Pieter Gerkens (; 1995-yil 13-avgustda Bilzen shahrida tugʻilgan) — belgiyalik futbolchi, „Antwerp“ futbol klubida himoyachi hamda yarim himoyachi boʻlib faoliyat yuritagan.

Klublardagi faoliyati Pieter Gerkens „Genk“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanagan. 2013-yilning 28-noyabrida Yevropa ligasi doirasida Kiyevning „Dinamo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Pieter Gerkens asosiy jamoa safida debyut qilgan. 2014-yilning 9-fevralida „Brugge“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Pieter Gerkens „Genk“ jamoasi safida ilk golini raqib darvozasiga kiritgan.

2016-yil boshida Pieter Gerkens „Sint-Truiden“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 7-fevral kuni „Standard de Liège“ bilan oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 23-aprel kuni „Lokeren“ futbol klubiga qarshi bahsda Pieter Gerkens „Sint-Truiden“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.

2017-yilning yozida Pieter Gerkens „Anderlecht“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 20-avgust kuni oʻzining avvalgi klubi „Sint-Truiden“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Pieter Gerkens ikkinchi boʻlimda Aleksandra Kipcha oʻrniga maydonga tushib, yangi jamoasi safida debyut qilgan. 13-oktabr kuni „Mechelen“ klubiga qarshi oʻyinda Pieter Gerkens „Anderlecht“ futbol klubi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan.

Xalqaro karyerasi 2012-yilda Belgiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Pieter Gerkens Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Pieter Gerkens Polsha, Gollandiya va Sloveniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Slovenlarga qarshi kechgan bahsda Pieter Gerkens gol urgan.

Jamoalari JamoaMamlakatMavsumKRC Genk2013—2015Sint-Truidense2016—2017RSC Anderlecht2017—2020Royal Antwerp

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Belgiyalik erkak futbolchilar Turkum:KRC Genk futbolchilari Turkum:Sint-Truidense V.V. futbolchilari Turkum:R.S.C. Anderlecht futbolchilari Turkum:Royal Antwerp F.C. futbolchilari Turkum:KAA Gent futbolchilari Turkum:Cercle Brugge K.S.V. futbolchilari