Jochen Thomas Hecht () (1977-yil 21-iyunda tugʻilgan) — nemis xokkey murabbiyi va sobiq professional xokkeychisi. Jochen Hecht 2022-yilning mart oyidan buyon „Adler Mannheim“ xokkey klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelmoqda.
Jochen Hecht Milliy Xokkey Ligasidagi (NHL) „St. Louis Blues“, „Edmonton Oilers“ va „Buffalo Sabres“ xokkey klublari uchun 833 ta oʻyin oʻtkazdi. U, shuningdek, Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „Adler Mannheim“ xokkey klubi bilan faoliyatini boshladi va tugatdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Jochen Hecht Germaniya milliy xokkey terma jamoasi bilan 2002-yilda Yuta shtatining Salt Lake City shahrida boʻlib oʻtgan qishki Olimpiada oʻyinlarida toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi. Yakunda Germaniya milliy xokkey terma jamoasi sakkizinchi oʻrinni egalladi. Jochen Hecht ushbu musobaqada bitta gol va bitta golli uztmani oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi. Jochen Hecht 2006-yili Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtadigan qishki Olimpiya oʻyinlari uchun Germaniya milliy xokkey terma jamoasi tarkibiga kiritilgan edi. Biroq, u Olimpiya tanaffusidan oldin NHLdagi soʻnggi oʻyinida jarohat oldi va terma jamoada oʻynay olmadi. Jochen Hecht 1994—1997-yillarda Germaniya milliy xokkey terma jamoasi safida toʻrtta oʻsmirlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etdiJochen Hecht national team stats at quanthockey.com va shveysariyalik Björn Christen bilan birga xokkey boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynagan oʻyinlari boʻyicha rekord oʻrnatdiWorld Junior Ice Hockey Championship all-time games played leaders at quanthockey.com.
Murabbiylik faoliyati Jochen Hecht 2016-yil 2-avgustda „Adler Mannheim“ xokkey klubi uchun oʻyinchilarni rivojlantirish boʻyicha murabbiy etib tayinlandi. Jochen Hecht 2016-yilgi Germaniya kubogi vaqtida Germaniya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi bosh murabbiyi Marco Sturmning yordamchisi boʻlib ishlagan edi. 2017-yil iyul oyida Jochen Hecht „Adler Mannheim“ xokkey klubida yordamchi murabbiy lavozimiga koʻtarildi va 2018-yilning may oyida murabbiylik litsenziyalarini olish uchun klub bilan xayrlashdi. Jochen Hecht Germaniya televideniesida xokkey boʻyicha ekspert sifatida ham ishlagan va 2022-yil 29-martda u „Adler Mannheim“ xokkey klubiga yordamchi murabbiy sifatida qaytgan edi.
Karyera statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPlayoffsMavsumKlubLigaGPGAPtsPIMGPGAPtsPIM1993—1994Mannheimer ERCDEU U2028271340103—————1994—1995Adler MannheimDEL431112236810549121995—1996Adler MannheimDEL4412162868832561996—1997Adler MannheimDEL462121423810112141997—1998Adler MannheimDEL45821294210213141998—1999Worcester IceCatsAHL7421355648411221998—1999St. Louis BluesNHL30000520201999—2000St. Louis BluesNHL63132134287461002000—2001St. Louis BluesNHL72192544481524642001—2002Edmonton OilersNHL8216244060—————2002—2003Buffalo SabresNHL4910162630—————2003—2004Buffalo SabresNHL6415375249—————2004—2005Adler MannheimDEL4816345015114101020142005—2006Buffalo SabresNHL64182442341526882006—2007Buffalo SabresNHL761937563916415102007—2008Buffalo SabresNHL7522274938—————2008—2009Buffalo SabresNHL7012152733—————2009—2010Buffalo SabresNHL7921214235—————2010—2011Buffalo SabresNHL6712172940101102011—2012Buffalo SabresNHL224486—————2012—2013Adler MannheimDEL658138—————2012—2013Buffalo SabresNHL47591418—————2013—2014Adler MannheimDEL4915213662501142014—2015Adler MannheimDEL3511920441531215142015—2016Adler MannheimDEL406192510831018DEL jami3561051612665897525315686NHL jami8331862774634585914183224
Xalqaro YilJamoaTadbir GPGAPtsPIM1994GermaniyaWJC700041994GermaniyaEJC5628181995GermaniyaWJC7538181995GermaniyaEJC5336181996GermaniyaWJC6145181996GermaniyaWC612381996GermaniyaWCH410121997GermaniyaWJC602241997GermaniyaWC820261998GermaniyaOG410161998GermaniyaWC611222002GermaniyaOG411222004GermaniyaWC630342004GermaniyaWCH410122005GermaniyaWC631462009GermaniyaWC610142010GermaniyaOG40112Oʻsmirlar3615142980Kattalar581562144
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar