angur Ada rasmiy chegara punkti Paktika va Xayber Paxtunxva aholisi oʻrtasidagi chegara oʻtish joyidir. Barmal tumani hukumat idorasi Nyuai Adada joylashgan.

Tarixi Barmal 2022-yilda Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilziladan eng koʻp zarar koʻrgan tumanlardan biri. Bu tumanda kamida 500 kishi halok boʻlgan va minglab kishi jarohatlangan. Asosan, loy va yogʻochdan qurilgan koʻplab uylar vayron boʻlgan. Kuchli yomgʻir va zilzila butun qishloqlarni vayron qilgan koʻchkilarga sabab boʻldi.

Qurilish 2022-yil avgust oyida tumanda zilzila qurbonlari uchun yangi „zilzilaga chidamli uylar“ qurila boshladi. Loyiha Paktika viloyatining Gayan va Barmal tumanlarida 2000 ta uy, shu jumladan qoʻshni Xost viloyatining Spera tumanida 300 ta uy qurishni oʻz ichiga oladi.

Geografiyasi Barmal tumanining yirik shaharlari:

Nyuai Ada Margʻa Ada Laman Ada Gajikhel Ada Zargar Ada Titoon Shaga

Demografiyasi Tuman aholisi 2004-yilda 88028 kishini tashkil qilganPaktika provincial profile, June 2004, profile compiled by the National Area-Based Development Programme (NABDP) of the Ministry of Rural Rehabilitation and Development (MRRD). Ularning aksariyati etnik pushtunlar. Asosan, vazir va xaroti qabilalaridan iborat.

Manbalar