Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro () — 1985-yilning 5-fevralida tugʻilgan, Al-Nassr FK futbol klubi va Portugaliya milliy futbol jamoasi uchun oʻynaydigan professional futbolchi. Futbol tarixidagi eng qimmat futbolchilardan biri. Uning Manchester United futbol klubidan Real Madrid CFga oʻtishi 83 million funt sterlingga tushgan.
2011-yilda Ronaldo Real Madrid tarkibida mavsumni 53 ta gol bilan yakunlab, klub tarixidagi bir mavsumda eng koʻp gol urgan futbolchi boʻldi. Oltin butsa yutib, ikki turli chempionatda bu mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi sportchi boʻldi.
Tarjimai holi Cristiano Ronaldo Potugaliyaning Madeyra, Funshal shahrida tugʻilgan. Onasi — Maria Dolores dos Santos Aveiro, otasi — José Dinis Aveiro. Ota-onasi uning ismini AQSH prezidenti Ronald Reagan sharafiga qoʻyganlar, chunki u otasining eng sevimli aktyori boʻlgan.
Dastlabki karyerasi U uch yoshidan futbol oʻynaydi va olti yoshida boshlangʻich maktabga chiqqanida uning sportga boʻlgan muhabbati yaqqol koʻrina boshlanadi. Uning sevimli oʻsmirlar jamoasi Benfika klubi boʻlgan, lekin shunga qaramay keyinroq ularning raqibi Sportingga qoʻshiladi. 8 yoshida u otasi murabbiy boʻlgan Andorinha jamoasi uchun toʻp suradi, 1995-yili, atigi oʻn yoshida Cristianu Ronaldoning shuhrati butun Portugaliya boʻylab tarqaladi. Madeyraning ikki yetakchi jamoalari, Marítimo va Nacional u bilan shartnoma tuzishga qiziqib qoladilar. Kattaroq jamoa boʻlgan Maritimo, Andorinhaning menejeri Rui Santos bilan hal qiluvchi uchrashuvni qoʻldan boy beradi va natijada Ronaldo Nacionalga qoʻshiladi. Nacionaldagi yutuqlaridan soʻng Ronaldo Lissabonga otlanib uch kun vaqtinchalik Sportingda oʻynaydi va natijada Sportingda qoladiProfile of Ronaldo at about.com. About.com ..
Sporting Ronaldo Sportingning Alcochete „futbol fabrikasi“da tayyorgarlik oʻtaydigan boshqa yosh oʻyinchilariga qoʻshiladi. Bu yerda u yuqori malakali maktabni oʻtaydi. Ronaldo oʻz debyutini Lissabon Sportingi uchun Moreirensega qarshi oʻyinida 2 gol urib boshlaydi. Shu jumladan u Portugaliya tarkibida UEFAning U-17 chempionatida toʻp suradi.
Uning UEFA U-17 chempionatlarida koʻrsatgan oʻyinlari dunyo futbolining nazarini tortadi. 16 yoshida u bilan Liverpul FKning menejeri Gérard Houllier qiziqib qoladi. Ammo, keyinchalik Liverpul uni rad etadi, chunki Ronaldo juda ham yosh edi va uning yetakchi futbolchi sifatida namoyon boʻlishi uchun koʻp vaqt talab qilinardi. Aynan shu paytda, 2003-yil yozida, Lissabondagi Alvalade XXI stadionining ochilish marosimi, Sporting Manchester Unitedni 3-1 hisobi bilan yutganida esa Ronaldo Ser Alex Fergusonning diqqatini tortadi. Ronaldo ikkala qanotda oʻynay olish qobiliyatini namoyish etadi. Matchdan soʻng Unitedning oʻyinchilari katta qiziqish bilan yosh isteʼdod haqida gapiradilar va kelajakda u bilan oʻz jamoalarida oʻynashni xohlashayotganini bildiradilar.
Manchester United thumb|left|175px|Ronaldo Manchester United jamoasi futbolkasida Ferguson yosh futbolchini oʻz jamoasiga qoʻshishni aniqlaydi, unga David Beckhamning Real Madridga oʻtib ketganidan soʻng oʻng yarimhimoyachi kerak edi; Cristianoni 2003-yili $12.24 millionga sotib oladilar. U Manchester United uchun debyutini 2003-yil 10-avgust Old Traffordda boʻlib oʻtgan Bolton Venderersga qarshi oʻyinning 60 daqiqasida maydonga zahiraga tushib boshlaydi. United ohirgi daqiqalarida 1-0 yutadi, bunda Ronaldo Ruud Van Nistelroy Jussi Jaaskelainendan olgan penaltini uradi. Shundan soʻng u Britaniya OAVlari tomonidan olqishlarga sazovor boʻladi.
Lekin uning barcha yutuqlariga va qadamlariga qaramay, Ronaldo bu raqamdan (7) kutilgan natijalarga erishishni hohlamaydi va boshlangʻich paytlarda Sportingda „kiygan“ raqami — 28ni soʻraydi. Karrington tayyorgarlik maydonida boʻlib oʻtgan u bilan Ruud Van Nistelroy orasidagi kelishmovchiliklar ularning klubdagi rollari haqida juda ham koʻp mish-mishlarga sabab boʻldi. Ferguson esa 2010-yilgacha qoʻshilgan Ronaldoga katta umidlar bogʻlaydi. Ronaldo „Manchester Evening News“ tomonidan shunday iqtibos qilinadi: „United meni qarashlarimni qattiq himoyalamoqda va men unga xuddi shunday yaxshilik bilan qarzimni uzmoqchiman“.
Ronaldo oʻyinlar davomidagi harakatlari bilan koʻp muammolarga duch keladi. U Manchester Cityga qarshi oʻyinda maydondan chetlashtiriladi va 2005-yil dekabr UEFA Chempionlar Ligasi paytida Benfikaning muhlislariga korsatilgan „bir barmoqli harakat“ uchun UEFA tomonidan keyingi oʻyinga tushirilmaydi. Portugaliya — Lyuksemburg doʻstlik uchrashuvida esa Ronaldoga Jeff Strasserni boʻynidan ushlab qoʻporuvchi harakatlari uchun sariq kartochka berilgan. Felipe Skolari unga Jahon Kubogi birinchiligida oʻz kayfiyatini ushlab turishni maslahat beradi.
2005-yilning 29-oktabrida Ronaldo Manchester Unitedning birinchilikdagi 1000-sonli golini uradi. Fevralda u ketma-ket 2 dubl gollar uradi, ikkitasini Fulhem bilan uydagi uchrashuvda, qolgan ikkitasini Fretton Parkda, Viganga qarshi oʻyinda uradi va birinchilikdagi gollari sonini 8taga yetkazadi. 2006-yil 26-fevralda Ronaldo Kardiff, Millenium stadionida Karling kubogi uchun kurashda yana Vigan bilan uchrashuvda darvozaga toʻp kiritadi va mavsumdagi gollari sonini 10taga yetkazadi.
U FIFPro Special tomonidan, muhlislar tanlovchi yagona unvonga — „2005-yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ nomiga sazovor boʻldi. Shu jumladan u FIFAning 2005-yil oʻyinchilari reytingida 20-oʻrinni egallaydi.
Jahon Chempionatidagi mojaroga qaramay, Ronaldo Manchester Unitedning koʻpchilik muxlislari orasida sevimli oʻyinchilardan biri boʻlib qoladi. 2006-yil Jahon Chempionatidan soʻng ingliz birinchiligining dastlabki oʻyinida Manchester United muhlislari tribunalarning har xil joylaridan aniq-tiniq „faqat Ronaldo birinchi“ degan qoʻshiqni tinglaydilar. Bu vaqtda Manchester United Fulhem FK ustidan 5-1 hisob bilan gʻalaba qozonadi.
Oʻshandan buyon, BBCning xabar berishicha Ronaldo Manchester Unitedni boshqa tark etishni hohlamaydi va klubga qaytishdan baxtiyor.
U Berkleyning 2006-yil noyabrdagi eng yaxshi oʻyinchisi unvoniga sazovor boʻldi.
2006-yil dekabrida Ronaldo liganing 3 oʻyinida 6ta gol urib, oʻzining hisobini 12ta golga yetkazadi va Unitedning eng muhim oʻyinchilaridan biriga aylandi. U Vigan Atletik bilan uchrashuvning ikkinchi yarmida zahiradan oʻyinga tushib, shu zahotiyoq bir necha daqiqa ichida 2 gol urib matchga yakun yasaydi. Manchester Unitedning treneri Ser Alex Ferguson portugal bilan uning shu mavsumda 15ta gol ura olishi haqidagi parisini yutqazdim deydi. Skott shunday deydi: „U uchun xursandman, chunki unga juda qiyin boʻldi. U oʻyinni koʻzini biladi. Uning toʻp bilan oldinga oʻta olishi bu mavsumda unga qoʻl keldi. Bu uning yetilganligini koʻrsatdi. U eng zoʻr boʻldi va kelajakda bundan ham oshadi“.
Real Madrid 2009-yilda Ronaldo oʻsha vaqtdagi jahon rekordi — 80 million funt sterling evaziga „Real Madrid“ safiga oʻtdi. Barcha musobaqalarda 33 ta gol urgan va „Real Madrid“ning La Ligada 96 ochko toʻplashiga qaramay, uning Madriddagi birinchi mavsumi sovrinsiz yakunlandi. Raul ketganidan soʻng, Ronaldo 2010-2011-yilgi mavsumda 7-raqamga ega boʻldi va 53 ta gol urib, Madridga Ispaniya Kubogida gʻalaba qozonishiga katta hissa qoʻshdi, bu uning Madrid bilan qoʻlga kiritgan birinchi sovrini edi. 2011–2012-yilgi mavsumda Ronaldo barcha musobaqalarda jami 60 ta gol urdi va Madrid klubini toʻrt yillik tanaffusdan keyingi birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritishiga sabab boʻldi, shuningdek 2011-yilgi FIFA „Oltin toʻp“ sovrini taqdirashida Lionel Messidan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi. U 2013-yilda 69 ta gol urib, 2013-yilda FIFAning „Oltin toʻp“ sovrinini, „Liverpul“ futbolchisi Luis Suares bilan birga Yevropaning „Oltin butsa“sini qoʻlga kiritdi va Madridning 2013–2014-yilgi mavsumda Chempionlar ligasida gʻalaba qozonishiga yordam berdi, shuningdek musobaqada 17 ta gol kiritdi. 2014-yilning 4-may sanasida Ronaldo „Valensiya“ga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqalarida tovon bilan zarba berib gol kiritdi va Liga Nacional de Fútbol Profesional (LFP) tomonidan mavsumning eng chiroyli goli deb topildi va unga La Liganing eng yaxshi oʻyinchisi maqomi berildi. Ronaldo 2014-yilda Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻalaba qozonganidan soʻng ketma-ket ikkinchi „Oltin toʻp“ini qoʻlga kiritdi https://www.uefa.com/uefachampionsleague/news/025a-0ea6e105e132-ed9adc68e1ac-1000--real-madrid-claim-fifa-club-world-cup/.
Cristiano Ronaldo 2015-yilning 12-sentabrida „Espanyol“ga qarshi oʻyinda „Real Madrid“ tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi va 203 ta oʻyinda 230 ta gol kiritib, avvalgi rekordchi Raulni ortda qoldirdi. U 2015-yil 30-sentabrda Chempionlar ligasida Malmyo FFga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, ikkala golini ham urganidan soʻng klub va mamlakat uchun jami 500 ta golga urishga erishdi. Ronaldo 2016-2017-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalida „Bavariya“ga qarshi oʻyinda mehmonda ikkita gol urib, UEFA klublar musobaqasida 100 ta gol urgan birinchi futbolchi boʻldi. Ronaldo 2017-yilning 21-mayida „Malaga“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda gol urib, Madridning soʻnggi besh yildagi ilk La Liga chempionligini qoʻlga kiritdi. U finalda dubl qayd etganidan soʻng toʻrtinchi Chempionlar Ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. Ronaldoning 2017-yil davomidagi oʻyinlari uchun „Oltin toʻp“ni qoʻlga kiritgan.
Terma jamoadagi faoliyati thumb|right|Cristiano Ronaldo Braziliya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda
Portugaliya milliy futbol terma jamoasi tarkibida oʻtkazgan matchlari