Andrei Alexandrovich Kuzmenko () ( Aleksandrovich Kuzmenko) (1996-yil 4-fevralda tugʻilgan) – rossiyalik professional xokkeychi. Andrei Kuzmenko hozirda Milliy xokkey ligasining (NHL) „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati Andrei Kuzmenko Kontinental xokkey ligasidagi debyutini KHLning 2014—2015-yilgi mavsumida „HC CSKA Moscow“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. 2017—2018-yilgi mavsumda Andrei Kuzmenko 21 yoshli xokkeychi sifatida „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi bilan 45 oʻyinda 13 gol va 25 ochko toʻplagan holda karyerasidagi eng yaxshi koʻrsatkichlarini qayd etdi. Shuningdek, Andrei Kuzmenko klubning Gagarin kubogi finaliga chiqishiga yordam berdi.

2018—2019-yilgi mavsum uchun Andrei Kuzmenko „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi tomonidan 2018-yilning 8-avgustida Sergey Kalinin evaziga „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubiga almashtirildi.

2021—2022-yilgi mavsumda Andrei Kuzmenko oʻzining hujumkorlik oʻyinlarini kuchaytirib, klub safida 45 ta oʻyinda 20 ta gol va 33 ta golli uzatma bilan 53 ochko toʻplab, klubning toʻpurarlar yetakchisi boʻldi. Andrei Kuzmenko mavsumdan soʻng jamoani boshqardi.

2022-yil 20-iyun kuni Andrei Kuzmenko „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzo chekdi. Andrei Kuzmenko NHLdagi debyutini 2022-yil 13-oktyabrda oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvda Andrei Kuzmenko klub safida „Edmonton Oilers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:3 hisobida magʻlubiyat) maydonga tushib, gol urishga muvaffaq boʻldi. 2022-yil 3-noyabr kuni Andrei Kuzmenko NHLda karyerasidagi ilk xet-trikini (toʻrt ochkolik oʻyinda) qayd etishga erishdi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2012—2013Krasnaya ArmiyaMHL4957128—————2013—2014Krasnaya ArmiyaMHL3613183121833602014—2015Krasnaya ArmiyaMHL3720214120134101402014—2015CSKA MoscowKHL121230100002015—2016CSKA MoscowKHL151230—————2015—2016Zvezda ChekhovVHL172462—————2015—2016Krasnaya ArmiyaMHL51340781922016—2017CSKA MoscowKHL3469156100022016—2017Zvezda ChekhovVHL231117284513402016—2017Krasnaya ArmiyaMHL330301311132462017—2018CSKA MoscowKHL45131225121541562017—2018Zvezda ChekhovVHL755102—————2018—2019SKA Saint PetersburgKHL5812193120900042019—2020SKA Saint PetersburgKHL491419336431402020—2021SKA Saint PetersburgKHL57181937141542642021—2022SKA Saint PetersburgKHL452033531016771412KHL jami31585115200686118112928

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2013-yil Rossiya U17 6 1 0 1 2 2016-yil Rossiya WJC 7 0 0 0 2 2021-yil ROCWC 5 2 1 1 2 0 Oʻsmirlar (jami) 13 1 0 1 4 Kattalar (jami) 2 1 1 2 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkeychilar Turkum:Rossiya sportchilari