Yekaterina Borisovna Rubleva (; 1985-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — muz ustida konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik sobiq muz raqqosasi. Sherigi Ivan Shefer bilan birga 2009-yilgi Rossiya kubogi bronza medali sovrindori, 2004-yil Bofrost kubogi bronza medali sovrindori va toʻrt karra Rossiya milliy chempionatining medal sohibi (2008, 2009 — kumush; 2007, 2010 — bronza) boʻlgan.

Shaxsiy hayoti Sovet Ittifoqining Ukraina SSR, Odessa shahrida tugʻilgan Yekaterina Rublyova Moskvada oʻsgan va butun faoliyati davomida xalqaro musobaqalarda Rossiya vakili sifatida qatnashgan. U Sovet Ittifoqi uchun muz ustida uchish boʻyicha sportchi boʻlgan Svetlana Bakina va Boris Rublyovlarning qizi. Hozirda Yekaterina 2019 — 2020-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining sovrindorlari Sofya Tyutyunina / Aleksandr Shustitskiyga Moskvada murabbiylik qilmoqda.

Faoliyati Rublyovaning konkida ucha boshlashiga sabab ota-onasi enaga topa olmaganlari uchun qizlarini muz maydonchasiga oʻzlari bilan olib ketardilar. U 1994-yilda Ivan Shefer bilan juftlik hosil qildi. Rublyova/Shefer 2001 — 2002-yillar mavsumida xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi va Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida debyut qilgan. Juftlik 2001 — 2002-yillarda Shvetsiya va Chexiyada boʻlib oʻtgan Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida 5 va 4-oʻrinni egalladilar. Rossiya Chempionatida ular kattalar oʻrtasida 8-oʻrinni va oʻsmirlar oʻrtasida 6-oʻrinni egalladi.

2002 — 2003-yilgi mavsumda Rubleva / Shefer juftligi 2002 — 2003-yillarda Xitoyda boʻlib oʻtganXalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritdi va Germaniyada boʻlib oʻtgan musobaqada 4-oʻrinni egallab, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida 8-oʻrinni egalladi. 2003 — 2004-yilgi mavsumda juftlik 2003 — 2004-yillardagi Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida oʻzlarining ikkala musobaqasida ham kumush medallarni qoʻlga kiritib, finalga yoʻl olishdi. Ular oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida 7-oʻrinni egalladi. 2004 yilgi Rossiya Chempionatida kattalar oʻrtasida 5-oʻrinni, keyin esa oʻsmirlar oʻrtasida bronza medalini qoʻlga kiritdilar. Ular 2004-yilgi Oʻsmirlar Jahon Chempionatiga yuborildilar va u yerda 6-oʻrindan joy oldilar.

Rubleva / Shefer 2004 — 2005-yilgi mavsumda xalqaro miqyosda yuqori darajaga koʻtarildi. Ular 2004 Nebelhorn Trophy musobaqasida 4-oʻrinni egalladilar va 2004-yilgi Bofrost Cup turnirida bronza medalini qoʻlga kiritdilar. Juftlik 2005-yilgi Rossiya Chempionatida 5-oʻrinni egalladilar. 2005-yilgi Qishki Universiadada qatnashib, u yerda ham 5-oʻrinni egalladilar.

Dasturlari (Shefer bilan) MavsumOriginal raqsErkin raqs2009 — 2010 Valenki Une Vie d’Amour Charles Aznavour2008 — 2009 St. Louis Blues Sing, Sing, Sing Nyah Hans Zimmer Solo Tu Elliot Goldenthal Flamenco2007 — 2008 Hopak (xalq raqsi) Prayer in the Night George Frideric Handel

Natijalari (Shefer bilan) Natijalar Xalqaro Tadbir 1999 — 00 2000 — 01 2001 — 02 2002 — 03 2003 — 04 2004 — 05 2005 — 06 2006 — 07 2007 — 08 2008 — 09 2009 — 10 Jahon chemp. 15 13 Yevropa chemp. 12 13 8 GP Bompard 7 5 Rossiya GP kubogi WD 7 3 GP Skate America 9 8 6 Bofrost 3 Nebelhorn 4 Universiada 5 2 Xalqaro: Oʻsmirlar Jahon chemp. 6 JGP finali8 7 JGP Xitoy 2 JGP Chexiya 4 JGP Germaniya4 JGP Polsha 2 JGP Sloveniya 2 JGP Shvetsiya 5 Milliy Rossiya chemp 9 9 8 5 5 6 3 2 2 3 GP = Gran-pri; JGP = oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri; WD = musobaqani tark etgan

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar