Nebojša Kosović () (1995-yil 24-fevralda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi, Xitoy Superligasi klubi Meizhou Hakka va Chernogoriya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Vojvodina Nikšić shahrida tugʻilgan Kosović Vojvodinaga havaskor sifatida qoʻshilgan. U 2011-yil 9-aprelda jamoasi bilan „Sloboda Ujice“ ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozongan holda klub safidagi ilk debyutini oʻtkazgan. 2010/2011-yilgi mavsum oxirigacha Kosović yana bir marta liga oʻyinida maydonga tushgan, uning klubi ligada uchinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik Kosović „Vojvodina“ bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan. U 2012-yilning fevralida jamoa bilan uch yillik shartnoma boyicha kelishib olgan. Kosović 2011/2012-yilgi mavsumda ham ligada bitta oʻyin oʻtkazgan. U klub safidagi birinchi golini 2013-yil 9-mart kuni BSK Borchaga qarshi safarda, 3:3 hisobida durang bilan yakunlangan oʻyinda kiritgan. Keyingi 2013/2014-yilgi mavsumda Kosović UEFA musobaqalaridagi ilk golini urgan. Bu oʻyin 2013-yil 4-iyul kuni Maltaning „Hibernians“ klubi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyin boʻlgan. Shuningdek, u 2013-yilning sentabrida „Vojvodina“ jamoasi bilan shartnomasini 2017-yilning yoziga qadar uzaytirgan.
Standart Liege 2014-yilning yanvarida Kosović Belgiyaning „Standart Liege“ jamoasiga oʻtgan. U Les Rouches bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzolagan va darhol Vengriyaning „Ujpest“ klubiga ijaraga berilgan. Uning sobiq murabbiyi Nebojša Vignjević boshchiligidagi futbolchi ikkita yirik sovrinni qoʻlga kiritgan jamoa aʼzosi boʻlgan. Oxir-oqibat u 2015-yil qishki transfer oynasida Standard Liejga qaytgan, biroq ularning asosiy jamoasi uchun hech qanday oʻyinda maydonga tushmagan.
Partizan 2015-yil 7-avgustda Kosović Serbiyaga qaytib kelgan va „Partizan“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi debyutini 2015-yilning 22-avgustida oʻtkazgan va safarda Borac Chachak ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. 2016-yilning 12-martida Kosović oʻzining „Partizan“ safidagi ilk golini „Vozdovac“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan. U „Partizan“ bilan birinchi mavsumidayoq Serbiya kubogini yutib olishgan. Keyingi 2016/2017-yilgi mavsumda Kosović barcha musobaqalarda (liga va kubok) 22 oʻyinda oʻtkazgaan va uchta gol urgan. Partizan liga chempionligi va kubokni qoʻlga kiritishga erishgan. 2018-yilning noyabrida u „Partizan“ bilan shartnomasini 2021-yilning iyuniga qadar uzaytirgan.
Qayrat 2019-yilning bahorida Kosović Qozogʻistonning „Qayrat“ klubi bilan 450 000 yevro evaziga ikki yillik shartnoma imzolagan.
Meizhou Hakka 2022-yil 21-aprelda Kosović Xitoy Superligasining „Meizhou Hakka“ klubiga oʻtgan.
Xalqaro faoliyati Kosović oʻz mamlakatini 2010-yilgi oʻsmirlar yozgi Olimpiya oʻyinlarida himoya qilgan. U Singapurga qarshi guruh bosqichidagi 2:3 hisobida magʻlubiyataga uchralgan oʻyinda dubl qayd etgan. Shuningdek, Chernogoriya tarkibida 17 yoshgacha, 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan toifalardamaydonga tushgan.
2016-yilning 29-mayida Kosović Chernogoriya terma jamoasi safida toʻliq debyut qilgan va Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida zaxiradan maydonga tushgan.
Statistika
Klub KlubMavsumLigaKubokLiga KubogiQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolVojvodina2010—2011Serbiya Super Ligasi2000——202011—20121000—00102012—201319130—002212013—20148120—31132Jami302500031383Újpest (Ijara)2013—2014Nemzeti Bajnokság I814000—1212014—20151303051—211Jami211705100332Partizan2015—2016Serbiya Super Ligasi17140—002112016—201716360—002232017—20188100—401212018—201919010—60260Jami60511000100815Qayrat2019Qozogʻiston Premyer Ligasi17000—10180202016400—20184202124421—80345Jami5782100110709Karyerada Jami168162515124122219
Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Chernogoriya 2016-yil 1 0 2017-yil 3 0 2018-yil 7 0 2019-yil 7 1 2020-yil 5 0 2021-yil 9 0 Jami 32 1
Xalqaro maydondagi gollari
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2019-yil 5-sentyabr Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya 1 — 1 2-1 Oʻrtoqlik
Yutuqlari
Újpest
Magyar Kupa : 2013—2014 Szuperkupa : 2014-yil
Partizan
Serbiya Superligasi : 2016—2017 Serbiya kubogi : 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018
Qayrat
Qozogʻiston Premyer-ligasi : 2020 Qozogʻiston kubogi : 2021
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari