Korneliy Aleksandrovich Bazderov (1924-yil 22-fevral, Penza - 2009- yil 17-mart, Murmansk) — sovet va rus teatr aktyori, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, RSFSR xalq artisti (25.04.1980).
Tarjimai hol Korneliy Bazderov 1924-yil 22-fevralda Penza shahrida aktyorlar oilasida dunyoga keladi. Bolalik chogʻidanoq u teatrdagi faoliyatini Taganrog drama teatridan boshlaydi. Keyinchalik oilasi Astraxanga koʻchib oʻtganligi sababli Korneliy 1942-yilda Astraxan drama teatri qoshidagi teatr studiyasini tamomlaydi.
Aynan shu yili u harbiy xizmatga chaqiriladi. Astraxan mudofaasida ishtirok etadi, u qattiq jarohat oladi. Qalmoqda u qamalga tushadi, kuyish va muzlash jarohatini oladi. Uzoq davolanishdan soʻng, u 1943-yil noyabrdan gvardiya minomyotchisi sifatida oʻqitiladi (zabardast Katyusha BM-31-12 bilan) jang olib boradi. Korneliy Ukraina, Ruminiya, Polsha, Germaniya, Chexoslovakiyani qamaldan ozod qiladi. U Berlinda gvardiya serjanti boʻlib urushni yakunlaydi.
1947-yildan Fargʻona rus drama teatri va Ijevsk rus drama teatrlarida rol oʻynay boshlaydi.
1949—2009-yillarda Murmansk viloyat drama teatrining artisti sifatida 200 dan ziyod rollarni ijro etadi.
2009-yil 17-martda 86 yoshida Murmanskda vafot etdi.
U Murmans qabristoniga dafn qilinadi.
Oilasi
Rafiqasi — Valentina Solomonovna Varshavskaya (1920—2008) teatr arbobi, RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970).
Mukofot va unvonlari
RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (27.03.1967) RSFSR xalq artisti (25.04.1980) Ikkinchi darajali Vatan urushi ordeni Mehnat Qizil Bayroq ordeni “Faxriy” ordeni (2000) – davlat oldidagi xizmatlari, madaniyat va san’at sohasidagi koʻp yillik samarali faoliyati, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun "Jasorat" medali "1941-1945 yillardagi Ulug 'Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun" medali va boshqa medallar (jami 12 ta medal) Murmansk shahrining faxriy fuqarosi (1986) Murmansk viloyatining faxriy fuqarosi (2004) „Eng yaxshi erkak roli uchun“ (1996) va „Hurmat va e’tibor uchun“ (2002) nominatsiyalari boʻyicha TAI (Teatr arboblari ittifoqi) hududiy tashkilotining „Shimoliy Nika“ mukofoti.
Teatr faoliyati
1985-yil — A.Suxovo-Kobilinning „Krechinskiy toʻyi“ — Krechinskiy Konstantin Simonovning „Shunday boʻladi“ — Savelev „Aristokratlar“ — Kostya-Kapitan „Sarson-sargardonlik yillari“ — Vedernikov A. Volodinning „Besh oqshom“ — Ilin A. Chexovning “Chayka” – Trigorin „Kolya“ — Gerasimov Chingiz Aytmatovning romani asosida “Chingizxon oq buluti” – begona. Jan Jirodu pesasi asosida „Troyan urushi boʻlmaydi“
Xotirlash
2011-yilda Murmansk viloyat drama teatri binosi fasadiga Korneliy Aleksandrovich Bazderov xotirasiga yodgorlik taxtachasi oʻrnatiladi.
Manbalar
Adabiyotlar
Murmanskning Oltin kitobi. - Murmansk, 2006-yil. Nikitin V. Teatrga bagʻishlangan hayot // Rybny Murman. 1985-yil. 24-may. Korneliy Aleksandrovich Bazderov // Murmansk byulleteni, 2008. 20-mart (nekroloq).
Havolalar
Turkum:„1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:Hurmat ordeni sohiblari (Rossiya) Turkum:XXI asr hind aktyorlari Turkum:2009-yilda vafot etganlar Turkum:17-martda vafot etganlar Turkum:1924-yilda tugʻilganlar Turkum:22-fevralda tugʻilganlar Turkum:Fargʻona rus drama teatri aktyor va aktrisalari