Kevin Nana Yaw Berkoe () (2001-yil 5-iyulda tugʻilgan)—angliyalik professional futbolchi. Kevin Berkoe Ikkinchi liga vakili „Salford City“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Kevin Berkoe oʻz faoliyatini „Chelsea“ va „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubining yoshlar akademiyalarida boshlagan. Shundan soʻng,Kevin Berkoe 2019-yilda „Oxford United“ futbol klubi bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. Oʻsha mavsumda Kevin Berkoe „Oxford City“ futbol klubi safida ijara shartnomasi asosida oʻynagan.Keyin 2020-yilda Berkoe klubni tark etgan va „Salford City“ futbol klubiga oʻtgan.

Faoliyati Kevin Berkoe yoshligida „Chelsea“ va „Wolverhampton Wanderers“ futbol klublarining yoshlar jamoasida oʻynagan. U 2019-yilning mart oyida „Sunderland“ futbol klubi safida sinovdan oʻtgan, ammo may oyida „Oxford United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Klubga qoʻshilishga rozilik bildirganidan soʻng, „Oxford United“ futbol klbi menejeri Karl Robinson Kevin Berkoeni „tezkor, texnik jihatdan juda yaxshi oʻyinchi“ deb taʼriflagan. Kevin Berkoe 13-avgust kuni EFL kubogi birinchi davrasida „Peterborough United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻzining „Oxford“ futbol klubidagi ilk uchrashuvini oʻtkazgan. 22-noyabr kuni Kevin Berkoe „Oxford City“ futbol jamoasiga 28 kunlik ijara asosida qoʻshilgan. 17-dekabr kuni Kevin Berkoe klub uchun birinchi golini „St Albans City“ futbol klubi boʻlib oʻtgan uchrashuvda (3:3 hisobida durang) raqib darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Keyingi haftada Kevin Berkoening klubdagi ijara muddati 2020-yil yanvar oyi oxirigacha uzaytirilgan. 2020-yil yanvar oyida Kevin Berkoe yana bir oyga klubda qoladigan boʻlgan.

Kevin Berkoe 2019—2020-yilgi mavsum oxirida „Oxford United“ futbol klubini tark etgan. Kevin Berkoe 2020—2021-yilgi mavsum uchun „Salford City“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yil 25-sentyabrda Kevin Berkoe Milliy liga vakili „AFC Telford United“ futbol klubiga bir oyga ijaraga oʻtgan. U 2021-yil 12-noyabrda „Salford City“ futbol klubi safiga chaqirib olingan.

Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oxford United 2019—2020 Birinchi liga 0 0 0 0 2 0 1 0 3 0 Oxford City (ijara) 2019—2020 Janubiy milliy liga 17 2 0 0 0 0 0 0 17 2 Salford City 2020—2021 Ikkinchi liga 0 0 1 0 0 0 2 0 3 0 2021—2022 Ikkinchi liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 Jami 0 0 1 0 0 0 2 0 3 0 AFC Telford United (ijara) 2021—2022 Shimoliy milliy liga 8 0 0 0 0 0 0 0 8 0Jami 25 2 1 0 2 0 3 0 31 2

Manbalar

Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar