Thomas Richard McCready () (1991-yil 7-iyunda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. Tom McCready „Colwyn Bay“ futbol klubi jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydiColwyn Bay swoop for McCready following AFC Fylde release‚ northwalespioneer.co.uk, 22 March 2018.

Oʻyin faoliyati

Dastlabki yillar Tom McCready Ellesmere Port shahrida tugʻilgan. Tom McCready yoshligida „Everton“ futbol klubining yoshlar jamoasida shugʻullangan. 2009-yil 12-iyulda Tom McCready „Hibernian“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.

Altrincham Tom McCready 2010-yil 5-avgustda Premer konferensiya vakili „Altrincham“ futbol klubi tarkibiga kiritildi.

Chester "Altircham" futbol klubi tarkibida faqat ikkita oʻyinda maydonga tushgandan soʻng, Tom McCready „Chester“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi. Ammo klub safida koʻp oʻyin oʻtkazmasidan Tom McCready jarohat oldi.

Keyinchalik Tom McCready Uels Premer-ligasi vakili „Airbus“ futbol klubiga ijaraga berildi. Tom McCready yangi klub bilan 5 ta oʻyinda 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Morecambe 2014-yilda Tom McCready oʻzining akasi Chris McCready oʻynaydigan „Morecambe“ futbol klubida sinovdan oʻtdi va klub bilan 2014-yilning 23-iyulida nomaʼlum muddatga shartnoma imzoladi.

Tom McCready klub safidagi ilk oʻyinini 2014-yilning 11-oktyabrida Angliya Ikkinchi ligasi vakili „Wycombe Wanderers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:3) oʻtkazdi.

Exeter City 2015-yilning 2-fevralida Tom McCready „Morecambe“ futbol klubi tarkibidan bepul transfer asosida „Exeter City“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi. Tom McCready klub uchun birinchi golini „Sunderland“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritdi. Tom McCready „Exeter City“ futbol klubi tarkibida juda kam oʻyin oʻtkazdi va 2016—2017-yilgi mavsum oxirida klubni tark etdi. Klub murabbiyi Paul Tisdale Tom McCreadyni „afsuski, jarohatlar bilan yomon yil oʻtkazdi“ deb izohladi.

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaAngliya kubogiLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarAltrincham2010—2011Premer konferensiya2000000020Chester2010—2011NPL Birinchi divizioni4000—1050Airbus (ijara)2010—2011Uels Premer-ligasi5200000052Morecambe2014—2015Angliya Ikkinchi ligasi7000001080Exeter City2014—2015Angliya Ikkinchi ligasi30000000302015—2016Angliya Ikkinchi ligasi1000011201312016—2017Angliya Ikkinchi ligasi2000100030Jami150002120191AFC Fylde2017—2018Angliya milliy ligasi8000—0080Umumiy412002140473

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari