Fazo fundamental kattalik boʻlib, quyidagicha taʼriflanishi mumkin: olamning fundamental tuzilishi qismlaridan biri, ichida jismlar ajratilgan, joylashgan, shakllari va hajmlari aniqlangan, harakat qilishga imkonlari boʻlgan oʻlchamlar toʻplami; yuqoridagi taʼrifga qarshi maʼnoda: mavhum matematik konseptual soha (vaqt va son kabi) boʻlib, uning yordamida biz jismlarning joylashishi, shakli, hajmi, harakati va ular orasidagi masofani taqqoslaymiz va oʻlchaymiz; Yer va uning atmosferasi tashqarisidagi koinot qismi. Matematikada chiziqli fazo, faktor fazo,… lar ham bor Biz yashab turgan fazo 3 oʻlchovli fazo hisoblanadi. Va yana matematikada biz yashab turgan 3 oʻlchovli fazodan tashqari 4,5,… oʻlchovli fazo tushunchalari ham kiritilgan. Albata bu kiritilgan fazolar faqat nazariy jihatdan tushuntiriladi amalda esa hattoki 4 oʻlchovli fazoni ham tasvirlab berish mushkul vazifa.

Turkum:Fizika Turkum:Falsafa