Mongoliya (Ingliz tili: ; , klass. mõğ: 40px ; lit. „Mõğul Millati“ yoki „Mõğul Davlati“) yoki Moʻgʻuliston — Sharqiy Osiyoda joylashgan mamlakat. Maydoni — 1565 ming km². Aholisi — 2, 893 ming kishi (2013). Poytaxti — Ulan-Bator shahri. Maʼmuriy jihatdan 18 aymoq (viloyat)ga, aymoqlar somon (tuman)larga boʻlinadi. Ulan-Bator, Darxan va Er-denet shaharlari mustaqil maʼmuriy birlik boʻlib, bevosita markaziy hokimiyat organlariga boʻysunadi.

Davlat tuzumi Mongoliya — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan va 12-fevralda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident (1997-yildan Nadagiyn Bagabandi), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi, ya na bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Buyuk davlat xurali (parlament) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni hukumat boshqaradi. Hukumat bosh vazirning taklifiga binoan, prezident bilan kelishilgan holda Buyuk davlat xurali tomonidan tuziladi. Vazirlar mahkamasi boshligʻining nomzodini prezident Buyuk davlat xurali muhrkamasiga taqdim etadi.

Tabiati Mongoliya hududi aksari qismining balandligi 1000–2000 m. Yirik togʻ tizmalari: Mongoliya Oltoyi (balandligi 4362 m gacha), Gobi Oltoyi, Xangay va Xentey. Togʻ tepalari, asosan, yasen. Janubiy va janubi-sharqida Gobi choʻlining bir kismi bor. Bu yerda vulkan tepalari qad koʻtargan. Shimoliy va shimoli-gʻarbida bir necha soylik va vodiylar bor. M.ning sharqiy qismi Shimoli-sharq, janubiy va janubi-sharq tomon pasayib boruvchi tekislikdir. Katta Koʻllar soyligi va Gobi choʻlida 30 ming km² yer kum bilan qoplangan. Mongoliya hududidagi Markaziy Osiyo burmali mintaqasining shimoliy qismi kaledon, janubiy qismi gersin burmalariga ajralgan.

Iqlimi quruq, keskin kontinental. Qishi sovuq, kam qorli, serquyosh. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —10°, —35° (eng past temperatura —50°), yozi iliq, qisqa, iyulning oʻrtacha temperaturasi 18—26° (eng yuqori temperatura 40°). Yillik yogʻin 100–300 mm, togʻaarda 500 mm gacha. Mongoliya Oltoyida muzliklar bor. Yirik daryolari: Selenga, Kerulen, Onon, Dzab-xan va Kobdo. Daryolari qor va muzliklardan suv oladi, bahor va yezda toʻlib oqadi. Yirik koʻllari: UbsuNur, Xirgis-Nur, Xubsugul va Hara-UsNur. Mongoliya hududining aksari qismi (60%)da kashtan, shuningdek, qoʻngʻir, togʻlarda qora, vodiylarda oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Oʻsimliklarning 2 mingdan ziyod turi oʻsadi. Mamlakatning shimoliy va Shimoli-sharqi dasht, janubiy va janubi-sharqi chala choʻl va choʻldan iborat. Chala choʻlda saksovulzorlar uchraydi. Mongoliya hududining 10% oʻrmon. Togʻ yon bagʻirlarida tilogʻoch, kedr, qaragʻay va qayinzorlar bor. Hayvonot dunyosi xilma-xil. Sut emizuvchilarning 100 dan ortiq turi uchraydi. Qumsichqon, qoʻshoyoq, tolay quyoni, ondatra, sobol, tiyin, jayran, maral, boʻri, tulki va hokazo bor. Baʼzi hayvonlar (yovvoyi tuya, yovvoyi ot, gobi ayigʻi) M.dan boshqa yerda uchramaydi. Ulan-Bator yaqinida Bogdo-Oʻla qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Aholisining 90% dan ortigʻi mongollar. Mamlakat shimolda buryatlar, shimoli-gʻarbda qozoqlar, tuvalar yashaydi. Rasmiy tili — mongol tili. Dindorlar budda dinining lamaizm yoʻnalishiga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 60%. Yirik shaharlari: Ulan-Bator, Darxan, Erdenet.

Tarixi thumb|VII asrga tegishli artefaktlar. Ulan-Batordan 180 km (112 mil) uzoqlikdan topilgan. Mongoliya hududida odamlar quyi paleolit oxiridan yashab keladi. Ilk paleolit davrida matriarxal-urugʻchilik, jez davrida patriarxal-urugʻchilik tuzumlari shakllandi. Miloddan avvalgi 4— III asrlardan xususiy mulkchilik vujudga keldi, temir buyumlar yasala boshladi, qabilalar ittifoqi yuzaga keldi. Milodiy IV—X asrlarda Jujan, Turk, Uy-gʻur, Qirgʻiz xoqonliklari vujudga keldi. X—XII asrlarda Mongoliya hududi Kidonlar saltanati tarkibiga kirdi. XIII asr boshida koʻpgina moʻgʻul qabilalari birlashib, Temuchin hukmronligidagi moʻgʻul davlatini tashkil etdi. 1206-yil moʻgʻul noyonlarining qurultoyida Temuchin buyuk xon — Chingizxon deb eʼlon qilindi. 1211-yildan Chingizxon va vorislarining bosqinchilik urushlari boshlandi. XIII asr oʻrtalarida Shimoliy Xitoy, Tangut davlati, Oʻrta Osiyo, Zakavkazye, Eron, Rossiyaning bir kismi Chingizxon qoʻl ostiga oʻtdi. Natijada yirik Moʻgʻullar davlati tashkil topdi. Biroq yagona iqtisodiy bazasi boʻlmagan saltanat bosqinchilik urushlari natijasida vujudga kelgan ichki ziddiyatlar oqibatida parchalanib ketdi. 1368-yil Xitoy, 1380-yilda Rossiya, XIV asrning 2-yarmida Eron, Zakavkazye va Oʻrta Osiyo moʻgʻullar zulmidan ozod boʻldi. XIV asrning oxirgi choragida Moʻgʻullar davlati batamom barham topdi. XV asrda Esonxon (1440—55 yillarda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543-yillarda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashgan Moʻgʻul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Janubiy Moʻgʻuliston va Shimoliy Moʻgʻulistonga boʻlinib ketdi. Shimoliy Moʻgʻuliston ham oʻz navbatida Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. XVI asrda M.ning uchala qismida jami 200 xonlik boʻlgan. XVI asr oxiriga kelib M.da budda dinining lamaizm yoʻnalishi yoyildi va XVII asr boshida davlat diniga aylandi. 1616-yilda Shimol-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan Manjurlar davlati 1634-yil Janubiy Moʻgʻulistonni bosib oldi va uni Ichki Mongoliya deb atadi. 1688-yilda Sharqiy Moʻgʻuliston manjurlar asos solgan Sin sulolasi (1644— 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Moʻgʻuliston (hozirgi Mongoliya xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi.

Mongoliyada yagona mustaqil davlat — Oyrot xonligi ham 1758-yilda manjurlar tomonidan tugatildi va uning yarim milliondan ortiq aholisi qirib tashlandi. Oʻz hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Sin sulolasi M.ni tashqi dunyodan ajratish choralarini koʻrdi. XX asr boshlarida Mongoliya Osiyoningeng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da XIX asr oxirida boshlangan milliy ozodlik harakati XX asr boshlarida yanada kuchaydi. 1911-yil aratlarning yirik qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1911-yil noyabrda Urga (hozirgi Ulan-Bator)da Sin sulolasi hokimiyati agʻdarilib, mustaqil Mongoliya davlati tuzilganligi eʼlon qilindi. Mamlakatdagi lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi — Boʻgʻdixon tuzgan hukumat Mongoliya suverenitetining davlatlar tomonidan tan olinishi uchun 3 yildan ortiqroq harakat qildi. 1915-yilda Rossiyaning Kyaxta shahrida chor Rossiyasi, Xitoy va Mongoliya vakillarining uch tomonlama konferensiyasi boʻldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtoriyat bilan cheklandi. 1919-yilda Xitoy M.ga qoʻshin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz kechishga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi.

1921-yil iyulda Urga shahrida Mongoliya mustaqilligi eʼlon qilindi. 1924-yil 26-noyabrda mamlakat parlamenti — Buyuk xalq kurali Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) tuzilganligini maʼlum qildi va birinchi konstitutsiyani qabul etdi. 1992-yilgacha mamlakat shu nom bilan yuritildi. Shu yili qabul qilingan konstitutsiya kuchga kirgach, Mongoliya deb atala boshladi. 1990-yillarning boshlaridan Mongoliya taraqqiyotning yangi bosqichiga oʻtdi — markazlashgan rejali iqtisodiyot oʻrniga bozor iqtisodiyoti joriy etila boshladi, bir partiyali siyosiy tizimdan koʻp parti-yali tizimga, totalitar davlatdan huquqiy davlatga aylana boshladi.

Mongoliya — 1961-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasib-n diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 25-yanvarda oʻrnatdi. Milliy bayrami — 11-iyul — Xalq Inqilobi kuni (1921).

Siyosiy partiya va tashkilotlari, kasaba uyushmalari Mongoliya xalq-inqilobiy partiyasi, 1921-yilda tuzilgan, 1999-yil martda Mongoliya xalq partiyasi uning tarkibiga kirgan; Mongoliya milliy demokratik partiyasi, 1992 i. oktyabrda tashkil etilgan; Mongoliya birlashgan konservativ partiyasi, 1993-yilda asos solingan; Mongoliya demokratik uygʻonish partiyasi, 1994-yilda tuzilgan; Mongoliya „koʻkatparvarlar“ partiyasi, 1990-yilda asos solingan; Mongoliya ishchi partiyasi, 1992-yilda tuzilgan; Mongoliya res-publikachilar partiyasi, 1992-yilda tashkil etilgan; Mongoliya sotsialdemokratik partiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Mongoliya demokratik ittifoqi, partiyalar bloki, 1990-yilda asos solingan; „Vatan“, koalitsiya, 1999-yilda tuzilgan, Yangi demokratik sotsialistik partiya bilan Mongoliya ishchi partiyasini birlashtiradi; Toʻrt ittifoq federatsiyasi, 1993-yilda tashkil etilgan (Mongoliya demokratik ittifoqi, Yangi taraqqiyparvar ittifoq, Mongoliya yoshlari ittifoqi va Mongoliya talabalari ittifoqidan iborat). Mongoliya erkin kasaba uyushmalari ittifoqi, 1990-yil tuzilgan; Mongoliya kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1927-yil tashkil etilgan.

Xoʻjaligi Mongoliya — agrar-industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 34%, qishloq xoʻjaligining ulushi 16%.

Maʼmuriy boʻlinishi

Qishloq xoʻjaligi XX asrning 20-yillariga qadar iqtisodiyotning birdan bir tarmogʻi mavjud boʻlib, u ham boʻlsa koʻchmanchi yaylov chorvachiligi edi. Astasekin qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari, jumladan, dehqonchilik vujudga keltirildi. Bugʻdoy, kartoshka, sabzavot, yem-xashak yetishtirila boshladi. Chorvachilikda qoʻychilik yetakchi oʻrinda; qoramol, echki, tuya, yilqi, mamlakatning ayrim joylarida qoʻtos, bugu, shahar atrofida choʻchqa va parranda boqiladi. Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan chorva mol jihatidan Mongoliya du-nyoda oldingi oʻrinlardan birini egallaydi. 1991—92 yillarda sobiq 255 qishloq xoʻjaligi birlashmasi (qishloq xoʻjaligi kooperativlari) ak-siyadorlik kompaniyalariga (salkam 400 ta) aylantirildi. Mamlakatda chorvani xususiylashtirish asosan tugallandi. Chorva mollarning 90% xususiylashtirildi. Ilgari dehqonchilik hamda sof zotli va duragay chorva mollari yetishtirish bilan shugʻullanib kelgan koʻp davlat xoʻjaliklari oʻrniga ham aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etildi.

Sanoati M.da dastlab yengil va oziqovqat sanoati, XX asrning 40—60-yillarida ogʻir sanoat (konchilik, energetika, yogʻochsozlik, qurilish ashyolari, metallsozlik) rivojlandi. Ke-yingi yillarda konchilikka koʻproq eʼtibor qaratildi. Mongoliya yer ostida foydali qazilma xazinalari koʻp. Hozircha 30 dan koʻproq turdagi foydali kazilmalarning 500 dan ziyod koni aniqlangan, ular orasida toshkoʻmir, qoʻngʻir va kokslanuvchi kumir, uran, oltin, kumush, mis, molibden, kalay, flyuorit, temir rudasi, fosforit, qimmatbaho toshlar va boshqa konlar ochilgan. Turli qurilish ashyolari, keramzit va keramika gillari, ohaktosh, qum, shagʻal, kaolin, ganch, alebastr, marmar, granit va shahrik.ning katta zaxiralari topilgan. Neft konlari qidirilmoqda. 400 dan koʻproq issiq va sovuq maʼdanli suv manbalari topilgan va urganilgan. Ulardan foydalanish uchun koʻpgina qoʻshma korxona va birlashmalar barpo etilgan. Elektr energiyasi GESlarda hosil qilinadi. Yiliga oʻrtacha 2,2 mlrd. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqariladi. Birlashgan energiya tizimi barpo etilgan. Mongoliya sanoatida gusht, un kombinatlari, non zavodi, gilam fabrikasi, poʻstin-moʻyna, oyna va chinni korxonalari, bosmaxonalar bor. Sement, gʻisht, uy bloklari, doridarmon, poyabzal, jun- gazlama ishlab chikariladi.

Transporti Koʻp yuklar temir yoʻl va avtomobil transportida tashiladi. Transport yoʻli uzunligi — 1,8 ming, avtomobil yoʻllari uzunligi — 46 ming km. Xubsugul koʻli, Selenga va Orxon daryolarida kema qatnaydi. Havo floti 1956-yildan ishlaydi. Eng katta aeroporti Ulan-Batorda.

Tashqi savdosi