Morgan Anthony Gibbs-White () (2000-yil 27-yanvarda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Morgan Gibbs-White Premer-liga vakili „Nottingham Forest“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Wolverhampton Wanderers Morgan Gibbs-White 8 yoshida „Wolverhampton“ futbol klubi safiga kelib qoʻshilgan va klub akademiyasida barcha yosh guruhlarida oʻynagan. Morgan Gibbs-White 2017-yilning 7-yanvarida Angliya kubogi 3-bosqichida Premer-liga vakili „Stoke City“ futbol klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Joe Mason oʻrniga 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 16 yoshida jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazgan.
2018-yilning yanvarida Morgan Gibbs-White 2022-yilning yoziga qadar klubda qoladigan shartnoma imzolagani malum boʻldi. Morgan Gibbs-White Premer-ligadagi ilk uchrashuvini 2018—2019-yilgi mavsumning dastlabki uchrashuvida „ Everton“ futbol klubiga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazdi.
COVID-19 pandemiyasi paytida Morgan Gibbs-White 2020-yil may oyida Londondagi ziyofatda qatnashib hukumat qoidalarini buzgani uchun klub tomonidan intizomiy jazoga tortildi.
2020-yilning 25-avgustida Morgan Gibbs-White 2020—2021-yilgi mavsum uchun Chempionat vakili „Swansea City“ futbol klubiga ijaraga oʻtishdan oldin „Wanderers“ futbol klubi bilan uch yillik yangi shartnoma imzoladi. Morgan Gibbs-White 12-sentyabr kuni „Preston North End“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) „Swansea“ futbol klubi safidagi ilk golini kiritdi. Morgan Gibbs-White 3-oktyabr kuni „Swansea“ klubining „Millwall“ futbol klubiga qarshi uy oʻyinida oyogʻini sindirib, mavsumning uch oyini oʻtkazib yubordi. Morgan Gibbs-White 2021-yil 2-yanvarda „ Watford“ klubiga qarshi oʻyinda (2:1) maydonga qaytdi.
Morgan Gibbs-White 2021-yil 31-avgustda 2021—2022-yilgi mavsum uchun „Sheffield United“ futbol klubiga ijara asosida qoʻshildi. Morgan Gibbs-White „Sheffield United“ futbol klubidagi debyut oʻyinini 2021-yil 11-sentyabrda „Peterborough United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (6:2 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi.
Nottingham Forest 2022-yilning 19-avgustida Morgan Gibbs-White „Nottinham Forest“ futbol klubi safiga oʻtdi va klub rekordi boʻlgan transfer narxi 25 million funt sterling evaziga besh yillik shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti Morgan Gibbs-White Stafford shahrida tugʻilib oʻsgan. Morgan Gibbs-White oʻz shahridagi ser Graham Balfour maktabida, keyinroq Shropshire shtatidagi Telford shahridagi Thomas Telford maktabida oʻqigan.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarWolverhampton Wanderers2016—2017Chempionat701000—802017—20181302000—1502018—2019Premer liga2603020—3102019—2020701010711612020—202111120——1312021—202220—11—312022—202320———20Total681904171883Wolverhampton Wanderers2016—2017———4040Swansea City (ijara)2020—2021Chempionat51—10—61Sheffield United (ijara)2021—2022Chempionat351100—213712Jami10813905113213516
Yutuqlar Wolverhampton Wanderers
EFL chempionati: 2017—2018
individual
Sheffild Yunayted yilning eng yaxshi futbolchisi: 2021—2022 Sheffild Yunayted yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2021—2022
Manbalar
Havolalar Profile at the Nottingham Forest F.C. website Profile at the Football Association website
Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:Swansea City A.F.C. futbolchilari Turkum:Sheffield United F.C. futbolchilari Turkum:Nottingham Forest F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari