Steffen Hofmann (; 1980-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, faoliyatining katta qismini Avstriya Bundesligasining SK Rapid Wien jamoasida oʻtkazgan. Hozirda Rapid Wien klubida sport koordinatori sifatida ishlaydi.

Klublardagi faoliyati Ilk faoliyat davrida Hofman oʻz shahrida klub — Würzburgerning yoshlar jamoasida oʻynagan. 1997-yilda „Bayern“ oʻsmirlar jamoasiga qoʻshilgan. Jamoa bilan chempionlikka erishgan. Germaniya yoshlar ligasida ikkinchi o‘rinni egallaganidan so‘ng, 2000-yilda „Bayern“ning ikkinchi jamoasiga oʻtdi.

2002-yilda Hofmann Avstriyaning SK Rapid Wien jamoasiga qoʻshildi va tezda muxlislarning sevimli oʻyinchisiga aylandi. Shuningdek, Andreas Ivanshits bilan birga liganing eng yaxshi yarim himoya duetini tuzdi va ikkalasi jamoanining 2005-yilda 31-liga chempionligiga va 2006-yilda UEFA Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga chiqishiga munosib hissalarini qoʻshishdi. Jamoasi guruhda oxirgi oʻrinni egallagani va jamoadoshi Ivanshitzning transferidan soʻng, Hofmann 2006-yil yanvar oyida Germaniyaning TSV 1860 Munich klubiga oʻtishga qaror qildi. 2006-yil yozida Rapid Wienga qaytdi.

Hofmann klubining asosiy oʻyinchilaridan biri va sardori boʻldi. Shuningdek, darvozaga zarba berishdan koʻra, toʻpni yaxshiroq joylashgan oʻyinchiga uzatadigan oʻyinchi sifatida ham tanilgan.

2010-yil 21-oktabrda UEFA Yevropa ligasi o‘yinida Bolgariyaning SSKA Sofia klubiga qarshi oʻyinda gol urdi, 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Hoffman 2018-yilda isteʼfoga chiqdi.

Xalqaro faoliyati Avstriya futbol assotsiatsiyasi 2005-yilda Avstriya milliy futbol terma jamaosida oʻynashga taklif berdi. Hofmann rozi boʻldi, lekin FIFA buni rad etildi, chunki Hofmann yoshligida Germaniya terma jamoasida bir necha oʻyin oʻtkazgan. Ushbu voqealardan soʻng, Hofmann Avstriya fuqaroligini olmadi va 2005-yil oxirida Germaniya vakili sifatida Osiyo turniriga chaqirilgan. Ammo kasallik tufayli ishtirok eta olmadi va qiziqish bildirganiga qaramay, oʻshandan beri nomzodi qoʻyilmadi.

Hofmann butun professional faoliyati davomida hech qachon qizil kartochka olmagan.

Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaJamiManbaDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarBayern Munich II2000—2001Regionalliga Süd267——2672001—20023114——3114Jami572100005721—Bayern Munich2001—2002Bundesliga10000010Rapid Wien2002—2003Austrian Bundesliga30510—3152003—2004271020—29102004—2005328324239122005—20062030092295Jami109266213412832—1860 Munich2005—20062. Bundesliga16210—172Rapid Wien2006—2007Austrian Bundesliga19100—1912007—20083610—8844182008—20093412312039132009—201036203012551252010—201125540833782011—201232620—3462012—201320221612842013—201432500904152014—201536440204242015—2016294201144282016—201715241302232017—201811120—130Jami32572263612141296—Jami faoliyati5081213257425615151—

Yutuqlari Bayern Munich

Yoshlar oʻrtasidagi Germaniya B chempionati: 1997-yil

Rapid Wien

Avstriya Futbol Bundesligasi: 2004—2005, 2007—2008 Intertoto kubogi: 2007-yil

Individual

Avstriyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2004, 2009 Krone yilning eng yaxshi futbolchisi (muxlislar tomonidan ovoz berilgan): 2006, 2007 Avstriya Bundesligasining eng yaxshi toʻpurari: 2009—2010 (20 gol)

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari