Nicolás Ivan González (; 1998-yil 6-aprelda tugʻilgan) – argentinalik professional futbolchi, A Seriyaning „Fiorentina“ klubi va Argentina terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati

Argentina Juniors Klubning yosh toifadagi jamoasida oʻn yildan ortiq oʻynagan. González 2015—2016-yilgi mavsumda Argentina kubogi doirasidagi „Argentinos Juniors“ safida 2016-yil iyulida Primera C Metropolitana ligasi vakli „Deportivo Laferrere“ga qarshi oʻyinda professional debyutini oʻtkazdi. Primera Nacional jamoasidagi debyutini 28-avgust kuni San Martínga qarshi oʻtkazdi. 2016—2017-yilgi mavsumdagi toʻrtta golining birinchisini 2017-yil 23-aprelda „Atletiko Parana“ ga qarshi oʻyinda kiritdi. González 2016—2017-yillarda yigirmata oʻyinda maydonga tushdi, jamoasi argentinaliklar Argentine Primera Divisióniga oʻtdi.

VfB Stuttgart 2018-yilning 10-iyulida González VfB Stuttgart bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 18-iyul kuni FV Illertissen qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida debyut ishtirokida ikkita gol urdi. Birinchi rasmiy golini 22-dekabr kuni oʻz uyida "Schalke 04"ga qarshi oʻyinda kiritilgan. 2020-yil iyun oyida Sandhausen va 1. FC Nürnbergga qarshi oʻyinlarda ketma-ket dubl qayd etdi; Oxirgi uchrashuv uning Stuttgart safidagi 100-uchrashuvi boʻldi.

2020-yilning 25-noyabrida González VfB Stuttgart bilan shartnomasini 2024-yilning iyunigacha uzaytirdi.

Fiorentina 2021-yil 23-iyunda González A Seriyaning „Fiorentina“ klubi bilan 2026-yilgacha 5 yillik shartnoma imzoladi. 13-avgust kuni González „Fiorentina“ safidagi debyutini Italiya kubogining birinchi turida B seriya vakili „Kozenza“ga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazib, 37-daqiqada gol urdi.

Xalqaro faoliyati 2019-yil iyul oyida González Argentina olimpiya terma jamoasidan oʻsha yili Peruda boʻlib oʻtadigan Panamerika oʻyinlariga chaqiruv oldi. Bir necha oy oʻtgach, Gonzálezni Germaniya va Ekvador bilan oktyabr oyidagi boʻladigan oʻrtoqlik oʻyinlari oldidan birinchi marta Lionel Scaloni asosiy terma jamoa tarkibiga kiritdi. Germaniyaga qarshi oʻyinda maydonga tushmadi, lekin 13-oktyabr kuni Elche shahridagi Estadio Manuel Martines Valero stadionida Ekvador qarshi oʻyinda oʻynadi, jamoa 6:1 hisobida gʻalaba qozondi.

González Argentina terma jamoasi safidagi ilk golini 2020-yil 12-noyabr kuni JCh—2022 saralashida Paragvayga qarshi oʻyinda kiritdi (1:1). Yana bir necha kun oʻtib Peruga qarshi oʻyinda gol urdi.

Shaxsiy hayoti 2021-yil 26-oktabrda COVID-19 kasalligiga duchor boʻldi

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Argentina Juniors 2016—2017 Primera B Nacional 20 4 2 0 — 0 0 22 4 2017—2018 Argentina Primera divizioni 24 7 1 0 — 0 0 25 7 Jami 44 11 3 0 — 0 0 47 11 VfB Stuttgart 2018—2019 Bundesliga 30 2 1 0 — 2Appearance (s) in Bundesliga relegation play-offs 0 33 2 2019—2020 2. Bundesliga 27 14 2 1 — — 29 15 2020—2021 Bundesliga 15 6 2 0 — — 17 6 Jami 72 22 5 1 — 2 0 79 23 Fiorentina 2021—2022 Serie A 33 7 6 1 — — 39 8 2022—2023 Serie A 6 1 0 0 4 3 — 10 4 Jami 39 8 6 1 4 3 — 49 12 Jami faoliyati 155 41 14 2 4 3 2 0 175 46

Terma jamoada

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Argentina 2019 3 0 2020 2 2 2021 10 0 2022 6 1 Jami 21 3

+Nicolás González tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa Manba 1 2020-yil 12-noyabr La Bombonera, Buenos-Ayres, Argentina 4 1-1 1-1 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 2 2020-yil 17-noyabr Estadio Nacional, Lima, Peru 5 1-0 2-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi 3 2022-yil 25-mart La Bombonera, Buenos-Ayres, Argentina 18 1-0 3-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari

Primera B Nacional: 2016—2017

Argentina Olimpiadasi

Panamerika oʻyinlari: 2019

Argentina

Copa América: 2021 CONMEBOL – UEFA Chempionlar kubogi: 2022

Individual

Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil yanvar.

Manbalar

Eslatmalar

Havolalar Nicolás González at Soccerway

Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari Turkum:Argentina yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentina terma jamoasi futbolchilari Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar