Oleksandr Valeriyovich Zubkov (1996-yil 3-avgustda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Donetskning „Shakhtar“ klubi yarim himoyachisi.

Klublardagi faoliyati Zubkov Olimpik Donetsk va Shakhtar Donetsk sport maktablarida oʻynagan.

2013-yilda „Shakhtar“ bilan shartnoma imzoladi va klubning zaxiradagi jamoalarida o‘ynadi. 2016-yilning 15-may kuni Ukraina Premyer-ligasida Zorya Luhanskga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib professional futboldagi debyutini oʻtkazdi.

Ferencváros 2019-yil bahori oxirida Zubkov Vengriyaning „Ferencváros“ klubiga ijara asosida o‘tdi. Klubning eng yaxshi toʻpurariga aylanganidan keyin Ferencváros futbolchini toʻliq sotib oldi. Toʻlov 1,5 million yevro atrofida boʻlishi taxmin qilingan.

2020-yil 16-iyun kuni Ferencváros safida Nemzeti Bajnokság I ning 2019—2020-yilgi mavsumidagi 30-turida Hidegkuti Nandor stadionida Budapest Honvéd klubini mag‘lub etib, klub bilan chempion bo‘ldi.

2020-yil 29-sentabrda Ferencváros safida Groupama Arenada Molde FKni umumiy (safarda) 3-3 hisobida mag‘lub etib, UEFA Chempionlar Ligasi 2020—2021-yilgi guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi .

Shakhtar Donetskga qaytish 2022-yilning 5-avgustida Zubkov 2027-yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzolab, „Shakhtar Donetsk“ga qaytdi. 5-oktyabr kuni Chempionlar ligasidagi ilk golini Real Madridga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi. 11-oktabr kuni „Shakhtar“ safida „Real“ga qarshi javob oʻyinida 90+5-daqiqada boshi bilan gol urdi va hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻldi. Uchrashuv shu tariqa 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Xalqaro faoliyati Zubkov Ukraina terma jamoasidagi debyutini 2020-yilning 7-oktyabr kuni Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Shakhtar Donetsk 2015—2016 Ukraina Premyer-ligasi 1 0 1 0 0 0 0 0 2 0 2016—2017 Ukraina Premyer-ligasi 8 0 2 0 0 0 0 0 10 0 2017—2018 Ukraina Premyer-ligasi 8 0 2 0 1 0 0 0 11 0 Jami 17 0 5 0 1 0 0 0 23 0 Mariupol (ijara) 2018—2019 Ukraina Premyer-ligasi 22 8 0 0 0 0 — 22 8 Ferencváros (ijara) 2019—2020 Nemzeti Bajnokság I 28 9 0 0 14 1 — 42 10 Ferencváros 2020—2021 Nemzeti Bajnokság I 25 5 2 1 7 0 — 34 6 2021—2022 Nemzeti Bajnokság I 20 1 3 2 11 1 — 34 4 Jami 45 6 5 3 18 1 — 68 10 Jami faoliyati 112 23 10 3 33 2 0 0 155 28

Xalqaro

Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Ukraina 2020 5 0 2021 13 1 2022 5 1 Jami 23 2

2022-yil 24 sentyabrda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Ukraina reytingi birinchi boʻlib, ball ustuni Zubkovning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.

+Oleksandr Zubkov tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Ishtiroki Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2021-yil 3-iyun Dnepr-Arena, Dnepr, Ukraina 10 1—0 1—0 Doʻstona 2 2022-yil 24-sentyabr Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika stadioni, Yerevan, Armaniston 23 2—0 5—0 2022—2023 UEFA Millatlar ligasi B

Yutuqlari Ferencváros

Nemzeti Bajnokság I : 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022 Magyar Kupa : 2021—2022

Shakhtar Donetsk

Ukraina Premyer-ligasi: 2016—2017, 2017—2018 Ukraina kubogi: 2015—2016, 2016—2017, 2017—2018 Ukraina Superkubogi: 2015, 2017

Shakhtar Donetsk (yosh toifadagi)

UEFA Yoshlar ligasi 2-oʻrinchisi: 2014—2015

Manbalar

Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar