Jaroslav Zelený (; 1992-yil 20-avgustda Chexoslovakiyaning Gradeskralove qismida tugʻilgan) — chexiyalik futbolchi, Praganing „Sparta“ futbol klubi va Chexiya terma jamoasi himoyachisi. „Hradec Králové“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi.
Klublardagi faoliyati Zelený o‘z shahrining „Hradec Králové“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yil 5-iyunda Zelený Chexiya Ikkinchi ligasidagi „Vysočina Jihlava“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Shu bilan bir qatorda, 2011-yil 26-fevralda Zelený Gambrinus Ligada „Viktoria Plzeň“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. 30-aprel kuni „Mladá Boleslav“ futbol klubiga qarshi bahsda Jaroslav „Hradec Králové“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan. Shuningdek, 2014-yilning yozida Zelený „Karviná“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Hamda, 2-avgust kuni „Baník Ostrava“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Zelený yangi jamoasi tarkibida debyut qilgan. 15-oktabr kuni „Příbram“ futbol klubiga qarshi bahsda Jaroslav „Karviná“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan.
2017-yil boshida Zelený „Jablonec“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Shuningdek, 18-fevral kuni „Slovácko“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Zelený yangi klubi safida debyut qilgan. 5-noyabr kuni „Zbrojovka Brno“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Jaroslav „Jablonec“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urgan.
2018-yilning yozida Zelený Praganing „Slavia“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Hamda, 22-iyul kuni „Sigma“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Zelený yangi jamoasi safida debyut qilgan.
Statistika JamoaMamlakatMavsumF. C. Hradec Králové2010—2014M. F. K. Karviná (ijara)2014—2015M. F. K. Karviná2015—2017F. K. Jablonec2017—2018S. K. Slavia Praga2018—2021F. K. Mladá Boleslav (ijara)2020F. K. Jablonec (ijara)2020—2021F. K. Jablonec2021—2022A. C. Sparta Praga2022—
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:FC Hradec Králové futbolchilari Turkum:MFK Karviná futbolchilari Turkum:FK Jablonec futbolchilari Turkum:SK Slavia Prague futbolchilari Turkum:FK Mladá Boleslav futbolchilari Turkum:AC Sparta Prague futbolchilari Turkum:Chexiya milliy futbol ligasi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari