Dale Carrick () (1994-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Dale Carrick „Stirling Albion“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Dale Carrick oʻzining futbolchilik faoliyatini „Heart of Midlothian“ futbol jamoasida boshlagan va keyinchalik „Raith Rovers“, „Kilmarnock“, „Livingston“, „Cowdenbeath“ va „Airdrieonians“ futbol klublarida oʻynagan.

Faoliyati Shotlandiyaning Edinburgh shahrida tugʻilgan Dale Carrick otasi faoliyat olib borgan „Queens of the South“ futbol klubini qoʻllab-quvvatlab oʻsgan. „Hearts of Midlothian“ futbol klubining 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilari safida Dale Carrick Shotlandiya Premer-ligasidagi ilk oʻyinini 2012-yilning 4-avgustida „St Johnstone“ futbol klubiga qarshiuchrashuvda (2:0) oʻtkazdi. Dale Carrickning klub uchun birinchi goli 2014-yilning 18-yanvarida MakDiarmid Parkda „Perth“ futbol klubiga qarshi 3:3 hisobidagi hayajonli durang oʻyinda kiritilgan.

Dale Carrick 2015-yilning 30-yanvarida bir oylik ijara shartnomasi asosida „Raith Rovers“ futbol klubi safiga qoʻshilgan edi. Ammo Dale Carrick jarohat olgani sababli 2015-yil 11-fevralda ijara shartnomasi bekor qilindi.

2015-yilda Dale Carrick „Kilmarnock“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

"Kilmarnock" futbol klubi bilan bir mavsumdan soʻng, Dale Carrick 2016-yil iyul oyida Gʻarbiy Lothianning „Livingston“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 2017-yilning 26-yanvarida Dale Carrick 2016—2017-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Shotlandiya Ikkinchi ligasi vakili „Cowdenbeath“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. Shundan soʻng, Dale Carrick 2018-yil yanvar oyida koʻproq asosiy jamoa futboliga ega boʻlish uchun „Airdrieonians“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Dale Carrick „Airdrieonians“ klubi safida 2021-yilning may oyigacha qoldi.

2021-yil 28-may kuni Dale Carrick Shotlandiya Ikkinchi ligasi vakili „Stirling Albion“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaShotlandiya kubogiLiga kubogiChallenge kubogiJamiDiviziyaOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarHeart of Midlothian2012—2013Shotlandiya Premer ligasi1600020202002013—2014Shotlandiya Premer ligasi2561020—2862014—2015Shotlandiya chempionati4200101062Jami458105030548Raith Rovers (ijara)2014—2015Shotlandiya chempionati1010000020Kilmarnock2015—2016Shotlandiya Premer ligasi110000000110Livingston2016—2017Shotlandiya Birinchi ligasi1431031202042017—2018Shotlandiya chempionati91105200152Jami234208320356Cowdenbeath (ijara)2016—2017Shotlandiya Ikinchi ligasi166000020186Airdrieonians2017—2018Shotlandiya Birinchi ligasi1650000001652018—20192522041213342019—2020241220403133132020—2021229104030309Jami8728501218211231Stirling Albion2021—2022Shotlandiya Ikinchi ligasi113003000143Jami194499128415224655

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar