Toshkent harbiy gospitali P. F. Borovskiy nomidagi (Toshkent sh., Volodarskiy koʻchasi, 4-uy) — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi harbiy xizmatchilarni statsionar sharoitda davolovchi  markaziy harbiy gospital sanaladi.

Tarixi thumb| Toshkent. Gospital koʻchasi, Gospital va Paster emlash stansiyasi,  1900-yillarning boshida olingan surat thumb| 1912-yil 16-aprel, Toshkent harbiy gospitalida feldsherlik mashgʻulotlari 1868-yilda Toshkent oʻlkasida general-gubernator P.M.Kaufman tashrifi bilan (temir yoʻl vokzali yonidagi Gospital koʻchasida) Toshkentda birinchi davolash muassasasi - Toshkent davolash lazareti ochiladi, 1870-yilda u 2-darajali Toshkent harbiy gospitaliga aylantiriladi. Toshkent garnizoni rus ekspedision qoʻshinlari uchun 415 oʻrinli beshta davolash boʻlimiga ega: jarrohlik; terapevtik; yuqumli kasalliklar; teri va tanosil; “mahbuslar uchun” . 1874-yilgacha Toshkentda faqat bitta dorixona — gospital qoshida boʻlgan. 1892-yildan buyon gospitalda oʻz kasbining ustasi mashhur jarroh Pyotr Fokich Borovskiy faoliyat yuritgan (1981-yildan shifoxona uning nomi bilan yuritila boshlangan) .

Ushbu davolash maskanida 1896—1910-yillarda yangi boʻlimlari ochiladi: psixiatriya (1896-yilda 50 nafar kishiga moʻljallangan);* koʻz; quloq; ayollar kasalligi; ofiserlik; sanator. 1879-yil 31-yanvarda general-gubernator P. M. Kaufman tomonidan 3000 rublga qurilgan va boshqa xayr-ehsonlarga harbiy gospital qoshida avliyo Pantileimon sharafiga gospital cherkovi ochildi. Qoʻngʻiroq minorasi 1890-yilda barpo etiladi. Uzoq yillar mobaynida shahar kengaytirilmaguncha gospital  Toshkentning butun rus aholisiga xizmat qilgan. 1894-yilda gospitalda bemor fuqarolar soni yiliga 600-700 nafar kishiga yetadi, shundan 30% Toshkent fuqarolari edi. 1910-yilda gospitalda 9 nafar shifokor ishlagan: bosh vrach, psixiatriya boʻlimiga mudiri, 2 nafar katta  va 5 nafar kichik ordinatorlardan tashkil topgan. 1883-yil 19-yanvarda harbiy gospitalda sud-tibbiyot tadqiqotlari uchun kichik laboratoriya ochildi, yillar mobaynida u shahar va uning aholisi ehtiyojlari uchun kimyoviy tahlillar oʻtkaziladigan laboratoriyaga aylantirildi .

1920—1921-yillarda gospital Oʻrta Osiyo Davlat Universiteti (OʻODU) davolash fakultetining klinik bazasiga aylandi.

Ulugʻ Vatan urushi yillarida 35 mingga yaqin front askarlari gospitalda davolanadilar.

1981-yilda shifoxonada TurkHO (Turkiston harbiy okrugi) tibbiyot xizmatining asosiy ilmiy-uslubiy markazi va shifokorlar tayyorlash bazasi sifatida allaqachon 20 ta boʻlim mavjud edi, ular orasida : terapevt; jarrohlik; neyroxirurgiya; travmatologiya; urologiya; kardiologiya; pulmonologiya; anestezo-reanimasion; koʻz; teri-tanosil va boshqalar. Ushbu gospitalda D. A.Vvedenskiy, A.D.Grekov, A.V.Georgiyevskiy, S.F.Kaplan, V.P.Matveyev, V.P.Petrov, A.V.Trapeznikov, P.I.Emdinlar kabi oʻz kasbining yetakchi shifokorlari ishlagan.

Adabiyotlar

Попов, С. А. Четыре типа русских галунных погон. Часть 2 // Старый Цейхгауз. — 2011. — № 4 (42). — С. 34—40. — ISSN 2223-5175. — OTRS № 2018022110005418 (автор и издатель). — link=Файл:Cc.logo.circle.svg|alt=Публикация доступна по лицензиям CC BY-SA 3.0 и 4.0|15x15px|Nashr CC BY-SA 3.0 va 4.0 litsenziyalari ostida mavjud CC BY-SA 3.0, CC BY-SA 4.0.

Manbalar Turkum:Toshkent bino va inshootlari Turkum:Tibbiyot Turkum:Shifoxonalar Turkum:Harbiy jarrohlik