Pascal Dupuis () (1979-yil 7-aprelda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Dupuis faoliyati davomida Minnesota Wild, New York Rangers, Atlanta Thrashers va Pittsburgh Penguins jamoalarida NHLda 14 mavsum oʻtkazdi. Pascal Dupuis 2015-yil dekabr oyida sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli nafaqaga chiqdi.

Oʻyin faoliyati Yoshligida Pascal Dupuis 1993-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Quebecning Laval shahridagi Mille-Iles hududidan kichik xokkey jamoasi bilan oʻynadi.

Pascal Dupuis oʻz faoliyatini Quebec oʻsmirlar xokkey ligasi vakili Rouyn-Noranda Huskies klubi jamoasida boshlagan. U QMJHLda (Quebec oʻsmirlar xokkey ligasi) toʻrt mavsum oʻynadi. 2000-yil 18-avgustda Pascal Dupuis Minnesota Wild klubi bilan shartnoma imzolangan. Dupuis NHLda muntazam oʻyinchi boʻlishidan oldin Xalqaro Xokkey Ligasida bir yil rivojlanish bosqichini oʻtashi kerak edi. Oʻzining ikkinchi toʻliq mavsumida Pascal Dupuis 20 gol va 48 ochko toʻplad. U shu bilan birga +17 plus-minus reytingiga ega. Biroq, 2003—2004-yilgi mavsumda Pascal Dupuisni jarohatlar bezovta qildi va u oʻtgan yilgi koʻrsatkichlarini yaxshilay olmadi. 

2004—2005-yilgi NHL lokavti paytida Dupuis Shveysariya ligasining HC Ajoie klub jamoasida 8 ta oʻyin oʻtkazdi. 

NHLdagi 2005—2006-yillarda qaytganida, Dupuis 67 oʻyinda atigi 26 ochko toʻpladi. 2006—2007-yilgi mavsumda „Wild“ klubi bilan 48 ta oʻyindan soʻng, Pascal Dupuis 2007-yil 9-fevralda Adam Hallga New York Rangers klubiga almashtirildi. 2007-yil 27-fevralda Pascal Dupuis yana Atlanta Thrashersga, Alex Bourretga almashtirildi. 2008-yil 9-fevralda Pascal Dupuis Pittsburgh Penguins klubiga qoʻshildi. 2009-yilda u Pittsburgh klubi bilan Stanley kubogini qoʻlga kiritdi. 2011-yil 28-iyun kuni Pascal Dupuis klub bilan yana 2 yilga shartnoma imzoladi.

2008-yil 11-dekabrda oʻzining 461-oʻyinida Dupuis New York Islanders klubiga qarshi oʻyinda NHLdagi birinchi xet-trikini qayd etdi. 2009-yil 14-noyabrda Pascal Dupuis faoliyatidagi 100-golini, Boston Bruins klubiga qarshi oʻyinda kiritdi.

2013-yilning 2-iyulida yaqinlashib kelayotgan erkin agent sifatida Dupuis Pittsburgh klubida qolishni afzal koʻrdi va toʻrt yillik yangi shartnomani imzoladi.  thumb|180x180px| Paskal Dupuis va Sidney Crosby, 2010-yil oktyabr.

Shaxsiy hayoti Dupuis Shimoliy Amerika xokkey ligasida 120 ta oʻyin oʻtkazgan Claude Dupuisning oʻgʻlidir.

Pascal Dupuis Carole-Lynega uylangan va ularning toʻrt farzandi bor.

Faoliyat statistikasi    Pley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM1995—1996Laval RégentsQMAAA41101525141111221996—1997Rouyn-Noranda HuskiesQMJHL449152420—————1997—1998Rouyn-Noranda HuskiesQMJHL399172636—————1997—1998Shawinigan CataractesQMJHL287132010620241998—1999Shawinigan CataractesQMJHL573042721186189181999—2000Shawinigan CataractesQMJHL61505510599131572242000—2001Minnesota WildNHL41014—————2000—2001Cleveland LumberjacksIHL7019244337400002001—2002Minnesota WildNHL7615122716—————2002—2003Minnesota WildNHL80202848441644882003—2004Minnesota WildNHL5911152620—————2004—2005HC AjoieNLB8551026—————2005—2006Minnesota WildNHL6710162640—————2006—2007Minnesota WildNHL481031338—————2006—2007New York RangersNHL61010—————2006—2007Atlanta ThrashersNHL173254412342007—2008Atlanta ThrashersNHL621051524—————2007—2008Pittsburgh PenguinsNHL1621012820257182008—2009Pittsburgh PenguinsNHL71121628301600082009—2010Pittsburgh PenguinsNHL81182038161326842010—2011Pittsburgh PenguinsNHL8117203759710122011—2012Pittsburgh PenguinsNHL8225345934624602012—2013Pittsburgh PenguinsNHL4820183826157411122013—2014Pittsburgh PenguinsNHL39713208—————2014—2015Pittsburgh PenguinsNHL1665114—————2015—2016Pittsburgh PenguinsNHL1822412—————Jami8711902194093879719254456

Mukofot va unvonlar Mukofotlar Yil NHL Stanley kubogi (Pittsburgh Penguins) 2009, 2016 Plus-Minus yetakchisi (+31) 2013

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1979-yilda tugʻilganlar