Brana Ilić () (1985-yil 16-fevralda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, „Sloven Ruma“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Zemun va Rad Ilić Zemun bilan 2003\2004-yillarda Serbiya va Chernogoriya Birinchi ligasida birinchi marta oʻynagan. U tezda oʻzini asosiy jamoaning doimiy futbolchisi sifatida koʻrsatgan va 23 oʻyinda toʻrtta gol urgan. Ilić „Zemunda“ oʻynagan vaqtida chempionatda jami 93ta oʻyin oʻtkazib, 14ta gol muallifiga aaylangan.
2007-yil qishki transfer oynasida Ilić Serbiyaning birinchi ligasi „Rad“ klubiga oʻtgan va keyingi ikki yilni Rad tarkibida oʻtkazgan. Ilić ularga 2008-yilda Serbiya Superligasiga chiqishda yordam bergan.
Partizan va Vojvodina 2009-yilning 9-yanvarida Ilić „Partizan“ bilan uch yarim yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 14-mart kuni oʻtkazgan va ikkinchi boʻlim oxirida Lamine Diarra oʻrniga maydonga tushgan. Toʻrt kundan soʻng, „Partizan“ tarkibida ikkinchi oʻyinida Ilich klub uchun birinchi golini urgan va jamoasiga „Yagodina“ga qarshi safar oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam bergan.
2010-yilning 1-iyulida Ilić Vojvodina bilan bir yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilingan. U 2012-yil qishki transfer oynasida Vojvodinani tark etgunga qadar barcha musobaqalarda 44 ta oʻyin oʻtkazgan va klub uchun 15 ta gol urgan.
Qozogʻiston, Gretsiya va Vengriya 2012-yil mart oyida Ilić Qozogʻistonnng grand klublaridan biri „Aktobe“ bilan shartnoma imzolagan. U 2012-yil Qozogʻiston Premyer-ligasining birinchi yarmida 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. Yozgi transfer oynasida klubni tark etgan.
2012-yilning yozida Ilić Gretsiya Superligasining PAS Giannina jamoasiga qoʻshilgan. U 25-avgust kuni klub safida ilk bor maydonga tushgan va oʻz maydonida Platanias bilan 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda toʻliq 90 daqiqa harakat qilgan. 7-oktyabr kuni Ilich oʻzining PAS Giannina darvozasiga birinchi golini „Panionios“ga qarshi kechgan bahsda kiritgan. Ilić 11 ta gol (ligada 10 ta) bilan klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida debyut mavsumini yakunlagan. PAS Gianninadagi toʻrt yillik faoliyati davomida Ilić 138 ta oʻyin oʻtkazib klub uchun 28 ta gol urgan.
2016-yil 2-avgustda Ilić Futbol Ligasi klubi Aris Saloniki bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U 18-dekabr kuni „Trikala“ga qarshi oʻyinda (3:2) dubl qayd etib, jamoadagi ilk gollarini kiritgan. Ilić, atigi bir mavsumdan keyin Aris Salonikini tark etgan.
Gretsiyada besh yil oʻynagach, Ilić Vengriyaga koʻchib oʻtgan va 2017-yil iyul oyida Nemzeti Bajnokság II klubi Kisvardaga qoʻshilgan. U oʻzining debyut mavsumida ularga Nemzeti Bajnokság Iga koʻtarilishiga yordam bergan va 35 oʻyinda 10 ta gol urgan.
Xalqaro faoliyati 2011-yilning 18-martida Ilić Shimoliy Irlandiya va Estoniyaga qarshi Yevro-2012 saralash oʻyinlari uchun Serbiya terma jamoasiga chaqirilgan. Lekin ikkala oʻyinda ham maydonga tushmagan. U 2011-yilning 3-iyunida Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut terma jamoa trakibda debyut qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolZemun2003—2004Serbiya va MontenegroBirinchi Ligasi23420——2542004—2005Serbiya va MontenegroBirinchi Ligasi28710——2972005—2006Serbiya va MontenegroBirinchi Ligasi27220——2922006—2007Serbiya Super Ligasi15110——161Jami931460——9914Rad2006—2007Serbiya Birinchi Ligasi16900—201892007—2008Serbiya Birinchi Ligasi29610—423482008—2009Serbiya Super Ligasi14120——161Jami591630—626818Partizan2008—2009Serbiya Super Ligasi1122000—1322009—2010Serbiya Super Ligasi2232093—336Jami3354093—468Vojvodina2010—2011Serbiya Super Ligasi22640——2662011—2012Serbiya Super Ligasi1373121—189JAmi35137121—4415Aktobe2012Qozogʻiston Premyer Ligasi1030000—103PAS Giannina2012—2013Gretsiya Super Ligasi351041——39112013—2014Gretsiya Super Ligasi34520——3652014—2015Gretsiya Super Ligasi31721——3382015—2016Gretsiya Super Ligasi27430——304Jami12726112——13828Aris Thessaloniki2016—2017Gretsiya Super Ligasi31800——318Kisvárda2017—2018Nemzeti Bajnokság II351020——37102018—2019Nemzeti Bajnokság I30452——356Jami651472——7216Inđija2019—2020Serbiya Super Ligasi26310——2732020—2021Serbiya Super Ligasi23000——230Jami49310——503Karyerada jami50210239511462558113
Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Serbiya 2011-yil 1 0 Jami 1 0
Yutuqlari
Partizan
Serbiya Superligasi : 2008—2009, 2009—2010 Serbiya kubogi : 2008—2009; Individual
Gretsiya Superligasida Top assistent 2-oʻrin sohibi: 2014—2015
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar
Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:Nemzeti Bajnokság I futbolchilari Turkum:Nemzeti Bajnokság II futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Vengriyadagi muhojir erkak futbolchilar