Populizm – asoslanmagan va’dalar berish yoʻli bilan omma hissiyotlarini oʻynash, safsata va yolgʻon-yashiq gaplar bilan xalqda shuhrat qozonishga intilish. Populizm siyosiy boshqaruvning bir turi boʻlib, hokimiyatga erishishning asosiy vositasi sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri jamoatchilik fikriga, omma kayfiyatiga suyanish usulidan foydalanadi. Shunga koʻra, populizm muqarrar ravishda siyosiy vaziyatni soddalashtirishga yoʻnaltirilgandir.
Manbalar
Turkum:Siyosat Turkum:Siyosatshunoslik Turkum:Siyosatshunoslik terminologiyasi Turkum:Terminologiya