Kunlun Red Star – 2016—2017-yilgi mavsumdan oldin Kontinental xokkey liga (KHL) safiga qoʻshilgan Xitoy xokkey klubi.right|thumb|250x250px| „Kunlun Red Star“ xokkeychilari 2017-yilgi oʻyin oldidan

Tarixi 2016-yilning mart oyida „Kunlun Red Star“ va KHL vakillari Xitoyda joylashgan jamoani Kontinental xokkey ligasi (KHL) ga kiritish niyatida bayonnoma imzoladilar. Bayonnomani Rossiya xokkey federatsiyasi vakili Vladislav Tretiak, Kontinental xokkey ligasi (KHL) raisi Gennady Timchenko va „Kunlun Red Star“ xokkey klubi boshqaruv vakillari imzolashdi. Aprel oyi oʻrtalarida IIHF prezidenti Rene Fasel Xitoy klubining Kontinental xokkey ligasi (KHL) ga qoʻshilish niyati haqida oʻz fikri bilan oʻrtoqlashdi va bu Xitoyga xokkeyni yuqori darajaga olib chiqishga yordam berishiga umid bildirishini aytdi.

„Kunlun Red Star“ xokkey klubi KHLga qoʻshilish uchun 2016-yilning 30-apreligacha shartnomadagi iqtisodiy shartlarini bajarishi kerak edi. Roman Rotenbergning soʻzlariga koʻra, „Kunlun Red Star“ klubi oʻz majburiyatlarini bajarish uchun ariza bergan, ammo 2016-yilning iyunigacha qabul qilinishi kerak boʻlgan jamoa haqidagi yakuniy qaror uchun bir qator rasmiyatchiliklar mavjud edi. May oyi boshida KHL prezidenti Dmitry Chernyshenko „Kunlun Red Star“ xokkey klubining ligaga qoʻshilishi haqida: „Klub shartnoma boʻyicha barcha hujjatlarni, klub tuzilishini, moliyani taqdim etdi va ularda ligaga kirishga ruxsat bor.“ – dedi.

2016-yilning 25-iyunida KHL direktorlar kengashi „Kunlun Red Star“ xokkey klubining arizasini rasman qabul qilgani va ular KHLning 2016—2017-yilgi mavsumida ishtirok etishlari haqida eʼlon qildi. Pekinda boʻlib oʻtgan eʼlon qilish tadbirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning xitoylik hamkasbi Xi Jingping ishtirok etdi.

„Kunlun Red Star“ xokkey klubining uy oʻyinlari Pekindagi LeSports markazida va Shanxaydagi Sports pavilionida oʻtkazilishi belgilandi. „Kunlun Red Star“ xokkey klubining barcha oʻyinchilar oʻyin oldidan Xitoy Xalq Respublikasining davlat madhiyasi boʻlgan „March of the Volunteers“ (tarjimasi: „Koʻngillilar marshi“) ni aytishlari shart hisoblanadi. „Kunlun Red Star“ xokkey klubining koʻpgina xitoylik oʻyinchilar Xitoy Xalq ozodlik armiyasining ofitserlaridir.

Keyinchalik, „Kunlun Red Star“ xokkey klubiga Ilya Kovalchukning jamoaga xokkeychi sifatida qoʻshilishi va Mike Keenan birinchi bosh murabbiy boʻlishi haqida mish-mishlar tarqaldi, ammo ikkala xabar ham yolgʻonligi e;lon qilindi. Shundan soʻng, „Kunlun Red Star“ xokkey klubining birinchi bosh murabbiyi Vladimir Yurzinov etib tayoinlandi. Muntazam mavsum natijalari

Mavsum Oʻyin Gʻalaba Qoʻshimcha taymdagi gʻalaba Qoʻshimcha taymdagi magʻlubiyat Magʻlubiyat Ochko Gollar Safardagi gollar Final Eng yaxshi toʻpurar Pley-off 2016—2017 60 24 4 3 29 83 139 144 5-oʻrin, Chernyshev Chad Rau (40 ball) Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Magnitogorsk Metallurg) 2017—2018 56 15 4 8 29 61 103 146 7-oʻrin, Chernishev Gilbert Brule (35 ball) Saralashdan oʻta olmadi 2018—2019 62 19 1 11 31 51 142 190 5-oʻrin, Chernishev Brandon Yip (36 ball) Saralashdan oʻta olmadi 2019—2020 62 20 6 8 28 60 139 158 5-oʻrin, Chernishev Brandon Yip (31 ball) Saralashdan oʻta olmadi 2020—2021 60 11 2 8 39 34 139 213 6-oʻrin, Chernishev Ethan Werek (32 ball) Saralashdan oʻta olmadi 2021—2022 48 7 2 7 32 25 101 198 6-oʻrin, Kharlamov Spenser Fu (33 ball) Saralashdan oʻta olmadi

Oʻyinchilar

Joriy roʻyxat  <small>2022-yil 14-iyun holatiga koʻra<ref>„Kunlun Red Star Roster“ . en.khl.ru. 2022-06-14. </cite></ref></small>; RaqamMillatOʻyinchiPozitsiyaYoshKlub safiga qabul qilinganOʻyinchining tugʻilgan joyi7Jake CheliosHimoyachi312019Chicago, Illinois, Qoʻshma Shtatlar6Zimeng ChenHimoyachi252021Pekin, Xitoy22Parker FooQanot hujumchisi242020Edmonton, Alberta, Kanada2Jason FramHimoyachi272019Vancouver, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada17Jianing GuoHujumchi222021Pekin, Xitoy33Pengfei HanDarvozabon312021Pekin, Xitoy4Colin JoeHimoyachi342021Edmonton, Alberta, Kanada47Cory KaneYarim himoyachi322017Irvine, California, Qoʻshma Shtatlar20Luke LockhartYarim himoyachi302017Burnaby, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada1Paris O'BrienDarvozabon222021Coquitlam, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada60Denis OsipovHimoyachi352021Moskva, Rossiya13Alex RicheYarim himoyachi262019Oakville, Ontario, Kanada98Ying RudiYarim himoyachi242021Pekin, Xitoy77Ty SchultzHimoyachi252021Westminster, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada45Jeremy SmithDarvozabon332019Dearborn, Michigan, Qoʻshma Shtatlar5Ryan Sproul (muqobil sardor)Himoyachi292019Mississauga, Ontario, Kanada61Ethan WerekYarim himoyachi302019Markham, Ontario, Kanada91Tyler WongQanot hujumchisi262019Airdrie, Alberta, Kanada29Xudong XiangHujumchi272021Pekin, Xitoy88Juncheng YanHujumchi222021Toronto, Ontario, Kanada86Ruinan YanHimoyachi212021Pekin, Xitoy18Brandon Yip (sardor)Qanot hujumchisi372021Maple Ridge, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada93Zach YuenHimoyachi292021Vancouver, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada94Cheng ZhangHujumchi272021Pekin, Xitoy56Zesen ZhangHujumchi252021Pekin, Xitoy

Manbalar

Havolalar

Turkum:2016 Turkum:Xokkey klublari Turkum:2016-yilda paydo bo'lgan