John Daniel Gruden () (1970-yil 4-iyunda tugʻilgan)—amerikalik sobiq professional xokkeychi. Hozirda John Gruden „Boston Bruins“ xokkey jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlaydi. „Boston Bruins“ klubiga qadar u 2018—2022-yillarda Milliy xokkey ligasining (NHL) „New York Islanders“ jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan. John Gruden ilgari „Hamilton Bulldogs“ klubi bosh murabbiyi va Ontario Xokkey Ligasi (OHL) vakili „Flint Firebirds“ xokkey klubi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan.
Oʻyin faoliyati John Gruden 1980-yillarning oxirida Minnesota shtatining Hastings shahridagi oʻrta maktabda xokkey oʻynay boshlagan. 1990-yilda „Boston Bruins“ klubiga NHLga kirish loyihasida 168-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilganidan soʻng, John Gruden „Ottawa Senators“ va „Washington Capitals“ xokkey klubi jamoalarida oʻynadi. U umumiy mavsumda jami 92 oʻyin oʻtkazdi hamda toʻqqiz ochko uchun bitta gol va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. John Gruden, shuningdek, Germaniyaning Deutsche Eishockey Ligasi vakili „Eisbären Berlin“ xokkey klubida ham oʻynagan edi.
Murabbiylik faoliyati Gruden „Detroit Little Caesars AAA“ xokkey klubida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan va ularning „Squirt 2000“ jamoasiga murabbiylik qilgan. Gruden NHL bitiruvchisi Greg Johnson bilan birga Michigan shtatining Rochester shahridagi Stoney Creek yuqori maktabining „Cougars“ xokkey jamoasiga murabbiylik qilgan.
Shundan soʻng, John Gruden AQSh xokkey milliy jamoasini rivojlantirish dasturida yordamchi murabbiy boʻlib ishladi va 2014-yilgi IIHF U18 Jahon chempionatida Qoʻshma Shtatlarni terma jamoasini oltin medalga olib keldi.
2015-yilning 26-martida John Gruden 2015—2016-yilgi mavsumda Ontario xokkey ligasi vakili „Flint Firebirds“ xokkey jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyatini boshlashi eʼlon qilindi„Flint Firebirds name hockey staff“. Ontario Hockey League. March 26, 2015. Retrieved March 26, 2015.. Ushbu klubni tark etganidan soʻng, Gruden „Firebirds“ bosh murabbiyi lavozimiga tiklandi va shartnomani uch yilga uzaytirdi. 2016-yil 17-fevralda Gruden yana „Firebirds“ klubi tomonidan ishdan boʻshatildi. 2016-yil 3-iyunda Gruden „Hamilton Bulldogs“ xokkey klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 2017—2018-yilgi muntazam mavsumdan soʻng John Gruden „Bulldogs“ klubini OHL pley-off chempioni sifatida boshqargan.
2022-yil 20-iyulda „Boston Bruins“ xokkey klubi Grudenni yordamchi murabbiy sifatida yolladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolAssistOchkoPenaltiOʻyinGolAssistOchkoPenalti1989—1990Waterloo Black HawksUSHL477394635—————1990—1991Ferris State UniversityCCHA394111529—————1991—1992Ferris State UniversityCCHA379142324—————1992—1993Ferris State UniversityCCHA4116143058—————1993—1994Ferris State UniversityCCHA3811253652—————1993—1994Boston BruinsNHL70112—————1994—1995Providence BruinsAHL10110—————1994—1995Boston BruinsNHL3806622—————1995—1996Providence BruinsAHL395192429—————1995—1996Boston BruinsNHL140004301101996—1997Providence BruinsAHL7818274552—————1997—1998Detroit VipersIHL761342557423189161998—1999Ottawa SenatorsNHL130118—————1998—1999Detroit VipersIHL59102838521001161999—2000Ottawa SenatorsNHL90004—————1999—2000Grand Rapids GriffinsIHL5051722241214582000—2001Grand Rapids GriffinsIHL34268181014582001—2002Grand Rapids GriffinsAHL573141748510122002—2003Eisbären BerlinDEL386253134926842003—2004Washington CapitalsNHL111016—————NHL totals921894630110
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Assist Ochko Penalti 2003-yil Qoʻshma Shtatlar milliy xokkey terma jamoasiWC 13 6 0 1 1 4 Jami 6 0 1 1 4
Mukofot va unvonlar Mukofot Yil USHL Yil himoyachisi 1990-yil Kollej CCHA birinchi jamoasi 1994-yil AHCA birinchi oʻyinchisi 1994-yil CCHAning eng yaxshi himoyachisi 1994-yil IHL Ikkinchi yulduzlar jamoasi 1998-yil AHL Yulduzlar oʻyini 2002-yil Birinchi yulduzlar jamoasi 2002-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar