Karson Kuhlman () (1995-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) – amerikalik professional xokkeychi.

Oʻyin faoliyati

Havaskor Karson Kuhlman oʻz faoliyatini 2010-yildan 2013-yilgacha Minnesota shtati Oliy maktablar ligasida (USHS) Cloquet maktabi xokkey jamoasi bilan oʻynashdan boshlagan. Shundan soʻng, Karson Kuhlma 2011—2012-yilgi mavsumda „Fighting Saints“ xokkey klubi safida USHL debyutini oʻtkazdi.

Karson Kuhlman 2013—2014-yillarda „Dubuque Fighting Saints“ xokkey jamoasi safida bitta toʻliq mavsum oʻtkazdi. Karson Kuhlman USHL All-Star oʻyinida oʻynash uchun tanlangan edi.

2014—2015-yilgi mavsumda Karson Kuhlman klub safida NCAA turnirida ishtirok etdi. Karson Kuhlman 2015—2016-yilgi mavsumda klub jamoasi muqobil sardor sifatida ishladi. Bu mavsumda Karson Kuhlman 40 oʻyinda maydonga tushib, 12 gol urishga muvaffaq boʻldi.

Professional Karson Kuhlman 2018-yil 11-aprelda "Boston Bruins" xokey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Karson Kuhlman "Boston Bruins" xokkey klubining Amerika Xokkey Ligasi (AHL) filiali "Providence Bruins" xokkey klubi safiga yuborildi.

2018—2019-yilgi mavsum Karson Kuhlman klub safida 25 ochko toʻpladi. 2019-yil 14-fevralda Karson Kuhlman David Pastrňakning jarohatidan soʻng "Boston Bruins" xokkey klubi safiga chaqirildi. Karson Kuhlman NHLdagi debyutini 17-fevral kuni "Los Angeles Kings" xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (4:2 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi. Karson Kuhlman birinchi NHL golini Bruins klubi safida kkinchi oʻyinida 19-fevral kuni "San Jose Sharks" xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (6:5 hisobida qoʻshimcha taymdagi gʻalaba) kiritdi.

2019-yil 9-iyun kuni Karson Kuhlman Stanley kubogi finalining 6-oʻyinida "St. Louis Blues" xokkey klubiga qarshi oʻyinda oʻzining birinchi Stanley kubogi pley-off golini kiritdi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2010—2011Cloquet HighUSHS251634506211222011—2012Cloquet HighUSHS252727540101102011—2012Dubuque Fighting SaintsUSHL50440—————2012—2013Cloquet HighUSHS252522476222402012—2013Dubuque Fightning SaintsUSHL1618901142622013—2014Dubuque Fighting SaintsUSHL5625194412712352014—2015University of Minnesota DuluthNCHC40810188—————2015—2016University of Minnesota DuluthNCHC401282010—————2016—2017University of Minnesota DuluthNCHC426162211—————2017—2018University of Minnesota DuluthNCHC441372018—————2017—2018Providence BruinsAHL20112101102018—2019Providence BruinsAHL581218308—————2018—2019Boston BruinsNHL113252812302019—2020Boston BruinsNHL2515613500002019—2020Providence BruinsAHL94150—————2020—2021Boston BruinsNHL202020301122020—2021Providence BruinsAHL53032—————2021—2022Boston BruinsNHL191120—————2021—2022Seattle KrakenNHL252686—————NHL jami1009142321161342

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:AQSh xokkeychilari