Haitam Aleesami (; 1991-yil 31-iyulda Norvegiyada tuʻgilgan) — kelib chiqishi marokashlik boʻlgan norveg futbolchisi Kiprning „Apollon“ futbol klubi va Norvegiya terma jamoasi himoyachisi .

Klublardagi faoliyati Haitam „Skeid“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2010-yilda ikkinchi ligada asosiy jamoa safida debyut qilgan va oradan bir yil oʻtib „Ikkinchi ligada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi“ unvoniga sazovor boʻlgan. 2012-yilning yozida u „Fredrikstad“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 5-avgust kuni „Tromso“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Norvegiya chempionatida debyut qilgan. Birinchi mavsumda uning jamoasi quyi ligaga tushib ketgan. 2013-yil 8-aprelda Aleesami Norvegiya divizionida „Hödd“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan. Xuddi shu oʻyinda u „Fredrikstad“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan.

2015-yil boshida Aleesami Shvetsiyaning „Göteborg“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 5-aprel kuni „Åtvidaberg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Shvetsiya chempionatida debyut qilgan. 16-avgust kuni „Häcken“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u „Göteborg“ futbol klubi safida ilk golini urgan. Oʻsha yili u klubga Shvetsiya kubogini yutishda yordam bergan.

2016-yilning yozida Aleesami Italiyaning „Palermo“ futbol klubiga oʻtgan. 21-avgust kuni „Sassuolo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Italiya chempionatida debyut qilgan.

17-oktyabr kuni u Rossiyaning „Rostov“ futbol klubi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan. Shartnomada futbolchining ijara muddatini yana yangi muddatga uzaytirish shartiga kelishilgan.

Xalqaro faoliyati 2015-yil 19-oktyabrda 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Maltaga qarshi oʻyinda Aleesami Norvegiya terma jamoasi safida debyut qilgan.

Statistika JamoaMavsumLigaKubokXalqaro turnirJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolFredrikstad2012130——130201330410—314201425120—271Jami6853000715IFK Göteborg2015302504139320161500050200Jami4525091593Palermo2016—201731110003212017—201826021002812018—20192900000290Jami8613100892Amiens2019—20202210000221Rostov2020—20211301000140Apollon Limassol2021—20221301100141Umumiy faoliyatida24791329126912 JamoaMamlakatMavsumSkeid Fotball2010—22012Fredrikstad FK2012—22014IFK Göteborg2014—22016U. S. Palermo2016—22019Amiens S. C.2019—22020F. C. Rostov2020—22021Apollon Limassol2021—2022

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar