Bradley Benjamin Stanley Richardson () (1985-yil 4-fevralda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Bradley Richardson hozirda cheklanmagan erkin agent hisoblanadi. U faoliyati davomida „Vancouver Canucks“, „Colorado Avalanche“, „Los Angeles Kings“, „Arizona Coyotes“, „Nashville Predators“ va „Calgary Flames“ kabi xokkey jamoalarida oʻynagan.
Oʻyin faoliyati Bradley Richardson 1998-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Quinte“ xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Bradley Richardson 2003-yilda NHLga kirish loyihasida „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safiga 163-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Bradley Richardson Ontario xokkey ligasi vakili „Colorado Avalenche“ xokkey klubi safida oʻzining birinchi professional mavsumini oʻtkazdi. Bradley Richardson „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safida 2006—2007-yilgi mavsumda faoliyatidagi eng yaxshi koʻrsatkichlarni qayd etdi. Bradley Richardson klub safida 73 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 gol va 22 ochkoni oʻz hisobiga qayd etib qoʻydi.
2008-yil 21-iyunda Bradley Richardson „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. 2008-yil 15-sentyabrda Bradley Richardson 'Los Angeles Kings" xokkey klubi bilan ikki yillik 1,175 million dollarlik shartnoma imzoladi. Bradley Richardson faoliyatidagi ilk xet-trikini 2010-yil 23-oktyabrda „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safida o‘zining eski jamoasi „Colorado Avalanche“ xokkey klubiga qarshi o‘yinda (6:4 hisobida „Kings“ g‘alabasi) urishga muvaffaq boʻldi.
2011-yilning 12-iyulida Bradley Richardson „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan 2,35 million dollarlik ikki yillik yangi shartnoma imzoladi. 2011—2012-yilgi mavsumda Bradley Richardson klub safida Stanley kubogini qoʻlga kiritdi. Richardson oʻsha yili favqulodda appendektomiyadan soʻng, mavsumdan keyingi dastlabki ikkita oʻyinni oʻtkazib yubordiOfficial Game Program of the 2012 Stanley Cup Final. pg. 106..
2013-yil 5-iyulda Richardson erkin agent sifatida „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan yiliga 1,15 million dollarlik ikki yillik shartnoma imzoladi.
Richardson oʻz faoliyatida ikkinchi marta erkin agent sifatida 2015-yilning 1-iyulida „Arizona Coyotes“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Shaxsiy hayoti 2021-yil yanvar oyida Richardsonning sevgilisi, aktrisa Jessica Szohr ularning qizi Bowie Ella Richardsonni dunyoga keltirdi. 2022-yil 16-may kuni Bradley Richardson va Jessica Szohr unashtirilishdi.
Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2001—2002Wellington DukesOPJHL10000—————2001—2002Owen Sound AttackOHL5812213320—————2002—2003Owen Sound AttackOHL67274067544112102003—2004Owen Sound AttackOHL1579164—————2004—2005Owen Sound AttackOHL68415697608641082005—2006Colorado AvalancheNHL413101312910162005—2006Lowell Lock MonstersAHL294131720—————2006—2007Colorado AvalancheNHL731482228—————2006—2007Albany River RatsAHL30112—————2007—2008Colorado AvalancheNHL222358—————2007—2008Lake Erie MonstersAHL3814264018—————2008—2009Los Angeles KingsNHL3105511—————2008—2009Manchester MonarchsAHL31230—————2009—2010Los Angeles KingsNHL8111162737611222010—2011Los Angeles KingsNHL687121947623522011—2012Los Angeles KingsNHL59538301310142012—2013Los Angeles KingsNHL16156101101102013—2014Vancouver CanucksNHL7311122339—————2014—2015Vancouver CanucksNHL4581321345000152015—2016Arizona CoyotesNHL8211203146—————2016—2017Arizona CoyotesNHL1654915—————2017—2018Arizona CoyotesNHL763121545—————2018—2019Arizona CoyotesNHL661982722—————2019—2020Arizona CoyotesNHL59651120921342020—2021Nashville PredatorsNHL171344200002021—2022Calgary FlamesNHL2722427—————2021—2022Vancouver CanucksNHL172248—————NHL jami86911114325444361761333
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari