Yasinuvata ( , pronounced [jɐsɪnʊˈwɑtɐ] ; — Yasinovataya ) — Ukraina Respublikasining janubi-sharqiy qismidagi Donetsk viloyatiga qarashli shahar hisoblanadi. Maʼmuriy-hududiy jihatdan viloyat muhim ahamiyatiga ega shahar sifatida kiritilgan. U tumanga kirmagan bo'lsa ham, Yasinuvata tumanining maʼmuriy markazi boʻlib xizmat qiladi. Yasinuvata katta temir yoʻl chorrahasidaa joylashgan shahar.Uning aholisi taxminan 34 144 kishini tashkil qiladi.

Tarixi 2014-yil aprel oyi oʻrtalaridan boshlab rossiyaparast ayirmachilar Donetsk va Lugansk tumanlari jumladan,Yasinuvatani ham o'z nazoratlariga olishgan. 2014-yil 17-avgust kuni Ukraina kuchlari shaharni rossiyaparast ayirmachilardan tortib olgani xabar qilingan edi.Lekin, shaharni nazorat qilish uchun kurash davom etdi. 19-avgust kuni Ukraina qo'shinlari Yasinuvata g'alabasidan keyin qolgan buzg'unchi kuchlardan tozalanayotganini da'vo qilishdi ("to'ldirish operatsiyasi"). Ukraina harbiylari 2014-yil sentabr oyi o‘rtalarida shahardan ketishga majbur bo‘ldi va shundan beri Ukraina hukumati bu shaharni Rossiya bosib olganini tan oldi. 2022-yil 30-sentabrda Rossiya Federatsiyasi Yasinuvatani Donetsk viloyatining Rossiya harbiy kuchlari tomonidan bosib olingan boshqa hududlari bilan birga anneksiya qildi.

Urush tufayli 2014-yilda shahardagi temir yo'l harakati to'xtadiLok-Magazin n° 11/2014, page 29 (in German)

YXHTning ma'lumotlariga ko'ra, Yasinuvata va qo'shni Ukraina armiyasi nazoratidagi Avdievka o'rtasidagi hudud Donbassdagi urushning qaynoq nuqtalaridan biriga aylangan.Spike In Fighting In Eastern Ukraine Threatens Fragile Cease-Fire, Radio Free Europe (April 01, 2016)Over half of Donbas truce breaches observed in Yasynuvata, Avdiyivka, Donetsk airport, Interfax-Ukraine (5 August 2016)

Demografiyasi 2001-yilgi demografik ma'lumotlarga ko'ra, Ukraina aholisining

Etnik kelib chiqishi quyidagilar:

Ukrainlar: 68,9% Ruslar: 28,7% Belaruslar: 0,6% Armanlar: 0,4%

Mashhur shaxslar

Nikolay Skripnik Irina Dovhan Nikolay Gritsenko

Manbalar

Havolalar

Yasinuvata shahar ma'muriyati veb-sayti Yasynuvata shahar portali