right|thumb|270x270px| Myokko shahar hokimiyati Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-noyabr holatiga koʻra, shaharda 12.408 ta xonadonda 31.374 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 70 kishidan toʻgʻri keladiMyoko City official statistics . Shaharning umumiy maydoni 445,63 kvadrat kilometrni tashkil etdi (172,06 milya). Myokko shahri Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Sogʻlom shaharlar alyansi (AFHC) aʼzosi hisoblanadiAlliance for Healthy Cities official home page.
Geografiyasi Myōkō Niigata prefekturasining shimoliy-markaziy hududi ichki mintaqasida, Nagano prefekturasi chegarasida joylashgan. U Echigo tekisliklari yaqinidagi togʻ atrofida oʻrnashgan boʻlib, shahar beshta togʻ bilan oʻralgan. Madarao togʻi, Myoko togʻi, Kurohime togʻi, Togakushi togʻi va Iizuna togʻlari birgalikda Shimoliy Shinshuning beshta togʻi (kánghínì, Hokushingogaku) deb nomlanadi. Ular Nagano va Niigata prefekturalari chegarasiniham tashkil qiladi. Shaharning katta qismi togʻlar va oʻrmonlardan tashkil topgan. Shahar nomidan koʻrinib turibdiki, Myokko tog'i () shahar hududida joylashgan boʻlib, uning katta qismi Myokko-Togakushi Renzan milliy bogʻi chegaralariga toʻgʻri keladi. Myōkō togʻidan tashqari, shaharda yana ikkita 100 ta mashhur yapon togʻlari roʻyxatiga kiritilgan Hiuchi togʻi (2,462) va Takatsuma togʻlari (2,353 m) ham qad roslagan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Niigata prefekturasi Joetsu Itoigava Nagano prefekturasi Nagano Iiyama Shinano Otari
Iqlimi Myokko nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Myokkoda oʻrtacha yillik harorat ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori boʻlib, eng seryogʻin oy sentyabr hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat atrofida va eng past harorat yanvarda, atrofida boʻladi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraMyōkō population statistics, Myōkō aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida barqaror ravishda kamaygan.
Tarixi Hozirgi Myōkō hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida hudud Takada domenining xoldinglari va Tokugava syogunati tomonidan bevosita boshqariladigan Tenryo hududi oʻrtasida boʻlib olingan. 1890-yil 26-iyunda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining yaratilishi bilan Niigata, Nakakubiki tumanida Arai qishlogʻi tashkil etildi. Arai 1892-yil 9-sentyabrda shaharcha maqomiga, 1954-yil 1-noyabrda esa shahar maqomiga koʻtarildi. Myōkō shahri 2005-yil 1-aprelda Arai shahrining Myokokokgen shahri va Myokko qishlogʻi (ikkalasi ham Nakakubiki tumanidan) bilan qoʻshilishi natijasida paydo boʻlgan.
Iqtisodiyoti Myokko iqtisodiyoti mavsumiy turizm, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi hamda yengil sanoatga asoslangan.
Hukumat Myōkōda toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakli mavjud. Myōkō Niigata prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Niigata 6-okrugi tarkibiga kiradi.
Taʼlim tizimi Myokkoda toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.
Transporti
Temir yoʻl 15x15px — Hokuriku Shinkansen
Jōetsumyōkō
25x25px Echigo Tokimeki temir yoʻli — Myokko Haneuma liniyasi
Myōkō-Kōgen — Sekiyama — <Nihongi> — Arai — Kita-Arai
28x28px Shinano temir yoʻli — Kita-Shinano liniyasi
Myōkō-Kōgen
Magistral yoʻl
20x20px Joshin-etsu tezkor yoʻli — Myokko IC Milliy yoʻnalish 18 Milliy yoʻnalish 292
Eslatma: Joetsumyoko stansiyasi aslida Myōkō chegarasidan 1,5 km uzoqlikda, Joetsu shahrida joylashgan.
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Myokokōkōgen va sobiq Myoko qishlogʻi changʻi kurortlari bilan mashhurMyoko Ski Resort. Ulardan birinchisi Akakura 1930-yillarda tashkil etilgan boʻlib, uni dunyodagi eng qadimgi changʻi zonalaridan biri deya atash mumkin. Bu, shuningdek, Yaponiya imperator oilasining anʼanaviy togʻ changʻisi bilan shugʻullanish manzilgohi ham hisoblanadi. Myoko togʻ-changʻi zonasida toʻqqizta asosiy togʻ kurortlari mavjud, bular: Myokko Akakura, Ikenotaira Onsen, Myokko Suginohara (Yaponiyadagi eng uzun changʻi poygasi bilan maqtanadi), Seki Onsen, Kyukamura, Myokko changʻi parki, Lotte Arai kurorti, Madarao Kogen va Madarao KogenDestination Joetsu Myoko. Myokkō Kogen shuningdek, Jigoku-dani vodiysidan oqib chiqadigan koʻplab mahalliy onsenlari (issiq buloqlari) bilan ham mashhur. Bular: Myokko va Mey onsenlaridirJapan Onsen Guide — Niigata. Kannondaira-Tenjindō Kofun guruhi Kofun davridagi milliy tarixiy hudud sifatida etirof etiladi. Samegao qal’asi — Sengoku davri qal’asi xarobalaridan iborat boʻlib, u milliy tarixiy qadamjo hisoblanadi. Hida manzilgohi, Yayoi davri arxeologik maydoni hisoblanadi. U milliy tarixiy qadamjo sifatida qadrlanadi.
Xalqaro munosabatlar
Qardosh shaharlar Myōkō quyidagi shahar bilan birodarlashgan :
Slovenj Gradec, Sloveniya
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt Sayohat sayti
Turkum:Niigata prefekturasidagi shaharlar Turkum:Myōkō, Niigata