Milan Radin () (1991-yil 25-iyunda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, Batumining „Dinamo“ jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati Novi Sadda tugʻilgan Radin Mošorin shahrida oʻsgan va u yerda mahalliy Miletich klubida futbol oʻynashni boshlagan. Keyinchalik u Borac Šajkaš bilan oʻynagan oradan biroz vaqt oʻtib RFK Novi Sad jamosiga qabul qilingan. Radin klub bilan uch yillik shartnoma imzolagan, 2009/2010-yilgi mavsumda Jugovich Kach jamosiga ijaraga berilgan va ligada sakkizta gol urgan. Keyinchalik, Radin Smederevo jamosida sinovdan oʻtgan. Radnički Nova Pazova jamoasiga oʻtishdan oldin u eski klubida ikki mavsum oʻtkazgan. 2014-yil qishki transfer oynasida Radin Mladost Luchani bilan shartnoma imzolagan va ularga Serbiya futbolining yuqori ligasiga chiqishga yordam bergan. U 2015-yilning avgust oyida shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani uchun klub tomonidan diskvalifikatsiya qilingan. Uning shartnomasi nihoyat 2015-yilning dekabrida bekor qilingan. 2016-yil boshida Radin Rossiyaning „Arsenal Tula“ klubida sinovdan oʻtgan, ammo kelishuvga erishilmagan. Koʻp oʻtmay u Vozdovac jamoasiga qoʻshilgan.
2016-yilning 4-iyunida Radin 29-raqamli libosni tanlab, „Partizan“ bilan uch yillik shartnoma imzolab. 2016-yil 29-oktyabrda Radin „Partizan“ safida debyutini oʻtkazgan, oʻng qanot himoyachisi sifatida safarda jamoasi bilan Radnik Surdulica ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonganDva mata Ђurђeviћa i pochetnichka greshka golmana Radnika Chanchareviћa za novu pobedu Partizana (VIDYeO). U 12 oʻyinda maydonga tushgan va Partizandagi debyut mavsumida ikki bora gol urishga erishgan. Radin 2017/2018-yilgi mavsumda UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichida ikkala oʻyinda ham toʻliq maydonda harakat qilgan va „Videoton“ni magʻlub etgan golni kiritib, klubga Yevropa Ligasi guruh bosqichiga chiqishga yordam bergan. 2017-yilning 28-sentyabr kuni guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida „Dinamo Kiyev“ ga qarshi toʻliq maydonda harakat qilganPartizan — Dinamo 2:3 Video golov i obzor matcha.
2018-yilning 27-fevralida Radin erkin agent sifatida Qozogʻiston Premyer-ligasining „Aktobe“ klubiga oʻtgani eʼlon qilinganOFITsIALNO: MILAN RADIN IGROK FK „AKTOBYe“ at FC Aktobe official website, 27-2-2018 . 2019-yil 25-yanvarda 2019-yilgi mavsum oxirigiacha shartnoma uzaytirilgan. Biroq, u 2019-yilning 26-iyunida Polshaning „Korona Kielce“ klubi bilan shartnoma imzolab Qozogʻiston jamoasinin tark etganMilan Radin dał Koronie wygraną ze Stalą Mielec, kielce.wyborcza.pl, 26 June 2019.
2021-yilning 23-yanvarida u Tbilisining „Dinamo“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSenta2010—2011Liga Vojvodina262——2622011—2012213——213Jami475——475Radnički Nova Pazova2012—2013Birinchi Liga301——3012013—2014Liga Vojvodina00——00Jami301——301Mladost Lučani2013—2014Birinchi Liga80——802014—2015SuperLiga21010—2102015—20160000—00Jami29010—300Voždovac2015—2016SuperLiga130——130Partizan2016—20178040001202017—20181301050190Jami2105050310Aktobe2018Qozogʻiston Premyer Ligasi294100030420191111000121Jami4052000425Karyerada jami18011805019211
Yutuqlari
Mladost Lučani
Serbiya Birinchi Ligasi : 2013—2014
Partizan
Serbiya Superligasi : 2016—2017 Serbiya kubogi : 2016—2017
Manbalar
Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar