Ruslan Takhiruly Baltiyev () (1978-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — nafaqadagi futbolchi yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. U Qozogʻiston terma jamoasining sobiq futbolchisi boʻlib, eng yaxshi toʻpurar hisoblanadihttps://www.peoples.ru/sport/football/ruslan_baltiev/.
Klubdagi faoliyati Baltiyev oʻz faoliyatini 1997-yilda „Jetisu“da boshlagan va professional futboldagi ajoyib mavsumdan soʻng Qozogʻistonning "Qayrat" klubiga oʻtgan. U oʻsha yili ilk bora Qozogʻiston terma jamoasidan ham chaqiruv olgan. Ichki chempionatdagi 4 mavsumdan soʻng uning oʻyinlari Rossiyaning „Sokol Saratov“ klubi rahbariyati eʼtiboriga tushgan. Baltiyev Rossiya Premyer-ligasi klubida 2 mavsum o‘tkazgan va Rossiya futbolida yaxshi nom qozongan. 2002-yilda jamoa quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, u Ukraina va Rossiyaning yuqori divizion jamoalariga oʻtish bilan bogʻliq gap soʻzlar tarqalagan. Oxir-oqibat u Moskvaning „Dinamo“ klubiga oʻtgan va u yerda 2003-yilgi mavsumda barcha oʻyinlarda maydonga tushib, klubning yuqori divizonda qolishiga yordam bergan. Dinamo bilan muvaffaqiyatli oʻtgan mavsumdan soʻng, Baltiyev Moskvaning boshqa jamoasiga oʻtgan, u yerda ikki mavsumdan keyin asosiy tarkibdagi oʻrnini saqlab qola olmagan va Qozogʻistonga qaytib, mahalliy liganing eng kuchli jamoalaridan biri boʻlgan „Tobol“ bilan shartnoma imzolagan. Baltiyev chempionatning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan va o‘zining yangi klubi „Tobol“ga chempionlik uchun kurash olib borishga va yevrokuboklarda o‘ynashga yordam bergan. 2009-yil dekabr oyida Baltiyev Rossiya birinchi divizioni klubi „Jemchujina-Sochi“ klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Yutuqlar
Qiziljar
Ikkinchi oʻrin egasi
Qozogʻiston Premyer-ligasi : 2000-yil Qozog‘iston kubogi : 1999-2000
Tobol
Gʻolib
Qozogʻiston kubogi : 2007-yil
Ikkinchi oʻrin egasi
Qozogʻiston Premyer-ligasi (2): 2007, 2008
Klubdagi faoliyatiLigaKubokLiga KubogiQitʼaJamiMavsumKlubLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolQozogʻistonLigaQozogʻiston KubogiLiga KubogiYevropaJami1996JetisuQozogʻiston Premyer Ligasi131?0 - -1311997Qayrat603?1 - -60419983?1 - -419994 - - - -42000Qizljar152?3 - -155RossiyaLigaRossiya KubogiLiga KubogiYevropaJami2001Sokol SaratovRossiya Premyer Ligasi27230 - -302200227520 - -2952003Dinamo Moscow3022020 -3422004Moscow27172 - -3432005Moscow3010 - -40Shinnik Yaroslavl11111 - -1222006Moscow0000 - -00QozogʻistonLigaQozogʻiston KubogiLiga KubogiYevropaJami2007TobolQozogʻiston Premyer Ligasi237640073361420082755200203472009194200020234RossiyaLigaRossiya KubogiLiga KubogiYevropaJami2010Jemchujina-SochiRossiya Birinchi Divizioni20100 - -201QozogʻistonLigaQozogʻiston KubogiLiga KubogiYevropaJami2011QayratQozogʻiston Premyer Ligasi19220 - -21220123000 - -30JamiQozogʻiston179311511-11320545Rossiya1451216320-16315Karyerada jami3244331142011336860
Manbalar
Havolalar Ruslan Baltiyev – International Appearances RSSSF.com saytida
Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC Kiziljar futbolchilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:FC Moskva futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:FC Sokol Saratov futbolchilari Turkum:FC Tobol jamoasi futbolchilari Turkum:FC Zhemchuzhina-Sochi futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 1998 futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik futbol murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar