Joost Maurits van Aken (; 1994-yil 13-mayda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, SC Heerenveen klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Kattalar toifasidagi faoliyatini SC Heerenveenda boshlagan, Sheffield Wednesdey, VfL Osnabrück va Zulte Waregem klublarida oʻynagan. Xalqaro miqyosda Niderlandiya U21 jamoasini himoya qilgan.

Faoliyati

SC Heerenveen Van Aken 2014-yilning 16-fevralida oʻsha paytdagi chempion OFK „Ajax“ga qarshi „SC Heerenveen“ safidagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Taxminan ikki oy oʻtgach, van Aken klubdagi birinchi golini Go Ahead Eagles darvozasiga kiritdi.

Sheffield Wednesday 2017-yil 30-avgust kuni Sheffield Wednesday Eredevisie vakili SC Heerenveen jamoasidan van Aken bilan toʻrt yillik shartnomani nomaʼlum toʻlov evaziga imzolanganini eʼlon qildi. Unga 4-raqamli futbolka berildi. van Aken 9-sentyabr kuni Nottingem Forestga qarshi oʻyinda debyut qildi. Uchrshuvda 90 daqiqa oʻynadi, jamoasi 3:1 hisobida gʻalabadi.

2019-yilning 14-avgustida van Aken VfL Osnabrückga 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida qoʻshildi.

2020-yil 12-sentyabrda Van Aken „Sheffield Wednesday“ning asosiy tarkibiga qaytdi va „Cardiff Cty“ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. 2020-yil 24-oktyabrda „Luton Town“ga qarshi bahsda oʻz uyida qizil kartochka oldi, jamoasi magʻlubiyatga uchradi. 2021-yilning 20-mayida shartnoma muddati tugagach, mavsum oxirida Sheffield Wednesdayni tark etishi eʼlon qilindi.

Zulte Waregem 2021-yil 15-may kuni van Aken Zulte Waregem Belgiya klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 24-iyul kuni Jupiler Pro ligasida OH Leuvenga qarshi bahsda debyut qildi. Jamoasi 1:1 hisobida durang oʻynagan uchrashuvda qizil kartocha bilan chetlatilgandi. 2022-yil 25-yanvarda erkin agentga aylandi.

Heerenveenga qaytish 2022-yil 7-fevralda van Aken shu mavsum oxirigacha SC Heerenveenga qaytdi.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinishlar va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiLigaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSC Heerenveen2013—2014Eredivisie6200—20822014—2015Eredivisie30000—303302015—2016Eredivisie20010——2102016—2017Eredivisie26120—002812017—2018Eredivisie20———20Jami84330—50923Sheffield Wednesday2017—2018Championship14000——1402018—2019Championship100010—202019—2020Championship00———002020—2021Championship1700000—170Jami320001000330VfL Osnabrück (ijara)2019—20202. Bundesliga22100——221Zulte Waregem2021—2022Belgian First Division A1000——10SC Heerenveen2021—2022Eredivisie3100—0031Jami faoliyati14253010501515

Terma jamoada 3-iyul, 2022-yilgi holat boʻyicha YilTerma jamoaIshtirokGollar2014Niderlandiya U2120

Manbalar

Havolalar

Voetbal International profili OnsOranjedagi Gollandiya profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar