Villyan Bijev (, 1993-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — professional futbolchi, hozirda USL 1-ligasi vakili Central Valley Fuego FC jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi Bijev Bolgariyaning Sofiya shahrida tugʻilgan va 1998-yilda besh yoshida oilasi bilan AQShga koʻchib oʻtgan. Kaliforniyaning Fresno shahrida oʻsgan va ilk faoliyatini Bullard Flyers U12 mahalliy maktab jamoasida boshlagan. 2008-yilda, 15 yoshida, Bijev Klovisda joylashgan Kaliforniya Odisseyiga qoʻshildi. Shuningdek, Fresnodagi Edison oʻrta maktabi jamoasida oʻynagan va 2011-yilda bitirgan.

Faoliyati

Liverpool 2011-yil iyul oyida Liverpool Bijevni 18 yoshgacha boʻlgan jamoasi uchun sinovga taklif qildi. Jamoada ajoyib taassurot qoldirdi va mavsumoldi ikkita oʻrtoqlik oʻyinida beshta gol urdi. Qoʻshimcha ikki yillik variant bilan uch yillik shartnoma asosida mersisaydliklar safiga oʻtdi. Liverpool 2011-yil 31-avgustda AQShning California Odyssey jamoasi bilan shartnoma imzolaganini rasman eʼlon qildi.

2013—2014-yilgi mavsum oxirida klub erkin agentga aylantirdi.

Ijara „Liverpool“ bilan shartnoma imzolagan kuniyoq Bijev Germaniyaning „Fortuna Dyusseldorf“ jamoasiga 2011—2012-yilgi mavsum uchun ijaraga berilgani eʼlon qilindi. Bijev asosan Fortuna B jamoasida oʻynagan va klubda 16 oʻyinda 4 ta gol urgan. Asosiy jamoada bir marta maydonga tushdi: 2012-yilning 5-aprelida „FC Hansa Rostock“ga qarshi safarda (2:1) Adam Matuszczyk oʻrnida maydonga tushib, oʻyinning soʻnggi 8 daqiqasida oʻynadi.

2012-yilning 27-avgustida Bijev Norvegiyaning birinchi divizioni IK Start jamoasiga bir yillik ijara asosida qoʻshildi. Bijev klubdagi debyutini „IL Hødd“ qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi.

Slavia Sofia 2014-yilda Bijev Bolgariyaning „Slavia Sofia“ futbol jamoasiga qoʻshildi. 2014-yil 19-iyul kuni Marek Dupnitsaga qarshi oʻyinda (4:1) klubdagi debyutini oʻtkazdi. 2014-yilning dekabrida „Slavia“ bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan.

Cherno More 2015-yilning 12-yanvarida Bijev Cherno More Varna bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi. 27-fevral kuni „Slavia Sofia“ga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qildi. Bijev 5-mart kuni „Cherno More“dagi birinchi rasmiy golini kiritdi va klub „Lokomotiv Gorna Oryahovitsa“ ustidan 5:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi.

AQSh Bijev 2016-yilda AQShga qaytib, USL chempionatining „Portlend Timbers 2“ va „Sacramento Republic FC“ klublarida oʻynadi. 2021-yil mart oyida Bijev Oklahoma City Energy FC ga qoʻshildi. 2022-yil Bijev oʻzining tugʻilgan shahri Fresnoga qaytib, Central Valley Fuego FC bilan shartnoma tuzdi.

Xalqaro faoliyati Bolgariyada tugʻilgan, ammo Qoʻshma Shtatlarda oʻsgan va Amerika fuqaroligiga ega Bijev ikkala davlatda ham oʻynash huquqiga ega. U18 va U20 darajasida Qoʻshma Shtatlar va U21 darajasida Bolgariyani himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi 31-dekabr, 2018-yilgi holat boʻyicha Klubdagi faoliyatiLigaKubokQitʼaJamiKlubMavsumLigaIshtirokGoalsIshtirokGoalsIshtirokGoalsIshtirokGoalsLiverpool2011—2012Premier League00000000Fortuna Düsseldorf II (ijara)2011—2012Regionalliga16400-164Fortuna Düsseldorf (ijara)2011—20122. Bundesliga1000-10IK Start (ijara)2012First Division1000-10Liverpool2012—2013Premier League000000002013—20140000-00Jami00000000Slavia Sofia2014—2015A Group10110-111Cherno More2014—201511242-1542015—20161211320154Jami2335520308Portland Timbers 22016United Soccer League2910--29102017237--237Sacramento Republic201792--9220183262 2 -328Jami611500009323Portland Timbers2017Major League Soccer0010-10Jami faolyati9421752010626

Yutuqlari Cherno More

Bolgariya kubogi: 2014—2015 Bolgariya Superkubogi: 2015-yil

Manbalar

Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Bolgariyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar