Litva () yoki Lituania, Litovia, Litova, Lithuania — Sharqiy Yevropada, Boltiq dengizi boʻyida joylashgan davlat. Maydoni — 65,2 ming km². Aholisi — 2,986 ming kishi (2012). Poytaxti — Vilnyus shahri. Maʼmuriy jihatdan 44 tuman (rajonas)ra boʻlinadi.

Geografiya Litva Yevropada joylashgan boʻlib, Boltiq dengizi, Latviya, Polsha, Rossiya, Belarus bilan chegaradoshdir.

Internat. Organizasiyalar Yevropa Ittifoqi, 2004 Europa Consil NATO BMT

Kishilar Dalia Grybauskaitė, Union Yevropa Kommission, 2004-2009. Vytautas Landsbergis, Sing Revoliution SAJUDIS, Vilnius, 1989-1993; Union Yevropa Parlament, 2004-2009.

Shaharlari Kaunas Klaipeda Siauliai Panevezys Palanga Nida Sventoji Druskininkai Jonava

Sport Arvydas Sabonis, Basket, Kaunas Zalgiris. Sarunas Jasikevicius, New Orleans, AQSh.

Davlat tuzumi Litva — mustaqil demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yilda qabul qilingan (1996-yilda oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2003-yildan Rolandas Paskas). U umumiy teng va toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — seym (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Tabiati Litva hududi Sharqiy Yevropa tekisligida, Boltiq dengizining janubi-sharqiy sohillarida, Nyamunas (Neman) daryosining oʻrta va quyi oqimi havzalarida joylashgan. Yer yuzasi pasttekislik va kirlardan iborat. Markazida Oʻrta Litva pasttekisligi joylashgan. Sharqi va janubida Boltiq qator tepalari boʻlib, Litva qududida Z qirga boʻlinadi: Aukshtayts, Dzuk va Suduv. Dengiz sohilida qum tepa va plyajlar koʻp. Litvada neft, ohaktosh, dolomit, shisha qumlari, gil, torf, bur, gips, kahrabo va shifobaxsh buloklar (Druskininkay, Palanga, Birshtonas, Likenay) bor. Buloklar atrofida kurortlar barpo etilgan.

Litvada dengiz iqlimi kontinental iqlim bilan almashinib turadi. Kontinentallik gʻarbdan sharqqa orta boradi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3° dan — 6° gacha. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 16,5°— 17,6°. Oʻrtacha yillik yogʻin 750 mm. Daryolari Boltiq dengizi havzasiga mansub.

Eng yirik daryosi — Nyamunas. Kaunas shahridan quyilish joyigacha kema katnaydi. Asosiy irmoqyaari: Nyaris, Nyavejis, Dubisa va boshqa Ular bahorda sersuv. 3000 ga yaqin koʻl bor, eng kattasi — Drisvyati. Koʻllar baliqchilik va suv parrandachiligida foydalaniladi. Tup-roqlari podzol, chimli-podzol, podzol-botqoq, chimli-karbonatli, botqoq, podzollashgan-borli, allyuvial tuproqlar.

Litva hududining 25% (1,6 mln. ga) oʻrmon. Igna barglilar — 65%, keng barglilar — 35%. Qaragʻayzorlar, qoraqaragʻayzorlar bor. Hududining 17% yaylov va oʻtloq; 7% ga yaqini botqoqlik.

Hayvonot dunyosida sut emizuvchilardan malla tovushqon, tulki, boʻri, los, asl va xoldor bugʻular, toʻngʻiz, norka, silovsin, suvsar, suv qunduzi va boshqa yashaydi. Daryo va koʻllarda baliq turi koʻp. Qoʻriqxonalari: Juvintas va Chyapkyalyu. Litva milliy bogʻi bor.

Aholisi Aholisining 81% litvalar, shuningdek, ruslar, polyaklar, belaruslar ham yashaydi. Rasmiy til — litva tili. Dindorlarning aksariyati — katolik. Shahar aholisi 68,5%. Yirik shaharlari: Vilnyus, Kaunas, Klaypeda, Shyaulay.

Tarixi Litva hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar bu yerda odam tosh asridan yashab kelayotganini koʻrsatadi. Aholi oʻsha davrda urugʻ jamoalari tarzida yashagan, temirchilik, ovchilik va balikqchilik bilan shugʻullangan. Mil. boshlarida yirik qabila va qabila uyushmalari (jemaytlar, yatvyaglar va boshqalar) ajralib chiqa boshladi. V—VI asrlarda jamoalar yemirilib, sinfiy tabaqalanish boshlandi. 9— X asrlardan xunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari avj oldi. X—XII asrlarda Litva hududida Deltuva, Karshuva, Letuva va boshqa knyazliklar paydo boʻldi. 1240-yilda Buyuk Litva knyazligi vujudga keldi. XIII asrdan L.ga ne-mis ritsarlarining bosqinchilik yurishlari boshlandi. 200 yil davomida Litva bilan nemis ritsarlari oʻrtasida harbiy toʻqnashuvlar boʻlib turdi. 1236-yil nemis ritsarlari Saule yonida magʻlubiyatga uchradi. 1260-yil Litva qoʻshinlari nemis salibchilari ustidan Durbe koʻli yaqinida boʻlib oʻtgan jangda gʻalaba qozonib, Livon hamda Tevton ordenlarining bosqinchilik yurishlarini vaqtincha toʻxtatdi. XIII asr oʻrtalarida rus yerlarining feodal tarqoqligidan foydalanib, Litva knyazlari belarus, ukrain, rus yerlarini qoʻshib oldi. Gedi-min, Olgerd va Keystut knyazliklari davrida Buyuk Litva knyazligi ancha kengaydi. XIV asr oʻrtalarida Minsk, Sharqiy Volin, Podolye, Kiyev L.ga koʻshildi. Knyaz Vitovt Dnepr va Dnestr oraligʻidagi Qora dengizgacha boʻlgan yerlarni qoʻshib oldi. Bu davrga kelib Litva Sharqiy Yevropada eng yirik davlatga aylandi. 1340—1410-yillarda Tevton va Livon ordenlari yana hujumga oʻtdi, Sterva daryosi (1348) va Kaunas (1362) yonida yirik janglar boʻldi. 1401—09 yillarda salibchilarga karshi jemaytlar qoʻzgʻo-lon koʻtardi. Ichki va tashqi kurash sha-roitida Litva Polsha bilan Krevo ittifoqini tuzdi (1386). 1410-yil 15-iyulda Litva va Polsha qoʻshinlari Gryunvald jangida (1410) Tevton ordeni ustidan gʻa-laba qozondi. 1435-yil Sventa yaqinida magʻlubiyatga uchragan Livon ordeni ham oʻz bosqinchilik yurishlarini toʻxtatdi.

XIV asr 2-yarmidan shaharlarda xunarmandchilik, keramika, oyna ishlab chiqarish, zargarlik rivoj topdi. Kaunas, Trakay va boshqa shaharlarda qasrlar qurildi. XV asr oʻrtalarida Buyuk knyazlar kengashi asta-sekin Panlar radasiga aylandi. XVI asrdan Panlar radasi va seym davlat hokimiyatining asosiy organlari boʻlib qoldi.

1558-yil Rossiya bilan Livoniya urushi boshlandi. Bu urush Litva uchun muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Litva hukmron doiralari Rossiyaga qarshi urushda yordam olish niyatida Polsha bilan yaqin aloqa oʻrnatdi. 1569-yil Lyublin ittifoqi tuzilib, Polsha bilan Litva Rech Pospolita davlatiga birlashdi.

1654—67 yillari rus qoʻshinlari Litvaning sharqiy qismini, 1655-yil Vilnyus va Kaunas shaharlarini bosib oldi. 1667-yil Smolensk yaqinida Rech Pospolita va Rossiya oʻrtasida Andrusov sulhi imzolandi (Belarus yerlari va Ukrainaning Dnepr daryosi oʻng qirgʻoq tomonidagi yerlar Litva tarkibida qoldi). Shimoliy urush (1700—21) yillarida Rech Pospolita Rossiyaning it-tifoqsoshi boʻldi. XVII—XVIII asrlarda Rech Pospolita siyosiy inqirozga uchradi va 1772,1793, 1795-yillarda Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi. Litva Rossiyaga qoʻshildi. XIX asr 2-yarmida podsho hukumati Litvada millatchilik siyosatini kuchaytirdi. Oʻlkada milliy ozodlik harakati boshlandi. 1888-yil Vilnyusda Litva kasaba uyushma harakatiga asos solgan Oʻzaro yordam kassasi va Litva sotsial-demokratiyasi tashkil topdi.l-jahon urushi yillarida Litva xududi harbiy harakatlar maydoniga aylandi. 1915-yil kuzida Litva hududini Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1918-yil 16-fevralda Litva davlatining mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918-yil dekabrda Litva hududining katta qismida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi va 1919-yil fevralda Litva-Belarus shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1919-yil avgustda nemis qoʻshinlarining hujumidan soʻng Qizil Armiya boʻlin-malari Litvadan chiqib ketishga majbur boʻldilar. 1920-yil Litva bilan RSFSR oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, shoʻro hukumati Litva mustaqilligini tan oldi. 1940-yil iyunda Litva hududiga shoʻro qoʻshinlari kiritildi. 1940-yil iyulda Xalq Seymiga saylovlar boʻlib oʻtdi. 1940-yil 21-iyulda Litva shoʻro respublikasi eʼlon qilindi. 1941-yilda L.ni nemis-fashist qoʻshinlari bosib oldi, 1944-yil iyul —1945-yil yanvarda shoʻro armiyasi tomonidan ozod qilindi. 1990-yil 11-martda respublika Oliy Kengashi Litva davlatini qayta tiklash haqidagi hujjatni qabul qildi va mamlakat Litva Respublikasi deb atala boshladi. 1990-yil mayda Litva Oliy Kengashi L.ning davlat mustaqilligi haqidagi deklaratsiyami qabul qildi. Litva 1991-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 5-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 16-fevral — Litva davlati kayta tiklangan kun (1918).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Litva demokratik partiyasi, 1989-yilda tuzilgan, 1902—20 yillarda shu nomda faoliyat koʻrsatgan partiyaning vorisi; Litva sotsial-demokratik partiyasi, 2001-yilda asos solingan; Vatan ittifoqi, 1993-yilda tuzilgan; Markaz ittifoqi, 1992-yilda tuzilgan; Litva xristian demokratik partiyasi, 1990-yilda asos solingan; Litva erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990-yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi Litva — industrial-agrar mamlakat. Yalpi milliy mahsulotda sanoatning ulushi — 51,2%, qishloq xoʻjaligining ulushi — 24,7%, qurilishning ulushi — 9,8%, transportning ulushi — 3,6%, boshqa tarmoqlarning ulushi — 10,1%.

Sanoatning asosiy tarmoqlari — mashinasozlik va metall ishlash, yogʻochsozlik, kimyo va neft kimyosi sanoati, binokorlik materiallari ishlab chiqarish, toʻqimachilik va oziq-ovqat, neftni qayta ishlash sanoati. Energetika xoʻjaligida gidroenergiya va torf ikkilamchi ahamiyatga ega. Litva issiklik elektr stansiyasi va Vilnyus issiklik elektr markazi keltirilgan gaz, mazut, koʻmir bilan ishlaydi. Kaunas GES, Ignalina AES bor. Litvada yiliga 18,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi xrsil qilinadi. Vilnyus, Rokishkis, Radvilish-kisda qishloq xoʻjaligi mashinalari, Kapsukasda oziq-ovqat korxonalari uchun asbob-uskunalar, Shyaulyayda velosiped, moped dvigatellari, Panevejisda avto-kompressorlar ishlab chikariladi. Kedaynyayda kimyo kombinati (sulfat kislota va superfosfat), Ionavada azotli oʻgʻit zavodi, Kaunasda sunʼiy tola zavodi, Vilnyusda plastmassa buyumlar zavodi, Plungeda sunʼiy charm zavodi bor.

Mahalliy xom ashyo asosida yuqori sifatli sement, gʻisht, ohak, yirik silikat bloklar, drenaj quvurlari, cherepitsa, shifer, yigʻma temir-beton va beton konstruksiyalar hamda detallar tayyorlanadi. Panevejisda yirik oyna zavodi deraza oynasi va oyna bloklari ishlab chikaradi. Ionava, Klaypeda, Kaunas, Shyaulyay, Vilnyus shaharlarida mebel kombinatlari bor. Qogʻoz sanoatining asosiy markazlari — Kaunas, Grigishkes. Kaunasdagi qogʻoz fabikasi yuqori sifatli qogʻoz, Klaypeda, Grigishkes, Pabra-dada karton, Klaypedada sellyuloza va faner, Kaunasda gugurt, Klaypeda, Vilnyus, Grigishkes, Kazlu-Rudada yogʻoch plitalar ishlab chiqariladi.

Yengil sanoatda toʻqimachilik va trikotaj, tikuvchilik, poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Yengil sanoatning yirik markazlari: Kaunas, Vilnyus, Shyaulyay va Klaypeda. Utenada trikotaj fabrikasi va Alitusda ip gazlama kombinati mavjud. Badiiy hunarmandchilik (kahrabo, keramika va boshqalardan buyum yasash) rivojlangan.

Goʻsht, sut, baliq sanoati L. oziqovqat sanoati mahsulotining 3/4 semiki beradi. Klaypeda — baliq ovlash va balik, sanoati markazi. Baliq Boltik, Barens dengizlaridan va Atlantika okeanidan ovlanadi. Qand-shakar, un, konditer, spirt-araq, pivo sanoati hamda meva va sabzavotni qayta ishlash, oʻsimlik moyi olish rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligi Litvada iqtisodiy faol aholining 35% ga yaqini qishloq xoʻjaligida band Litvaga yarokli yerlar 3,4 mln.ga. Gʻalla, kartoshka, sabzavot, yem-xashak, suli, zigʻir, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilik — qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi. Asalarichilik, darrandachilik (qora tulki va norka), baliqchilik rivojlangan.

Transportining asosiy turlari — temir yoʻl va avtomobil transporti. Litva uz. 3 ming km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 44,5 ming km, jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 80%. 1986-yildan Klaypeda — Mukran (Germaniya) solda kechuv yoʻli ishlay boshladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 374 ming t dedveyt (1992). Asosiy dengiz porti — Klaypeda, daryo porti — Kaunas. Vilnyus aeroporti xorijiy mamlakatlarning 65 shahari bilan bogʻlangan.

Litva chetga mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina-uskunalar, xom ashyo oladi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Germaniya, Polsha, Belarus, Latviya, Estoniya va Skandinaviya mam-lakatlari. Pul birligi — lit.

Tibbiy xizmati