Zikrulla Abdullayevich Abdullayev – sovet iqtisodiy-ijtimoiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai hol Abdullayev 1912-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. SIKP (Sovet ittifoqi kommunistik partiyasi) aʼzosi. 1941-yilning iyulidan Bryansk va Kalinin frontlari faol armiyasi qoʻmondonlik tarkibida Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi boʻladi . Polk shtab boshligʻining yordamchisi vazifasida xizmat qiladi. Urush vaqtida ogʻir yaralanadi .

1942-yil 26-noyabrda Kalinin, 1-Boltiqboʻyi frontlari 3-alohida jarima bataloni shtab boshligʻining yordamchisi. Bursevo va Alekseykovo qishloqlari uchun boʻlgan janglarda oʻz batalonining 3- va 5-rotalari bilan birga jang olib borib, boshqalardan ajralib turdi. 1943-yil 15-iyulda unga batalon qoʻmondoni sifatida mukofot topshiriladi. 1943-yil 29-iyulda Kalinin frontining 3-alohida jarima bataloni shtab boshligʻining yordamchisi kapitan Abdullayev Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlanadi .

Zikrulla Abdullayev 1945-yilda 3-Belorussiya va 2-Belorussiya frontlari 43-armiyasining 54-oʻqchilar korpusining 126-Gorlovka qoʻshini shtab-kvartirasi operativ boʻlimi boshligʻining yordamchisi,Abdullaev Zikrulla Abdullaevich :: Pamyat naroda soʻng kavaleriya polkining shtab boshligʻi boʻladi. U 1945-yil avgustidan Sinszyanda operativ qoʻmondon boʻladi, 1945-yil dekabrida xizmatdan vazifasidan ozod etiladi.

Abdullayev 1946-yildan – iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat yuritadi. 1946—1970-yillarda Toshkent shahrida toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotchisi, soʻng Toshkent toʻqimachilik instituti rektori, Toshkent toʻqimachilik kombinati direktori vazifasida ishlab keladi. Keyinchalik Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5, 6 va 7-chaqiriqlari deputati etib saylangan. Shuningdek, u SIKP XXIII qurultoyi delegati ham edi.

1982-yilda Toshkentda vafot etadi.

Mukofotlari

Qizil yulduz ordeni (1943) Ikkinchi darajali Ulugʻ Vatan urushi ordeni (16.05.1945) "1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun" medali (05.09.1947) "Kenigsbergni qoʻlga olganlik uchun" medali (06.09.1947)

Manbalar

Havolalar pamyat-naroda.ru

Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:KPSS XXIII syezdi delegatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar