VAIO — 2014-yilgacha Sony kompaniyasiga tegishli boʻlgan maishiy elektronika, noutbuklar va shaxsiy kompyuterlar brendi. Brend keyinchalik „Japan Industrial Partners“ kompaniyasiga sotilgan. VAIO soʻzi dastlab „Video Audio Integrated Operation“ soʻzining qisqartmasi edi, ammo bu talqini 2008-yilda „Visual Audio Intelligence Organizer“ ga oʻzgartiriladi. Shtab-kvartirasi Nagano prefekturasining Azumino shahrida joylashgan.

VAIO 1996-yilda taqdim etilgan, dastlabki Sony brendi boʻlib. 2014-yil fevral oyida Sony oʻzining mobil qurilmalarga eʼtibor qaratish uchun qayta qurish harakatlari doirasida „Japan Industrial Partners“ investitsiya firmasi bilan VAIO Corporation Inc, maxsus maqsadli kompaniyasini yaratadi. Sony hozirda Amerika Qoʻshma Shtatlari, Yaponiya, Hindiston va Braziliyada kompyuterlar sotadigan va boshqa mintaqalarda eksklyuziv marketing shartnomalarini qoʻllab-quvvatlaydigan yangi mustaqil kompaniyada oʻzining kichik ulushini saqlab qolgan. Sony hali ham VAIO brendi va logotipi uchun intellektual mulk muallifligi huquqlariga ega.

Etimologiyasi VAIO Dastlab Video Audio Integrated Operation soʻzlarining qisqartmasi boʻlgan, bu soʻzlar brendning 10 yilligini nishonlash uchun 2008-yilda Visual Audio Intelligent Organizerga oʻzgartirilgan. Logotip VAIO kompyuterlarining ilk namunasi bilan bir qatorda Tokiodagi Sony Ijodiy markazi mahsulot dizayni boʻyicha nazoratchisi Teiyu Goto tomonidan ishlab chiqilgan. U logotip va qisqartmaga juda koʻp maʼnolarni kiritgan. Bundan tashqari, logotip „VA“ ni sinus toʻlqini va „IO“ ni ikkilik raqamlar 1 va 0 kabi qilib ishlangan, bu kombinatsiya analog va raqamli signallarning birlashuvini ifodalaydi. Baʼzi VAIO modellarining ishga tushirilganda chiqaradigan musiqa ovozi VAIO harflarini yozish uchun telefon klaviaturasini bosganda hosil boʻlgan ohangdan kelib chiqqanVAIOホームページ(Internet Archiveのバックアップデータ), The philosophy of VAIO「VAIO」の由来とフィロソフィー 2000年 (Japanese).

Rivojlanish Tarixi

Sony kompaniyasining bir qismi sifatida Sony 1980-yillarda MSX asosidagi HitBit computers kabi kompyuterlarni asosan Yaponiya bozori uchun ishlab chiqargan boʻlsada, kompaniya 1990-yillarning boshlarida shaxsiy kompyuterlar ishlabchiqarishdan voz kechadi. Oʻsha paytdagi yangi VAIO brendi ostida Sonyning jahon shaxsiy kompyuterlar bozoriga qayta kirishi 1996-yildan boshlangan. Sony kompaniyasining oʻsha paytdagi prezidenti Nobuyuki Idei „oddiy shaxsiy kompyuter yaratishdan maʼno yoʻq“ deb hisoblagan, shuning uchun VAIO tarkibi Audio Vizual (VAIO nomidan koʻrinib turganidek), portativlik va dizaynga eʼtibor qaratish kerak boʻlgan.

PCV-90 1996-yilda taqdim etilgan birinchi ish stoli seriyasi boʻlib, yangi foydalanuvchilar uchun yangilik sifatida 3D grafik interfeys bilan ishlab chiqarilgan. Birinchi VAIO noutbuklari 1997-yilda toʻrt panelli magniyli korpusidan yasalgan 2000 AQSh dollarilik PCG-505 „SuperSlim“ modeli bilan paydo boʻladi. VisualFlow 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida Sony VAIO kompyuterlari bilan tarqatilgan Sony dasturi edi.

2001-yilda Stiv Jobs Sony rahbarlariga MacOS operatsion tizimida ishlaydigan Vaio kompyuterini taqdim etadi va sonyga hamkorlik qilish imkoniyatini taklif qiladi. Sony kompaniyasining Vaio jamoasi oxir-oqibat „resurslarni taqsimlash“ deb hisoblagan taklifni rad etgan, chunki Windows asosidagi premium kompyuter brendining mashhurligi oshib borayotgan edi.

Sony Vaio-ning keyingi dizaynlari kompyuterlar sotuvi past boʻlgan davrda chiqarilgan va magnitlangan stendlar va butunlay alohida klaviatura bilan yaratilgan Vaio Tap kabi innovatsiyalarga ega modellarni oʻz ichiga olgan.

Sonyning quyi tashkeloti 2014-yil 4-fevralda Sony yomon savdo tufayli Vaio kompyuter biznesini sotishini eʼlon qiladi. 2014-yilning mart oyida Yaponiya sanoat hamkorlari VAIO boʻlimining 95 % ulushini sotib olganini eʼlon qilinadi.

Savdo 2014-yil 1-iyulda yopildi; xuddi shu kuni kompaniya VAIO Fit va Pro liniyalarida yangilangan yozuvlarni eʼlon qiladi. Qayta ishlab chiqarilgan mahsulotlar dastlab Yaponiyada, keyinroq Braziliyada tarqatildi. 2015-yil avgust oyida Vaio Braziliya va Qoʻshma Shtatlardan boshlab xalqaro bozorlarga qayta kirish rejalarini eʼlon qilgan. Vaio bosh direktori Yoshimi Ota kompaniya oʻz segmentlarida yuqori darajadagi mahsulotlarga koʻproq eʼtibor qaratishni rejalashtirganini takitlab oʻtadi. Canvas Z plansheti AQShda 2015-yil 5-oktabrda Microsoft Store va Vaio veb-sayti orqali chiqariladi. 2015-yil 16-oktyabrda Vaio oʻz mahsulotlarini Braziliyada mahalliy ishlab chiqaruvchi Positivo Informática bilan hamkorlikda ishlab chiqarishga rozi boʻladi.

2016-yil 2-fevralda Vaio Windows 10 smartfonini taqdim etishini eʼlon qiladi. Shuningdek, oʻsha oyda Vaio shaxsiy kompyuter biznesini birlashtirish uchun Toshiba va Fujitsu Technology Solutions bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

2018-yil 4-iyunda Nexstgo Company Limited VAIO korporatsiyasi tomonidan Osiyodagi biznesni nazorat qilish uchun litsenziyaga ega boʻlishini eʼlon qiladi. Gonkongda joylashgan Nexstgo va Yaponiyaning VAIO korporatsiyasi oʻrtasidagi ushbu litsenziya shartnomasi ishlab chiqarish, sotish, shuningdek, Gonkong, Makao, Malayziya, Singapur va Tayvan bozorlarida VAIO savdo belgisi ostida VAIO noutbuklariga xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga olgan.

Hozirda AQShda VAIO biznes mahsulotlari Trans Cosmos America, Inc. tomonidan sotiladi.

Mahsulotlar

Sony VAIO (1996-yildan 2014-yilgacha) Sony kompaniyasining VAIO brendi isteʼmolchilar uchun keng turdagi noutbuklar, subnotebooklar, ish stollari, media markazlari va hatto Tarmoq media yechimlari boʻyicha mahsulot qatorlarini oʻz ichiga olgan. thumb| Sony VAIO PCV-RS ish stoli kompyuteri thumb| Sony VAIO 505GX thumb| Dastlabki Sony VAIO C1 PictureBook thumb| ~1999—2000-yillardagi Sony VAIO PCG-F420 noutbuki thumb| Sony VAIO C seriyali noutbuk thumb| Sony VAIO FW seriyali (2009-yil) thumb| Sony VAIO P seriyali (2009-yil) thumb| Sony VAIO Z seriyasi (3-avlod) thumb| Sony VAIO Duo 11 (2012-yil) thumb| Sony VAIO Duo 13 (2013-yil)

Kompyuterlar Sony kompaniyasining VAIO kompyuterlari quyidagi turlardan iborat edi:

Ish stollari

Ish stoli kompyuterlari PCV seriyali (1996—2005-yillar) Multimedia ish stoli kompyuterlari M seriyali (1998—1999-yillar) MX seriyali (2000-yil, oʻrnatilgan FM radio, MiniDisc pleer va kuchaytirgich) Planshet ish stoli kompyuterlari LX seriyali (2000—2008-yillar) Media Center kompyuterlari VGX-XL seriyali (2005-yil, audio qabul qiluvchining forma faktori) VGX-TP seriyali (2007-yil, silindrsimon disk shakli faktor) Hammasi birda kompyuterlari VGC seriyali W seriyali (2002—2006-yillar) VA seriyali (2005—2006-yillar, 20", oʻrnatilgan televizor tyuneri) L seriyali (2006—2013-yillar, sensorli displey 15,4 yoki 19 dyuym, oʻrnatilgan televizor tyuneri, Sony Living Room shaxsiy kompyuteri) Vaio Tap 20 (2013-yil, 20 dyuymli sensorli displey) Vaio Tap 21 (2014-yil, 21,5 dyuymli 1920x1080 sensorli displey)

Noutbuklar

Ultra protativ Premium 505 seriyali (1997—2004-yillar, displey 10,4 yoki 12,1 dyuym, tashqi floppi va CD drayverlar, dastlab SuperSlim deb nomlangan) 700 seriyali (1997—1998-yillar, 12,1 dyuymli displey, tashqi floppi va CD drayverlar) 800 seriyali (1998—1999-yillar, 13,3 dyuymli displey, tashqi floppi va CD drayverlar) TX seriyali (2005—2007-yillar, 11,1" 1366x768 displey, 16:9 LED yoritilgan displeyli birinchi noutbuk) TZ seriyali (2007—2008-yillar, displey 11,1" 1366x768) TT seriyasi (2008—2010-yillar, displey 11,1" 1366x768) SZ seriyali (2006—2007-yillar, 13,3" 1280x800 displey, almashtiriladigan grafiklar) Z seriyali (2008—2014-yillar, 13,1 dyuymli displey, almashtiriladigan grafik ) Ultra protativ Asosiy SR seriyali (2001-yil, 10,4 dyuymli SVGA displey, dumaloq trekpad) SRX seriyali (2001-yil, 10,4 dyuymli 1024x768 displey, dumaloq trekpad) TR seriyali (2003-yil, 10,6 dyuymli 1280x768 displey) VX seriyali (2002-yil, 10,4" yoki 12,1" displey) SR seriyali (2008—2010-yillar, displey 13,3" 1280x800) S seriyali (2010—2013-yillar, displey 13,3" 1600x900) T seriyali (2012—2014-yillar, displey 13,3" 1366x768) Y seriyali (13,3 dyuymli 1366x768 displey, optik disksiz) Ultra portotiv netbuklar G seriyali (2007-yil, 12,1 dyuym, 1024x768 displey, Intel Core protsessori) M seriyali (2008-yil, 10,1 dyuymli 1024x600 displey, Intel Atom protsessori) W seriyali (2009-yil, 10,1 dyuymli 1366x768 displey, Intel Atom protsessori) X seriyali (11,1 dyuymli 1366x768 displey, Intel Atom protsessori) Isteʼmolchi, uy va ish uchun F seriyali (1999—2000-yillar, 13,0" yoki 14,1" 1024x768 displey, ish stolini almashtirish) FX/FXA seriyali (2001—2003-yillar, 14,1 dyuymli displey, ish stolini almashtirish) XG/XE/XR seriyali (1999—2001-yillar, 13,3" yoki 14,1" 1024x768 displey, modulli DVD/CD-RW/Floppy/2-batareya/2-qattiq disk uyasi) QR seriyali (2001-yil, 13,3 dyuymli 1024x768 displey) FRV seriyali (2003-yil, 15" 1024x768 displey, ish stolini almashtirish) GR seriyali (2002-yil, 15 dyuymli 1400x1050 displey, ish stolini almashtirish, almashtiriladigan koʻp qavatli) GRX seriyali (2002-yil, 15" 1024x768 yoki 16,1" 1600x1200 displey, ish stolini almashtirish) GRZ seriyali (2003-yil, 15" 1024x768 displey, ish stolini almashtirish) GRT seriyali (2004-yil, 15" 1024x768 yoki 16,1" 1600x1200 displey, ish stolini almashtirish) NV/NVR seriyali (2002—2005-yillar, 15 dyuym 1024x768 yoki 1440x1050 displey, modulli Floppy/ MiniDisc / Raqamli klaviatura / Yilni sabvufer joyi) Z1 seriyali (2004-yil, 14,1 dyuymli 1400x1050 displey) B seriyali (2004-yil) BX seriyali (2005-yil, 14,1 dyuymli displey) FJ seriyali (2005-yil, 14,1 dyuymli displey) C seriyali (13,3" 1280x800 displey, ranglarni tanlash) CR seriyali (2007-yil, 14,1" 1280x800 displey, ranglar tanlovi) NR seriyali (2007-yil, 15 dyuymli 1280x800 displey) E seriyali (2010-yil, 15,5 yoki 17,3 dyuymli displey, ranglarni tanlash) XE seriyali (2011-yil, 15,5 dyuymli 1920x1080 displey) Vaio Fit 14 va 15 (2013-yil, 14" yoki 15" sensorli ekranli noutbuk, SVF) Vaio Duo (2013-yil, 13,3 dyuymli gibrid sensorli noutbuk, SVD) Vaio Tap 11 (2013-yil, 11,6 dyuymli konvertatsiya qilinadigan sensorli ekran, SVT) Multimedia Seriya (2004-yil, 17 dyuym 1920x1200 displey) AX seriyali (2005-yil, 17 dyuym 1440x900 displey) AR seriyali (2006-yil, 17" 1440x900 yoki 1920x1200 displey, birinchi navbatda BD-R drayvereri bilan) AW seriyali (2008-yil, 18,4 dyuymli 1680x945 yoki 1920x1200 displey) Portotiv oʻyinlar uchun FS seriyali (2005—2006-yillar, displey 15,4" 1280x800) FE seriyali (2006—2007-yillar, displey 15,4" 1280x800) FZ seriyali (2007—2008-yillar, displey 15,4" 1280x800) FW seriyali (2008—2010-yillar, displey 16,4 dyuym 1920x1080) F seriyali (2010-yil, 16,4 dyuymli 1920x1080 displey) NW seriyali (2009-yil, 15,4" 1366x768 displey) Hayot tarzi va UMPC subnotebooks C1 seriyali (1998—2003-yillar, displey 8,9 dyuym, 1024x480, PictureBook markasi) GT seriyasi (2001-yilyil, faqat Yaponiya, 6,4 dyuymli displey, oʻrnatilgan raqamli kamera) U seriyali (2002—2004-yil, 6,4" yoki 7,1" 1024x768 displey) UX seriyali (2006-yil, 4,5 dyuymli 1024x600 displey, Sony kompaniyasining birinchi UMPC) P seriyali (2009—2010-yil, displey 8 dyuym 1600x768)

Tajriba Vaio mahsulotlari egalari va ishqibozlari uchun Club Vaio onlayn hamjamiyatida roʻyxatdan oʻtish boʻyicha koʻrsatmalar mavjud boʻlib, u drayvererlarni avtomatik yangilash va elektron pochta orqali texnik yordam olish, shuningdek, eksklyuziv ish stoli fon rasmlari, reklama takliflarini va yangi mahsulotlar roʻyxatini taqdim etgan. 1997-yildan 2001-yilgacha Yaponiyada SAPARi dasturi Vaio qurilmalarida ham oldindan oʻrnatilgan. Keyingi modellarda mijozdan Microsoft Office 2010 ning oʻrnatilgan sinov versiyalari va antivirus dasturini (eski modellarda Norton AntiVirus va yangilarida McAfee VirusScan yoki TrendMicro) dastlabki yuklashda roʻyxatdan oʻtkazish soʻralar edi.