Emma Nikolayevna Zuyeva (1936-2019) — sovet, oʻzbek nevropatologi. SSSR xalq shifokori (1988).

Biografiyasi Emma Nikolayevna Zuyeva 1936-yil 4-iyulda tug‘ilgan.

1960-yilda Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan.

1960-1961-yillarda umumiy amaliyot shifokori, 1962-yildan Oʻrta Osiyo temir yoʻli 2-sonli kasalxonasida nevropatolog, 1976-yildan Toshkent stansiyasi temir yo‘l klinikasi bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019-yil 18-aprelda vafot etgan.

Unvonlar va mukofotlari

SSSR xalq shifokori (1988)

Manbalar

Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:18-aprelda vafot etganlar Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:4-iyulda tugʻilganlar Turkum:Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik shifokorlar