Konstantin Aleksandrovich Menshov (; 1983-yil 23-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. 2014-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2015-yil oʻtkazilgan Finlandia Trophy turniri gʻolibi, Nebelhorn Trophy musobaqasining ikki karra (2010, 2012) kumush medali sovrindori, NRW Trophy turnirining ikki karra (2007, 2012) chempioni va 2011-yil boʻlib oʻtgan Rossiya milliy chempionatining oltin medal sohibi.

Faoliyati Menshovga ilk marta Galina Kashina murabbiylik qilgan. Keyinchalik Sankt-Peterburgda Yevgeniy Rukavitsin murabbiyligida mashq qildiKonstantin Menshov i Ivan Tretyakov — prizyori turnira v Dortmunde po figurnomu kataniyu.

Menshov 2010-yilgi Nebelhorn Trophy turnirida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi Rossiya chempionatida qisqa va erkin dasturda birinchi oʻrinni egallab, oltin medal sohibi boʻlgan. Menshov oʻzining ilk Yevropa chempionatida 7-oʻrindan joy olgan.

Menshov 2012—2013-yilgi mavsumda Nebelhorn Trophy turnirida yana bir kumush medalni qoʻlga kiritgan. U Gran-pri musobaqalarining 2012 Skate America va 2012 Rostelecom Cup bosqichlarida 4-oʻrinni egallab, oldingi natijalarini yaxshilagan. Menshov 2012 NRW Trophy musobaqasida 238,63 ball bilan Michal Březinani 26 ochkoga ortda qoldirib, kumush medal sohibi boʻlgan. U 2013-yilgi Rossiya chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan, ammo 2013-yilgi Yevropa chempionati uchun Rossiya terma jamoasiga kiritilmagan.  Menshov 2013-yilgi jamolalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, eng yaxshi ball (80,60) bilan qisqa dasturda uchinchi oʻrinni egallagan. Erkin dasturda qatnashayotib oʻng yelkasini chiqarib olgan va musobaqani tark etgan.

Menshov 2013—2014-yilgi mavsumda 2013 NHK Trophy musobaqasida 8-oʻrinni va 2013 Rostelecom Cup turnirida 4-oʻrinni egallagan. 30 yoshida Budapeshtda boʻlib oʻtgan 2014-yilgiYevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Menshov 2014—2015-yilgi Gran-pri musobaqasining 2014 Skate Canada International bosqichida beshinchi va 2014 Trophée Eric Bompard bosqichida toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. Menshov 2014 Nebelhorn Trophy va Zagrebning Oltin Konkisi musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritganidan soʻng, 2014 — 2015 ISU Challenger Series musobaqasida qatnashib, turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallagan.

Dasturlari MavsumQisqa dasturErkin dastur2015 - 16 Rotting Romance Mad World Radioactive 2014 - 15 Rotting Romance Tango en Silencio 2013 - 14 Coultergeist Allegro Rose Night Run

Natijalari GP: Gran-pri; CS: Challenger seriyasi XalqaroMusobaqa02/0303/0404/0505/0606/0707/0808/0909/1010/1111/1212/1313/1414/1515/16Yevropa chempionati7ㅤ3ㅤ Bompard4ㅤ Cup of Russia10ㅤ8ㅤ4ㅤ4ㅤ NHK Trophy6ㅤ8ㅤ6ㅤ Skate America4ㅤ5ㅤ Skate Canada5ㅤ Finlandia1 Golden Spin3ㅤ Nebelhorn3ㅤ3ㅤUniversiada11ㅤ11ㅤ7ㅤNice kubogi4ㅤ2ㅤ4ㅤ4ㅤ2ㅤ3ㅤ2ㅤFinlandia Trophy5ㅤ4ㅤ5ㅤ6ㅤMerano Cup1ㅤNebelhorn Trophy13ㅤ11ㅤ2ㅤ7ㅤ2ㅤNRW Trophy1ㅤ1ㅤMilliyRossiya chempionati9ㅤ5ㅤ11ㅤ8ㅤ5ㅤ4ㅤ6ㅤ4ㅤ1ㅤ7ㅤ3ㅤ4ㅤ4ㅤ7ㅤJamoaviy turnirlarWorld Team Trophy5ㅤ T 12ㅤ PWD WD: musobaqani tark etgan; T: jamoaviy natija; P: shaxsiy natija;

Manbalar

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar