Greg Walters () (1970-yil 12-avgustda tugʻilgan) – kanadalik sobiq professional xokkeychi. Greg Walters hozirda Ontario xokkey ligasining (OHL) „Owen Sound Attack“ xokkey jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlaydi. 12 mavsum davomida Greg Walters Amerika xokkey ligasida 248 ta oʻyin va Xalqaro xokkey ligasida 241 ta oʻyin oʻtkazdi. Keyinchalik u murabbiylik bilan shugʻullandi va ikkita marta Ontario oʻsmirlar xokkey ligasida yilning eng yaxshi murabbiyi va bir marta Kanada oʻsmirlar xokkey ligasining eng yaxshi murabbiyi sovrinlarini qoʻlga kiritdi.

Oʻyin faoliyati Greg Walters 1987-yilgi OHL ustuvor loyihasida 65-oʻrindagi tanlov asosida „Ottava 67’s“ xokkey klubi safiga qabul qilindi. Greg Walters klub safida uch mavsum faoliyat olib bordi. Shundan soʻng, Greg Walters „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi safiga 1990-yilgi NHLga kirish loyihasining 4-raundida, umumiy 80-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Walters Milliy xokkey ligasiga chiqa olmadi va 12 mavsumni kichik ligalarda oʻtkazdi. Greg Walters „Newmarket Saints“, „St. John Maple Leafs“ va „Rochester Americans“ xokkey klublari safida Amerika xokkey ligasida 248 ta oʻyin oʻtkazdi. Greg Walters, shuningdek, 241 ta Xalqaro xokkey ligasida „Fort Wayne Komets“, „Chicago Wolves“ va „Houston Aeros“ kabi xokkey klublari safida oʻyinlar oʻtkazdi.

Murabbiylik faoliyati Greg Walters oʻzining murabbiylik faoliyatini oʻyinchi-murabbiy sifatida 2001—2002-yilgi UHL mavsumida „Port Huron Border Cats“ xokkey klubi bilan boshlagan„Walters named Coach of the Year“. Ontario Junior A Hockey League. March 15, 2017. Retrieved June 11, 2018.. Greg Walters 2002—2003-yilgi OHL mavsumidan 2009—2010-yilgi OHL mavsumigacha „Sarnia Sting“ xokkey klubida yordamchi murabbiy sifatida sakkiz mavsumni oʻtkazdi. Bu vaqt ichida Greg Walters bosh murabbiylar Jeff Perry, Shawn Camp va Dave McQueen bilan ishlagan.

Oshawa Generals Greg Walters 2018-yil 11-iyun kuni „Oshawa Generals“ xokkey klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi va yordamchi murabbiylar Greg Nemisz va Nathan McIverlar bilan faoliyatini davom ettirdi. Greg Walters 2021-yilda klubni tark etdi.

Owen Sound Attack Greg Walters 2021-yil 30-iyunda 'Owen Sound Attack" xokkey klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Oʻyin statistikasi Muntazam mavsumi va pley-off statistikasi. Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1987—1988Ottawa 67’sOHL631125365216426101988—1989Ottawa 67’sOHL281721382012347201989—1990Ottawa 67’sOHL63365490574123121990—1991Newmarket SaintsAHL5471421581991—1992Raleigh IceCapsECHL189132230412381991—1992St. Johnʼs Maple LeafsAHL10022201992—1993Brantford SmokeCoHL26141933441011819201992—1993St. Johnʼs Maple LeafsAHL2745982101141993—1994St. Johnʼs Maple LeafsAHL13022671993—1994Brantford SmokeCoHL4242621048753881994—1995Fort Wayne KometsIHL4449131421994—1995Chicago WolvesIHL18145110200001995—1996Chicago WolvesIHL5047112545000121996—1997Rochester AmericansAHL555101524710369201997—1998Rochester AmericansAHL33437811998—1999Rochester AmericansAHL56681420015134141999—2000Houston AerosIHL634711192501142000—2001Houston AerosIHL664913186300052001—2002Port Huron Border CatsUHL18581344OHL jami1546410016412932881642AHL jami248264470755264101438IHL jami2411736538641501121CoHL/UHL jami866189150961716112728

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari