Simon Skrabb (; 1995-yil 19-yanvarda Finlandiyada tugʻilgan) — Finlandiya futbolchisi, „Kalmar“ futbol klubi va Finlandiya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati thumb|212x212px| Skrabb Finlandiya yoshlar terma jamoasi safida Skrabb „Jaro“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 6-may kuni u Veikkaus ligasida „RoPS“ („Rovaniemen Palloseura“) futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi. 12-may kuni „TPS“ („Turun Palloseura“) futbol klubiga qarshi bahsda Simon Skrabb „Jaro“ tarkibidagi birinchi golini urdi. 2014-yil boshida Skrabb Shvetsiyaning „Åtvidabergs“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. 31-mart kuni „Elfsborg“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Allsvenskan ligasida debyut qildi. 2015-yil 20-mayda „Örebro“ futbol klubiga qarshi bahsda Simon Skrabb „Åtvidabergs“ tarkibidagi birinchi golini urdi.

2016-yil boshida Skrabb „Gefle“ futbol klubiga ijaraga berilgandi. 3-aprel kuni „Helsingborg“s futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. Xuddi shu oʻyinda Simon Skrabb „Gefle“ safidagi birinchi golini urdi.

2017-yilning yozida Skrabb „Norrköping“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 2-iyul kuni „Örebro“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qildi. 22-oktabr kuni „Sundsvall“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Simon Skrabb „Norrköping“ safidagi birinchi golini urdi. 2020-yil boshida 2,9 mln. yevro evaziga Skrabb Italiyaning „Brescia Calcio“ futbol klubiga oʻtib, 3,5 yillik shartnoma imzoladi. „Milan“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Italiya A seriyasida debyut qildi.

2022-yil 26-yanvarda u „Kalmar“ jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolab, Shvetsiyaga qaytib keldi.

Xalqaro faoliyati 2016-yil 10-yanvar kuni Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Skrabb Finlandiya terma jamoasi safida debyut qildi.

Statistika JamoaMamlakatMavsumOʻyinGolJBK201140FF Jaro2011—2017777Åtvidabergs FF (ijara)2014—2015514Gefle IF (ijara)2016318IFK Norrköping2017—20209015Brescia Calcio2020—2021210Kalmar FF2022—hozirgacha

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Finlandiyalik erkak futbolchilar