2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlari AFC vakilini CONMEBOL vakiliga qarshi qitʼalararo pley-off bosqichida aniqlagan yagona oʻyindan iborat uchrashuv boʻldi. Dastlab bu uchrashuvni 2021-yil 11 va 16-noyabr kunlarida oʻtkazish rejalashtirilgan edi. Ammo Osiyo qitʼasiga COVID-19 pandemiyasining taʼsiri tufayli 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlarining sanasi va formati 2020-yil noyabrida oʻzgartirildi.
Uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi va Avstraliya milliy futbol terma jamoalari ishtirok etdi. 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyini 2022-yil 7-iyun kuni Qatarning Al Rayyan shahridagi Ahmad bin Ali stadionida boʻlib oʻtdi.
Tarixi 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichidan beri AFC saralashining soʻnggi bosqichi (bu holda, toʻrtinchi tur) oldingi bosqichdan oʻtgan ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyindan iborat hisoblanadi. 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlari gʻolibi AFCni qitʼalararo pley-offda himoya qiladi (1998-yilgi uchrashuv bundan mustasno edi. Bunda pley-off gʻoliblari toʻgʻridan-toʻgʻri FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan, magʻlublar esa qitʼalararo pley-off bosqichiga yoʻl olgan).
Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi ushbu bosqichda bir marta oʻynagan. Bu uchrashuv 2002-yilgi pley-offda Eron milliy futbol terma jamoasi bilan toʻqnash kelgan va umumiy hisobda 0:4 hisobida magʻlub boʻlgan. Avstraliya milliy futbol terma jamoasi ham bu bosqichda bir marta qatnashgan. Bu uchrashuv 2018-yilgi saralash oʻyinlarida edi. Ushbu uchrashuvda Avstraliya milliy futbol terma jamoasi Suriya milliy futbol terma jamoasini umumiy hisobda 3:2 hisobida magʻlub etgan edi.
Bu Birlashgan Arab Amirliklari milliy futbol terma jamoasi va Avstraliya milliy futbol terma jamoalari o‘rtasidagi AFC Jahon chempionati saralash bosqichidagi uchinchi o‘yin bo‘ldi.
Format 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlarida uchinchi bosqichda uchinchi o‘rinni egallagan ikki jamoa (bir o‘yindan iborat pley-off bahslarida) kuch sinashdi. Agar oʻyinning asosiy vaqti 90 daqiqadan soʻng durang boʻlsa, jamoalar qoʻshimcha vaqtda kuch sinashadi. Agar qoʻshimcha vaqtdan keyin ham durang boʻlsa, gʻolibni aniqlash uchun penaltilar seriyasida jamoalar bahslashishadi.
2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi —AFC toʻrtinchi bosqichi oʻyinlari gʻolibi olti kundan soʻng, Qatarda boʻlib oʻtadigan qitʼalararo pley-off bosqichiga yoʻl oldi. Guruh Uchinchi oʻrin A B
Oʻyin
7-iyun 2022-yil (2022-06-07) 21:00 UTC+3 Birlashgan Arab Amirliklari 1-2 Avstraliya Birlashgan Arab AmirliklariAvstraliya GK17Khalid EisaCB12Khalifa Al HammadiCB13Mohammed Al-AttasCB3Walid Abbas (c)DM14Abdulla HamadRM4Khaled IbrahimCM18Abdullah RamadanCM5Ali SalmeenLM21Harib Al-MaazmiCF11Caio CanedoCF7Ali MabkhoutOʻzgartirishlar:MF15Yahia NaderFW16Ali SalehMF8Majed HassanMF10Omar AbdulrahmanFW20Sebastián TagliabúeMenejer: Rodolfo ArruabarrenaGK1Mathew Ryan (c)RB4Nathaniel AtkinsonCB8Bailey WrightCB20Kye RowlesLB16Aziz BehichRM6Martin BoyleCM13Aaron MooyCM22Jackson IrvineLM19Craig GoodwinCF10Ajdin HrusticCF7Mathew LeckieOʻzgartirishlar:FW9Jamie MaclarenDF2Miloš DegenekFW11Awer MabilMenejer:Graham Arnold Yordamchi hakamlar: Andrey Tsapenko (Oʻzbekiston) Timur Gaynullin (Oʻzbekiston) Toʻrtinchi hakam:Ko Hyung-jin (Janubiy Koreya)Video yordamchi hakam:
Muhammad Taqi (Singapur) Video yordamchi hakam yordamchisi:Fu Ming (Xitoy PR) Uchrashuv qoidalari:
90 daqiqa. Agar kerak boʻlsa, 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt . Qoʻshimcha vaqtdan keyin ham durang boʻlsa, penaltilar seriyasi . Koʻpi bilan oʻn ikkita oʻrinbosar. Maksimal beshta almashtirish, oltinchisi qoʻshimcha vaqtda ruxsat etiladi.
Gol mualliflari
Ajdin Hrustic Jackson Irvine Caio Canedo
Manbalar
Turkum:Qatar mezbonlik qilgan xalqaro futbol musobaqalari Turkum:2022-yilda Osiyo futboli