Amani Fancy (talaffuzi: Amani Fensi; 1997-yil 14-iyulda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan britaniyalik figurali uchuvchi. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Christopher Boyadji bilan birga 2015 Tallinn Trophy musobaqasining bronza medali sovrindori va ikki karra Britaniyaning milliy chempioni (2014 va 2016-yillar) boʻlgan. Shundan soʻng „Dancing on Ice“ (2019) koʻrsatuvida professional figurali uchuvchi sifatida ishtirok etib keladi.

Faoliyati Fancy 2013-yilning bahorida Chrostopher Boyadj bilan juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnasha boshlagan. 2013-yilning noyabrida bu juftlik amaldagi chempionlar Stacey Kemp / David King juftligidan oldin Britaniyaning milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Fancy / Boyadji juftligi 2014-yil Budapesht (Vengriya)da boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 15-oʻrinni, 2014-yilda Yaponiyaning Saitama shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 18-oʻrinni egallagan.

Fancyning 2014-yil noyabr oyida qilingan operatsiyadan soʻng juftlik 2015-yilgi Britaniya chempionatida ishtirok eta olmadilar. Ular Stokgolmda boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Yevropa chempionatiga yuborildi va u yerda juftlik 12-oʻrindan joy oldi. Bu juftlik 2015-yili Shanxayda boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 16-oʻrinni egallagan edi.

Fancy / Boyadji juftligi 2015 Tallinn Trophyhttps://en.wikipedia.org/wiki/2015_CS_Tallinn_Trophy musobaqasida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritgan va Gran-pri, 2015 NHK Trophy musobaqasida 8-oʻrindan joy olgan, shuningdek, ikkinchi milliy chempionlikni ham sohibi boʻlgan. Juftlik 2016-yilning yanvarida 2016-yilgi Yevropa chempionatini tark etgan holda sport juftligi yakunlangani haqida eʼlon qilishgan. Ularga Germaniyaning Oberstdorf shahrida Alexandr Könighttps://en.wikipedia.org/wiki/Alexander_K%C3%B6nig va Mark Neylor murabbiylik qilgan.

Dasturlari

Boyadji bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2015/16 La Vie en rose Ghost The Musical 2014/15 La Vie en rose Harry Potter 2013/14 Concierto de Aranjuez Red Violin Adiós Nonino Esperanza El Conquistador

Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Boyadji bilan Xalqaro Tadbir 2013/14 2014/15 2015/16 Jahon chempionati 18 16 Yevropa chempionati 15 12 NHK Trophy 8 Nebelhorn Trophy 8 WD Tallinn kubogi 3 Bavarian Open 4Lombardia Trophy 8Warsaw Cup 4Milliy Britaniya chempionati. 1ㅤ 1ㅤ WD = musobaqani tark etgan

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar