Fargʻona okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik. Tarixi Fargʻona okrugi 1926-yilda tashkil topgan. Markazi Qoʻqon shahri.

1929-yilga kelib okrug tarkibida 11 ta tuman boʻlgan: Oltiariq, Bagʻdod, Beshariq, Buvayda, Qoʻqon, Quva, Qudash, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Chust.

1930-yil 30-iyulda SSSRning aksariyat okruglari singari Farg‘ona okrugi ham tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi. Aholisi 1926-yilda okrug aholisi 674,1 ming kishi boʻlgan. Jumladan, o‘zbeklar 80,5%, tojiklar 9,4%, ruslar 3,9%, qirgʻizlar 1,9% tashkil qilgan. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston SSR okruglari Turkum:Maʼmuriy birliklar